A) 3,6 B) 2,3,5 S) 3,4,5 D) 1,2,4,6
17. Sof o'zbekcha so'zlarda so'z boshida kelmaydigan undoshni aniqlang.
A) r B) v C) ng D) sh
18. .«Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Ushbu birlik haqidagi to'g'ri hukmni toping. A)matal B) maqol C)aforizm D) frazeologizm
19. Nechuk toqat qilay, do’stlar bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Baytda bir-biri bilan mazmunan bog’langan sinonim so’zlarni aniqlang.
A) g’am, alam, fig’on B) toqat, dard, fig’on
S) hayron, o’rtar D) dard, do’stlar
20. Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan ?
A) tuz, kadr B) egri, bo’lmoq
S) o’tkir, tugma D) biqin, soch
21. Oybekning birinchi she’riy to‘plami qanday nomlangan?
A) «Qushcha» B) «Mitti yulduz»
C) «Birinchi daftar» D) «Tuyg‘ular»
5. Oybekning dostonlarini toping.
A) «Singan umid», «Tillatopar», «Baxtigul va Sog‘indiq»
B) «Tillatopar», «O‘ch», «Navoiy»
C) «Dilbar – davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq»
D) «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Quyosh qoraymas»
22. Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asarini o‘qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi?
A) «Cho‘l havosi» B) «Urushning so‘nggi qurboni»
C) «Ikki eshik orasi» D) «Dunyoning ishlari»
23. O‘tkir Hoshimovning hikoyalarini toping.
1) «Urushning so‘nggi qurboni»; 2) «Bahor qaytmaydi»;
3) «Shamol esaveradi»; 4) «Muhabbat».
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 4
24. O‘tkir Hoshimov romanlarini toping.
1) «Nur borki, soya bor»; 2) «Ikki eshik orasi»; 3) «Qatag‘on»;
4) «Ikki karra ikki – besh»; 5) «Tushda kechgan umrlar».
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 5
25. Quyidagilardan qaysi qissa eng ezgu, eng samimiy tuyg‘ular haqida, eng e’zozli zot – ONA to‘g‘risida hikoya qiladi?
A) «Gilam paypoq» B) «Mening o‘g‘rigina bolam»
C) «Oq kema» D) «Dunyoning ishlari»
26. «Sher bilan durroj» hikoyatida har gal sherning bolasini nimalar o‘ldirishardi?
A) quzg‘unlar B) sirtlonlar C)asarilar D)chumolilar
27. «Sher bilan durroj» hikoyatida yirtqich sher dam olib yotsa, atrofida durroj bemalol uchib yurishini shoir qanday tasvirlaydi?
A) yerning ustida oq bulut aylanganday
B) gadoyning tepasida baxt qushi aylanganday
C) shamning atrofida parvona aylanganday
D) sultonning tepasida humo qushi aylanganday
28. Bobur nechta devon tuzgan va bizgacha shulardan nechtasi yetib kelgan?
A) to‘rtta, ikkita B) uchta, ikkita
C) uchta, bitta D) ikkita, bitta
29. Muqimiy «Sayohatnoma»sida qayerni «dashti qaroqchizor» ekanligini aytadi?
A) Do‘rmanchani B) Roshidonni C) O‘ltarmani D) Nursuxni
30. «Guliston»dagi «Hikoyat»da kim «davosiz dard, hayosiz dushman» ga qiyoslanadi?
A) yomon xotin B) yomon shogird
C) nodon kishi D) bilimsiz inson
Do'stlaringiz bilan baham: |