Ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash bu talablarga to‘la javob beradi. Bunda dasturiy komponentlarni ko‘p martalab qo‘llash va berilganlarni manipulyasiya qiluvchi metodlar bilan birlashtirish imkoniyati
Ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash bu talablarga to‘la javob beradi. Bunda dasturiy komponentlarni ko‘p martalab qo‘llash va berilganlarni manipulyasiya qiluvchi metodlar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud.
Ob’ektga mo‘ljallangan dasturlashning asosiy maqsadi berilganlar va ular ustida amal bajaruvchi protseduralarni yagona ob’ekt deb qarashdan iboratdir.
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi.