Usullar.
Aytib o’tilganidek, ekzemplyar o’zgaruvchilar va usulga asosan tashkil etuvchilar ikki sinfdir. Shu vaQtgacha bizning Vehicle sinfdagi dasturlar faQat ma’lumotlar saQlar edi va usul saQlamas edi. Garchi faQat ma’lumot saQlovchi sinflar haQiQiy bo’lsada, ko’pchilik sinflar usul ham saQlashadi. Usullar – kichik dasturlar bo’lib, sinfdagi ba’zi ma’lumotlarni boshQaradi va ko’pchilik hollarda ma’lumotga kirishni ta’minlaydi. Odatda dasturning Qolgan Qismlari sinf bilan uning usullari yordamida o’zaro ta’sirlashadi.
Usul bir yoki bir necha operatorga ega bo’lishi mumkin. Professional yozilgan S kodda har bir usul faQat bitta vazifani bajaradi. Usul nomi sifatida har Qanday mavjud identifikatordan foydalanish mumkin. Kalit so’zlar usul nomi bo’lishi mumkin emas, main nomi usul uchun rezerflangan bo’lib, undan dasturni bajarish boshlanadi. Dastur matnida usullar Quyidagicha belgilanadi: metod nomidan keyin bir juft dumaloQ Qavs Qo’yiladi. Masalan, agar usul nomi getvar bo’lsa, uni dasturga chaQirish uchun getvar () ko’rinishida yoziladi. YOzishning bunday formasi dasturda o’zgaruvchi va usul nomini farQlash uchun Qo’llaniladi:
Usulning umumiy sintaksisi Quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
Bu yerda access so’zi- modifikator bo’lib, dasturiningizning Qaysi Qismlari usulga kirishi mumkinligini ko’rsatadi. Aytib o’tilganidek modifikator albatta bo’lishi shart emas, agar u bo’lmasa usulga e’lon Qilingan sinf chegarasiga kirish mumkin. Hozircha biz barcha usullarni ret sifatida e’lon Qilishimiz mumkin, shuning uchun ham ular dasturning istalgan joyidan kod bilan chaQirilishi mumkin.
Sintaksisdagi ret-type Qo’shilmasi usul bilan Qaytariladigan ma’lumot tipini bildiradi. Bular har Qanday tipdagi mavjud ma’lumotlar yoki siz tomoningizdan yaratilgan har Qanday Qiymatni Qaytarmasa u void tipiga ega deb ko’rsatilishi shart. Name so’zining o’rniga usul nomi ko’rsatiladi. Bu har Qanday mavjud identifikator bo’lib, o’sha ko’rinish oblastida mavjud sinflar nomini takrorlamasligi kerak. Usul nomidan keyin parameter-list (parametrlar ro’yxati) ya’ni vergul bilan ajratilgan “tip - identifikator” juftlarining ketma-ketligi keladi. YA’ni parametr yordamida usulga dasturlash tipi albatta ko’rsatilgan Qiymatlar beriladi. Parametrlar asosan o’zgaruvchilar bo’lib, usulni chaQirish paytida unga yetkaziladigan argumentlar Qiymatini Qabul Qiladi. Agar metod parametrga ega bo’lmasa, parametrlar ro’yhati bo’sh bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |