BYUDJET TIZIMINING HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
Byudjet jarayoni mohiyati va tamoyillari.
Byudjet jarayoni bosqichlari.
Byudjet jarayonini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularni vakolatlari.
.
1.Byudjet jarayoni mohiyati va tamoyillari.
Byudjet jarayoni – bu davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek, davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari, loyihalarini tayyorlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlariga byudjet so’rovi yuboradi. Shuningdek, byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun Respublika Byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet sinovi yuboradilar.
Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet so’rovi olingandan so’ng 3 kunlik muddat ichida tegishli byudjet loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qaror qabul qiladi.
Qoraqolpog’iston Respublikasi Moliya Vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli qarorlar qabul qilganidan keyin 3 kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun tuman va shahar hokimlariga byudjet so’rovi yuboradi.
Shuningdek, Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan byudjet mablag’lari olishga buyurtmalar tuzish uchun Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjetidan viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet so’rovi yuboriladi va hakoza.
Byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kelgusi moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olishga buyurtmalar Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilari tomonidan joriy yilning 1-iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga taqdim etiladi.
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Kelgusi moliya yiliga tegishli byudjetlar loyihalarini tumanlar va shaharlar moliya organlari tomonidan mahalliy hokimiyat, vakillik organlari belgilangan tartibda va muddatlarda faqat joriy yilning 25-iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga taqdim etiladi.
Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat maqsadli jamg’armalarini tavsimlovchi organlar tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda va muddatda faqat joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay Moliya Vazirligiga taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi kelgusi moliya yiliga mo’ljallanan davlat byudjeti loyihasini tuzadi va joriy yilning 15-sentabrgacha hisob (varaqasiga) palatasiga taqdim etadi. (2007 yil 27 apreldagi o’zgartirishga binoan) hisob palatasining xulosasi bilan birga joriy yilning 1-oktabirgacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etadi.
Davlat byudjeti loyihasini Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabrdan kechiktirmasdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig’iga kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi 5-aprelgacha Audit va baholash uchun hisob palatasiga yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotga doir xulosasini 10-maygacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotni hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis tastig’iga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |