cin.get() funksiyasi harfni o'qiydi. Bu qiymat EOF ga teng bo'lmasa, while tanasi bajariladi. natija ning qiymati case etiketlarining qiymatlari bilan solishtiriladi. Masalan natija 'D' yoki 'd' ga teng bolda during o'zgaruvchisining qiymati bittaga oshiriladi. Keyin esa break orqali switch tanasidan chiqiladi. switch ning bir hususiyati shundaki, ifodalar bloki {} qavslarga olinishi shart emas.Blokning kirish nuqtasi case etiketi, chiqish nuqtasi esa break operatoridir.
case '\n':
case '\t':
case ' ' :
break;
Yuqoridagi dastur bloki qo'llanuvchi yanglish kiritgan yangi satr,tabulyatsiya va bo'shliq belgilarini filtrlash uchun yozilgan. Eng ohirgi break ning majburiy emasligi-ning sababi shuki,break dan so'ng boshqa operatorlar yo’q, Demak break qo'yilmagan taqdirda ham hech narsa bajaril-maydi.EOF kiritilgandan so'ng while tugaydi, o'zgaruvchilar ekranga bosib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |