int factorial = 1;
int son = 1;
while (son < 11) {
factorial = factorial * son;
son = son + 1; }
Bu yerda javobimiz factorial o'zgaruvchimizda saqlanmoqda. son o'zgaruvchimiz har takrorlanishda birga orttirilmoqda. son 11 ga yetganida while dagi shart false bo'ladi va takrorlanish tugatiladi. Yani son ning 11 qiymati javobga ta'sir ko'rsatmaydi. Biz qo'llagan son o'zgaruvchimiz sanovchi (counter) vazifasini bajaradi. Bu kabi o'zgaruvchilar vazifasiga ko'ra 1 yoki 0 ga tenglashtiriladi. Buni biz initsializatsiya deymiz. Initsializatsiya qilinmagan o'zgaruvchilar qiymatlari hotiradagi oldinroq ishlagan programmalar qoldiqlariga teng bo'ladi. Bu esa hatoga olib keladi. Shu sababli sanovchilarga boshlangish qiymat berib o'tilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |