FUNKSIYA SHABLONLARI
Funksiya shablonlari (function templates) ham funksiya yuklanishiga o'hshash tushunchadir. Bunda eng asosiy farq funksiya shablonlarida amal ham bir hil yo'l bilan bajariladi. Masalan bir necha sonlar ichidan eng kattasini topish kerak bo'lsin. Sonlar to'plami faqat tipi bilan farqlanadi, int, double yoki float. Ishlash algoritmi esa aynidir. Bu holda biz funksiyalarni yuklab o'tirmasdan, shablon yozib qo'ya qolamiz.
Funkisya shabloni yoki yuklanishisiz ham bu masalani yechish mumkinku degan savol paydo bo'ladi. Masalan, agar biz kiradigan parametrlarning hammasini long double qilsak, istalgan sonli tipdagi argumentni bera olamiz, chunki kompilyator o'zi avtomatik ravishda kirish tiplarini long double ga o'zgartiradi. Lekin, agar biz bunday funksiya yozadigan bo'lsak, hotiradan va tezlikdan yutqizamiz. Dasturimizda faqat char tipidagi, bir baytli qiymatlar bilan ishlashimiz mumkin. long double esa 10 bayt, va eng katta sonni aniqlash uchun sonlarni solishtirganimizda, long double qiymatlarni solishtirish char tipidagi qiymatlarni solishtirishdan ko'ra ancha ko'p vaqt oladi. Qolaversa, har doim ham kompilyator tiplarni biridan ikkinchasiga to'g'ri keltira oladi.
Shablonlarning strukturasi bilan tanishaylik. Bizning funksiya ikkita kirish argumentini bir biriga qo'shsin, va javobni qaytarsin.
template
T summa(T a, T b)
{ return ( a + b); }
Shablon funksiya e'loni va aniqlanishidan oldin template <> ifodasi yoziladi, <> qavslardan keyin nuqta-vergul (;) qo'yilmaydi. <> qavslar ichida funksiya kirish parametrlari, chiqish qiymati va lokal o'zgaruvchilar tiplari beriladi. Ushbu formal tiplarning har birining oldida class yoki typename (tip ismi) so'zi qo'yilish kerak. Yuqoridagi misolda T ning o'rniga istalgan boshqa identefikator qo'yish mumkin. Misollar beraylik.
template
javob hajmKub(uzunlik a, englik b, balandlik c);
template
T maximum(T k, T l);
Yuqorida yozgan shablonimizni qo'llagan holga bir misol keltiraylik.
// Shablonlar bilan ishlash
# include
template
T summa(T a, T b) {
return ( a + b ); }
int main()
{ int x = 22, y = 456;
float m = .01, n = 56.90; // kasrli sonda nuqtadan oldingi (butun qismdagi)
cout << "int: 22 + 456 = " << summa(x,y) << endl;
cout << "float: 0.01 + 56.90 = " << summa(0.01,56.90) << endl;
return (0); }
Ekranda:
int: 22 + 456 = 478
float: 0.01 + 56.90 = 56.91
Shablonlarni funksiyalardan tashqari klaslarga ham qo'llasa bo'ladi. Ko'rib turganimizdek, shablonlar faqat bir marotaba yoziladi. Keyin esa mos keladigan tiplar qo'yilib, yozilib ketilaveradi. Aslida shablonlar C++ ning standartida juda ko'p qo'llanilgan. Agar bilib ishlatilsa, shablonlar dasturchining eng kuchli quroliga aylanishi mumkin. Biz keyinroq yana shablonlar mavzusiga qaytamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |