Bog'liq Byudjet tashqari Respublika maqsadli kitob jamg\'armasi
BYUDJET TASHQARI RESPUBLIKA MAQSADLI KITOB JAMG'ARMASI
Shu maqsadda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarni moliyaviy mablag’larni birlashtirish yuli bilan byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan chop etish, etkazib berish va sotilishining barqaror hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash, shuningdek ulardan maqsadli foydalanishni samarali boshqarish va amalda nazorat qilish maqsadida: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, "Kamolot" O’zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika "Mahalla" hayriya jamg’armasi, Umumta’lim maktablarining pedagoglar jamoatchiligi va o’quvchilarning ota onalari qumitalarining yuridik shaxs maqomi bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamqarmasi (keyingi o’rinlarda Jamg’arma deb yuritiladi) tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2006 yildagi PQ-363 sonli qaroriga binoan O’zbekiston Respblikasi moliya vazirligi huzurida Respublika maqsadli «Kitob jamg’armasi»ni tashkil etish taklifi qabul qilindi. Quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari etib belgilandi: - umumta’lim maktablari o’quvchilarini darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan byudjet va homiylik mablag’ari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag’ari, darsliklarning ijara to’lovlarini jamlash, ushbu mablag’lardan samarali foydalanishni tashkil etish; - umumta’lim maktablari kutubxona fondlari, shu jumladan, ijara tizimi asosida darsliklar bilan o’quvchilarni ta’minlash uchun darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarni sotib olish va etkazib berishni moliyalashtirish; - nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi korxonalarga qisqa muddatli maqsadli ssuda ajratish yuli bilan ko’maklashish; - jamg’arma mablag’lari tushumi, ulardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan monitoringni amalga oshirish. Respublika maqsadli kitob jamg’armasi Vasiylik kengashining tarkibi unga kuyidagi asosiy vazifa va funktsiyalarni yuklagan holda ma’qullandi: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keyingi o’quv yili uchun takdim etilgan darsliklar va o’quv-metodik qullanmalarni ishlab chiqarish va sotish kvotalarini tasdiqlash; Jamg’armaning foydalanish manba va yo’nalishlari buyicha daromad va xarajatlarning prognoz parametrlari, shuningdek Jamg’arma ijroiya direktsiyasi tomonidan kiritiladigan Jamg’arma tushumlari va mablag’laridan foydalanish to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash; Jamg’arma oldiga qo’yilgan masalalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa nodavlat tashkilotlarni jalb etish; Jamg’arma ijroiya direktsiyasi faoliyatini Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanish qismida nazorat qilish. Quyidagilar tasdiqlansin: Respublika maqsadli kitob jamg’armasi ijroiya direktsiyasining tashkiliy tuzilmasi boshqaruv xodimlari cheklangan soni 11 nafar va uning hududiy bo’linmalarida, Qoraqalpoqiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalarida va Toshkent shahrida xodimlarning chegaralangan soniga muvofiq yana qo’shimcha 1 kishi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jakg’armasining mablag’larini shakllantirish va foydalanish tartib-qoidalari to’g’risidagi nizomga muvofiq. Jamg’armaning ijrochi direktori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Jamg’armaning Vasiylik kengashi tavsiyasi bilan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod etiladi. Quyidagilar Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari etib belgilangan: - byudjet mablag’lari; -darsliklarni ijaraga berishdan tushadigan to’lovlar; - xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar hamda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari, kreditlari va homiylik yordamlari; - jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini joylashtirishdan olingan mablag’lar; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ijara tizimini tatbiq etish buyicha tajriba doirasida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ochilgan maktablarning maxsus depozit subhisob raqamlarida to’plangan mablag’larni belgilangan tartibda Jamg’armaga o’tkazadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2006 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda birinchi sinf o’quvchilarini, "Mehribonlik" uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarining tarbiyalanuvchilarini, kam ta’minlangan oilalarning bolalarini mazkur xarajatlarni Jamg’arma hisobidan moliyalashtirish orqali darsliklar bilan bepul ta’minlash, shuningdek ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash tizimiga mablag’lar ajratishni nazarda tutsin. Jamg’arma yagona ijtimoiy to’lov hamda bojxona to’lovlarini xisobga olmagan holda byudjetga tushadigan barcha turdagi soliqlar va yig’imlar, shuningdek davlat maqsadli fondlariga, maktab ta’limi nodavlat fondiga majburiy to’lovlardan ozod etiladi.