UMUMIY MA’LIMOTLAR - Kanada poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Aholi soni 38,3 mln. kishi (2021-yil)
DAVLAT TUZUMI - Kanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen).
Aholisi - Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44%) va fransuz-kanadaliklar (28%). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Jami aholisi soni 2021-yil holatiga 38,5 million kishi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.
Tarixi - Kanadaning qad. xalqi — eskimos va indeyslar. 15-a. oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar(160508). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi boʻlib qoldi. 17-a. ning 20-y. larida Kanada hududida birinchi Angliya mustamlakasi — Yangi Shotlandiya vujudga keldi. 17-a. ning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. Yetti yillik urush (1756—63) natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791-y. Kvebek 2 viloyat (Quyi Kanada va Yuqori Kanada)ga boʻlindi.
- 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez oʻsib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 y. larda 4 baravar oshdi, aholi soni 64% koʻpaydi. Kapital va i. ch. sanoati yiriklashdi, 1900—17 y. larda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoʻshila bordi. 1-jahon urushida K. Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi.
- 1960-y. lardan Kanada hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni koʻzlab ish tuta boshladi. Hukumat Kanadaning siyosiy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga intildi. Keyingi yillarda Kanadada milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995-y. da Kvebek suvereniteti xususida oʻtkazilgan referendumda suverenitetga qarshi boʻlganlarning 50,6% ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. Kanada — 1945-y. dan BMT aʼzosi. 1991-y. 25 dek. da OʻzR suverenitetini tan oldi va 1992-y. 7 apr. da u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 1 iyul — K. kuni (1867).
- Xoʻjaligi. Kanada — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q. x. ulushi 2,2%
- Kanadaning turli kompaniya va notijorat tashkilotlari Oʻzbekistonning mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tushirishda qatnashishga gʻoyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi Tandir maydonini geologik jihatdan birgalikda oʻrganish toʻgʻrisida 1998-y. okt. da Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan «Xebron Fiord Resourses Ink» kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada Kanada tomoni salkam 4,5 mln. AQSH dollari sarflashi koʻzda tutilgan. Kompaniya mutaxassislari belgilangan ish dasturini bajarishga kirishdi. Toshkent aviatsiya i. ch. birlashmasi Kanadaning «Pratt end Uitni» kompaniyasi b-n Il-114 samolyotlari uchun PW-127 dvigatellarini yetkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila boshladi. Oʻzbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi Kanadaning «Nortel Telekom» kompaniyasi bilan 1993-y. dan buyen hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 y. mobaynida ushbu kompaniya bilan jami 29 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan 8 ta shartnoma amalga oshirilib, OʻzbekistonAmerika «Oʻzdunrobita» qoʻshma korxonasi uchun asbob-uskunalar yetkazib berildi.
- OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Kanadaning bir qancha moliya muassasalari bilan aloqa oʻrnatgan. Ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va texnika sohasida, jumladan, bir-birlariga talabalar, aspirantlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar yuborish, ularning malakasini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzRda 2000-y. boshlarida Kanadalik sarmoyadorlar ishtirokidagi 13 korxona roʻyxatga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |