int yig(int a, int b);
using namespace std;
int main()
{
}
C++ dasturlash tilida birdan n gacha bo‘lgan butun sonlarning yig’indisini hisoblovchi va ikkita butun sonning yig’indisini hisoblovchi funksiyalarni quyidagicha e’lon qilish kerak:
Birdan n gacha bo‘lgan butun sonlarning yig’indisini hisoblash uchun sum nomi bilan int sum(int n) funksiya yaratiladi.
Funksiyani natijasi butun tur bo‘ladi, chunki butun turdagi sonlarning yig’indisi, albatta, butun bo‘ladi. sum(int n) funksiyasining argument sifatida bitta n soni qabul qilinadi, chunki birdan n gacha sonlar yig’indisini hisoblash jarayoni faqat n ga bog’liq bo‘ladi.
Ikkita sonning yig’indisini hisoblash uchun int yig(int a, int b) funksiyasi yaratiladi. Funksiya qaytaradigan natija turi butun bo‘ladi, chunki butun turdagi sonlarning yig’indisi, albatta, butun bo‘ladi.
Yig’indini hisoblash funksiya argumenti ikkita a va b sonlari qavs ichida turi bilan keltiriladi, chunki ikki sonning yig’indisi ikkita butun songa bog’liq bo‘ladi. Har doim ham funksiya natijasining turi argument turi bilan bir xil bo‘lmaydi.
#include
double nisbat(int a, int b);
using namespace std;
int main()
{
}
|
Ikki sonning nisbatini aniqlovchi funksiyani quyidagicha e’lon qilinadi.
Ikki sonning nisbatini aniqlash uchun double nisbat(int a, int b) funksiyasi yaratiladi, nisbat funksiyasi natijasining turi haqiqiy bo‘ladi, chunki ikkita butun sonning nisbati doimo butun bo‘lavermaydi.
Funksiya tanasini tasvirlash
C++ dasturlash tilida funksiyalardan foydalanish uchun, albatta, funksiyalarni dastur tarkibida tasvirlash kerak. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo‘linadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi.
Dastur yozilish davrida xatolarni topishni yengillashtiradi. C++ dasturlash tilida funksiyalar tanasini tasvirlash main() funksiyasidan tashqarisida yozilishi, yani funksiya bajaradigan vazifalarni {} qavs ichida buyruqlar ketma- ketligi shaklida yozilishi.
Funksiya tanasini tasvirlash jarayoni ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni funksiya sarlavhasi va funksiya tanasidan iborat bo‘ladi.
Funksiya tanasini tasvirlash jarayonida funksiya sarlavhasidan keyin nuqtali vergul qo’yilmaydi, { qavs ochilib buyruqlar yoziladi va natija return xizmatchi so‘zidan keyin probel bilan yoziladi keyin } qavs yopiladi.
Funksiya tanasi tarkibi yozilishida xuddi boshqa dastur tuzilishi kabi unda ishlatiladigan o‘zgaruvchilar e’lon qilinadi, buyruqlar nuqtali vergul yordamida ajratilib yoziladi.
Funksiyalarni C++ dasturlash tilida tasvirlash jarayonining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |