C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan kelib chiqqan bq`lib, ++ belgisi inkrement amali, ya`ni o'zgaruvchining qiymatini bittaga oshish amalidan olingan. C ++ dasturlash tili turli xil amaliy dasturlarni yaratish, operatsion tizimlarni, qurilma drayverlarini, shuningdek video o'yinlarni va boshqalarni yaratish uchun keng qo'llaniladi. C ++ dasturlash tili 1980-yillarning boshlarida Bell Laboratories firmasi xodimi Byorn Stroustrup tomonidan yaratilgan - C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan kelib chiqqan bq`lib, ++ belgisi inkrement amali, ya`ni o'zgaruvchining qiymatini bittaga oshish amalidan olingan. C ++ dasturlash tili turli xil amaliy dasturlarni yaratish, operatsion tizimlarni, qurilma drayverlarini, shuningdek video o'yinlarni va boshqalarni yaratish uchun keng qo'llaniladi. C ++ dasturlash tili 1980-yillarning boshlarida Bell Laboratories firmasi xodimi Byorn Stroustrup tomonidan yaratilgan
- Byorn Stroustrup o'zining ehtiyojlari uchun C dasturlash tiliga bir qator yangiliklar kiritmoqchi bo`ldi, ya'ni dastlab C ++ dasturlash tilini yaratish rejalashtirilmagan edi. U dastlab o`zi yaratgan dasturlash tilini “C with classes”(“C bilan sinflar”) deb nomladi. Dasturlash tilining dastlabki versiyasi 1980 yilda paydo bo'lgan. Straustrup dasturlash tiliga sinflar va ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini qo'shdi va shu bilan C sintaksisi asosida yangi dasturlash tili uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. C++ sintaksisi C sintaksisiga asoslangan bo`lib, Byorn Stroustrup C tili bilan moslikni saqlashga intildi. 1983 yilda dasturlash tili "C ++ dasturlash tili" deb o'zgartirildi.
C++ funksiya va ob'yektlarning boy kutubxonasiga ega. Bundan kelib chiqadiki C++ dasturlash tilini o'rganish 2 qismga bo'linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o'rganiladi va shundan so'ng uning asosiy kutubxonalari birma-bir ko'rib chiqib, yodlash lozim bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o'z qamroviga oladi. C++ tilining egasi yo'q u hech kimga tegishli emas. Bu til С tilidan kelib chiqgani uchun bosh harf С, ++ esa bu tildagi qiymatni bittaga ko'tarish belgisi hisoblanadi va bu belgi C++ dasturlash tilida paydo bo'ldi. C++ dasturlash tili kompilyatsiya qilinadigan til hisoblanadi bu degani yozilgan kod oldin mashina tiliga o'giriladi va keyin ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |