Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi


Byudjet tashkilotlarida kassaning joylashtirilishi asoslari va kassa operatsiyalarini hisobini takomillashtirish yo’nalishlari



Download 308,57 Kb.
bet5/5
Sana17.07.2022
Hajmi308,57 Kb.
#811234
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi

Byudjet tashkilotlarida kassaning joylashtirilishi asoslari va kassa operatsiyalarini hisobini takomillashtirish yo’nalishlari. Byudjet tashkilotlrida kassa muhim joy bo’lib hisoblanadi. Shu sababdan kassa ma’lum sabablarga javob berishi lozim. Naqd pul mablag’lari va boyliklarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun kassa quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • boshqa xizmat xonalaridan va qo’shimcha xonalardan alohida bo’lishi kerak.

  • Ko’p qavatli binolarning oraliq qavatlarida joylashgan bo’lishi kerak; ichki ishlar organlari, inkassatsiya xizmatlari bilan kelishuvlarga ko’ra kassa xonalarini ko’p qavatli binolarning 1-qavatida joylashtirishga ruxsat etiladi.

  • Asosiy devorlarga ega bo’lishi, pol va shiftlari mustahkam qoplangan bo’lishi, ishonchli ichki devorlar va to’siq devor (peregorodka)ga ega bo’lishi kerak.

  • Ikkita eshik bilan yopilishi zarur:

a) tashqariga ochiladigan, yog’ochdan yaxlit ishlangan tashqi eshik, ichkarisida metall zanjiri va ko’rish tuynukchasi bo’lib, ikkita ichki qulf bilan qulflanadigan;
b) chkariga ochiladigan, po’lat panjara ko’rinishida tayyorlangan va kassaning ichki tomoniga osma qulf yoki o’rnatilgan qulf hamda metall zulfin bilan qulflanadigan ichki eshik.
Xo’jalik organlari xodimlari yoki mijozlar bilan operatsiyalar o’tkazish uchun ichkari tomondan temir yoki yog’och eshikcha bilan bekiladigan, ikki tomonidan metall listi bilan qoplanadigan maxsus darcha bilan jihozlanishi kerak. Ichki tomonidan ishonchli osma qulfli metall nakladka bilan qulflanishi lozim. Dereza ramalar o’rtasidagi oraliqlari yoki xonaning ichki tomonidan issiqlik quvurlari, mo’rilar, ventilyatsiya kanallari, yupqa devorli pardevorlar va kassaga tashqi tomondan kirish mumkin bo’lgan boshqa joylar temir panjara bilan mustahkamlanishi zarur. Pul va qimmatliklarni saqlash uchun majburiy tartibda yonmaydigan seyf (temir shkaf) bo’lishi lozim. Ishga yaroqli o’t o’chirish vositasi bo’lishi shart. Zamonaviy texnika vositalaridan foydalanilgan himoyalanishning ko’p bosqichli tizimi jihozlari bo’lishi kerak. Ko’p bosqichli (qo’riqlash - yong’indan saqlash) signalizatsiyasidan tashqari ogohlantirish signalizatsiyasi ham ko’zda tutilishi kerak.
2. Kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlashga qo’yiladigan talablar:
- ichki devorlar va pardevorlar mustahkamlik jihatidan har birining qalinligi 80 mm bo’lgan, o’rtasidan po’lat panjara o’tkazilgan, payvandlangan gips-beton panellarga yoki metall to’r bilan armaturalangan, qalinligi 120 mm bo’lgan g’ishtin devorga mos bo’lmog’i kerak. Ilgari qurilgan binolarda taxtalardan zich qilib qurilgan, ichkari tomonidan po’lat panjaralar bilan mustahkamlangan oddiy pardevorlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
- kassa darchasining o’lchami 200x300 mm dan oshmasligi kerak, tashqari tomondan esa u metall panjara bilan mustahkamlanadi.
- eshik korobkasi po’lat uchburchakdan tayyorlanadi. Ilgari qurilgan binolarda po’lat uchburchaklar bilan mustahkamlangan yog’och eshik korobkalari saqlanishiga ruxsat etiladi. Barcha holatlarda ular devorga po’lat ilgaklar bilan qattiq mahkamlanadi.
- tashqi kirish eshigi, deraza eshikchalari, kassa darchasi eshigi va pardevorlar 40 mm dan kam bo’lmagan qalinliqdagi taxtalardan tayyorlanadi, ular ikki tomondan ruxlangan tunuka bilan qoplanadi va tunukalarning chetlari ichkari tomonga bukiladi, bunda metall listlarining yuza tomon bilan tutashuviga yo’l qo’yilmaydi. Metall listlar perimetr va diagonallari bo’yicha qadami 60 mm ga qadar qilib uzunligi 40 mm dan kam bo’lmagan mixlar bilan, taxtalarga mixlanadi.
- barcha panjaralar o’lchami ko’pi bilan 150x150 mm bo’lgan yacheykalar hosil qilgan holda diametri kamida 16 mm bo’lgan po’lat chiviqlardan tayyorlanadi va bu panjaralar gaz-elektr payvand yordamida devorga qoqilgan metall ilgaklarga kavsharlanadi.
- ilgaklar diametri kamida 16 mm bo’lgan po’latdan tayyorlanadi va qurilish konstruktsiyalariga kamida 150 mm chuqurlikda qoqiladi.
- panjara ramalari o’lchami 30x40 va qalinligi kamida 5 mm bo’lgan po’lat burchakdan tayyorlanadi. Ular bilan perimetr bo’yicha quyidagilar jihozlanadi: kassa darchasi, eshik korobkalari va pardevorlar, pol, shiftdagi muhandislik tarmoqlari o’tishi uchun mo’ljallangan boshqa barcha teshiklar. Muhandislik tarmoqlari o’tishi uchun mo’ljallangan teshiklarning diametri 200 mm. dan oshmasligi kerak.
.Kassa punktlarini jihozlash tartibi:

  • ish haqi va boshqa to’lovlarni kassirlardan boshqa shaxslar beradigan korxonalarda, ular kassa operatsiyalarini olib boradigan joylarda pul va boyliklarning saqlanishini ta’minlash maqsadida kassa punktlari jihozlanadi.

  • pol va devoriy qurilish konstruktsiyalariga metall javon yoki ikki sektsiyali qutilar mahkamlangan maxsus xizmat xonasi kassa punkti deb ataladi. Ularning eshiklari ichkaridan mustahkam zulfinlar, metall zanjir va ko’rish tuynugi bilan jihozlanadi, derazalar, lyuklar, teshiklar va boshqa joylar belgilangan konstruktsiyadagi metall panjaralar bilan himoyalanadi.

  • kassa punktlarda pul barcha kassalar uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan maxsus darcha orqaligina beriladi.

  • ishdan tashqari vaqtda pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlarni kassa punktlarida qoldirish qat’iyan taqiqlanadi. Ish kuni tugashiga qadar barcha pul va boyliklar yuridik shaxsning bosh markaziy kassasiga ishonchli qo’riq bilan topshirilishi kerak.

Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalri hisobi nazorati byudjet tashkilotlarining o’zlarining ichki hisob yuritish siyosatida belgilab olingan talablar asosida amalga oshirilsa, umumiy jihatdan byudjet tashkilotlarining pul mablag’lari hisobi nazoratini esa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 59 Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi va uning xududiy bo’limlari tomonidan o’rnatilgan tartibda o’tkazilib boriladi. Moliyaviy nazoratni o’tkazish jarayoni reja asosida amalga oshirilib natijalari bo’yicha dalolatnomalar tuziladi va keyingi jarayonda byudjet tashkilotlari ko’rsatildgan kamchiliklarni bartaraf etish chora tadbirlarini belgilaydi. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi hamda umumiy ma’noda moliyaviy aktivlar ichki nazorati amaldagi qonuniy xujjatlar talablari asosida buxgalteriya hizmatini yo’lga qo’yish orqali ta’minlansa, ularni mavjudligi holati inventarizatsiya o’tkazish orqali nazorat qilib boriladi. Inventarlashning asosiy maqsadi mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirishdir. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlarni inventarlash asosan kassadagi naqd pul mablag’lari hamda pul hujjatlariga moddiy javobgar shaxslar bo’yicha o’tkaziladi. Tashkilotda inventarizatsiya o’tkazish shart bo’lgan vaziyatlar normative-huquqiy hujjatlar asosida ko’rsatilgan.

  • moddiy javobgar shaxslar almashganda

  • inventarizatsiya o’tkazish rejasiga asosan;

  • yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan.

O’rnatilgan tartibga muvofiq pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta inventarlashdan majburiy tarzda o’tkaziladi. Inventarizatsiya o’tkazish bo’yicha tashkilot rahbari tomonidan inventarizatsiya komissiyasi tarkibi buyruq asosida tasdiqlanadi. Inventarizatsiya o’tkzish uchun byudjet tashkiloti tarkibi aniqlanadi:

  • byudjet tashkiloti rahbari yoki uning o’rinbosari (komissiya raisi);

  • bosh buxgalter;

  • boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo’lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi.

Kassadagi naqd pul mablag’larining holati va harakatini nazorat qilib borish bo’yicha doimiy faoliyat qiluvchi inventarizatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi va har oyda bir marotaba tasodifiy inventarizatsiya o’tkaziladi. Inventarlashni o’tkazish chog’ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo’q bo’lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Inventarlash komissiyalari a’zolari pul mablag’lari kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro’yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to’g’risida ataylab noto’g’ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Pul mablag’larining haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so’nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlarni olishi kerak. Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirimchiqim hujjatlariga “inventarlashgacha ...da (sana)” deb ko’rsatgan holda viza qo’yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarlashni boshlash paytida pul mablag’lari qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi kerak. Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar pul mablag’lariga doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ularning javobgarligiga kelib tushgan barcha mablag’lar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o’chirilgani to’g’risida yozma tilxat beradilar. Inventarlashni o’tkazish oldidan ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarlash komissiyasi ishlaydigan butun ish vaqtida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarlashni o’tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari aniq belgilanadi. Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo’lganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko’ra) ro’yxatlar inventarlash o’tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi majburiydir. Buyruqlarni buxgalteriya hisobida maxsus ochilgan “Inventarlashni o’tkazish to’g’risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish daftari”da alohida ro’yxatga oladi.
Byudjet tashkilotlarining rahbarlari pul mablag’lari bo’yicha inventarizatsiyani to’g’ri hamda o’z vaqtida o’tkazilishi va ularning kutilmaganda o’tkazilishini tashkil etish hamda barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlash uchun javobgar hisoblanadilar. Ular boyliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda to’liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart. Bosh buxgalter tegishli bo’linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarlash o’tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur hisoblanadi. Bosh buxgalter tegishli bo’linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarlash o’tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur hisoblanadi.
Inventarlash tugaganidan so’ng inventarlash to’g’ri o’tkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar o’tkazilishi mumkin. Inventarlashlar to’g’ri o’tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va inventarlash to’g’ri o’tkazilganligini nazorat tariqasida “Tekshirishlarni hisobga olish daftari”da ro’yxatga olinadi.
Byudjet tashkilotlarida o’tkazilgan inventarizatsiya natijalarini hisobda aks ettirish tartibi Moliya vazirining 2010 yil 17 dekabrdagi 105- son buyrug’i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169- son bilan ro’yxatga olingan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Yo’riqnoma bilan tartibga solinadi. Byudjet tashkilotining buxgalteriyasi tomonidan moliyaviy aktivlar, jumladan kassa muomalalari hisobini davriy nazoratini uzluksiz amalga oshirish talab etiladi.
Kassa muomalalari nazorati kassadagi naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag’lar qoldig’ini inventarizatsiyadan o’tkazish va hisob ma’lumotlari bilan solishtirish tushiniladi. Inventarizatsiya 19-son BHMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli standart asosida amalga oshiriladi. Kassa inventarizatsiya qilinayotganda kassada haqiqatda bo’lgan pul mablag’lari va boshqa boyliklar tekshiriladi. Haqiqatda bor bo’lgan pul mablag’lari hisoblanganda kassada pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga olinadi. Kassadagi qoldiqqa hech qanday hujjatlar va tilxatlar kiritilmaydi. Kassirning kassada byudjet tashkilotiga taalluqli bo’lmagan pul mablag’lari va boshqa boyliklar borligi to’grisidagi arizasi qabul qilinmaydi. Inventarizatsiya dalolatnomasida mavjud pul mablag’lari boyliklarning qoldig’i naturada va hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarizatsiya kuniga ko’rsatiladi hamda inventarizatsiya natijasi aniqlanadi. Shunga alohida e`tibor qaratish kerakki, kassadagi valyuta mablag’lari inventarizatsiyadan o’tkazilganda bloklangan pul kupyuralari ochib tekshirish qurilmasi yordamida sanoqdan o’tkazilishi zarur. Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning haqiqatda borligi blankalarning turi u yoki bu turlarining boshlanish va ohirgi raqamlarini hisobga olib tekshirilishi amalga oshiriladi. Mazkur tekshirishning natijalari maxsus ro’yxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshirayotganda bu muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibga qanday amal qilinayotganini, kassa intizomini, naqd pul bilan amalga oshirilgan muomalalar konuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim. Bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan (2015 yil 16 maydagi 12/17-son qarori) tasdiqlangan hamda 2015 yil 21 iyunda yangi tahrirda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2786-son bilan ro’yxatga olingan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” asosida aniqlanadi. Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan muomalalar bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, barcha kirim va chiqim kassa orderlari, to’lov qaydnomalari va boshqa xujjatlar aniq, o’chirilmasdan va to’g’rilanmasdan to’ldirilganligi, barcha orderlar va ularning ilovalari muomala sodir etilgan sana va kassirning imzosi qayd etilgan holda, 65 "olingan" yoki "to’langan" degan tamg’alar bilan tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Chiqim orderlarida (qaydnomalarida) "to’langan" degan tamg’a bosilmaganligi ayrim holatlarda ulardan qayta foydalanishga olib keladi (kassa daftari bo’yicha xarajatga o’tkaziladi).
Kassa muomilalarining nazoratida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:

  • to’lov qaydnomalarida - pul oluvchining imzosi haqiqiy ekanligi. Qaydnomalarda bitta pul oluvchi shaxs bir nechta shaxs uchun imzo chekkanligi holatlarining mavjudligi;

  • kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish daftarida (KO-3 shakli) - sana, tartib raqami va summa kirim va chiqim kassa orderlari va kassa daftaridagi shunga o’xshash ko’rsatkichlarga muvofiqligi;

  • chiqim kassa orderlarida - olingan summalar hisobi to’g’riligi (yozma ravishda) va pul oluvchining imzosi, shuningdek, korxona xodimlar jadvalida bo’lmagan oluvchilar pasport ko’rsatkichlari yozib qo’yilganligi;

  • barcha xujjatlarda - pul mablag’lari uchun mas’ul rahbarlarning imzolari mavjudligi. Barcha chiqim kassa hujjatlariga rahbar shaxsan imzo chekkanligiga e’tiborni qaratish lozim. Rahbar vaqtincha korxonada bo’lmasa (mehnat ta’tili, xizmat safari, betoblik) va buyruq bilan o’z vazifalarini boshqa, uni o’rnini vaqtincha egallab turgan shaxsga topshirgan holatlari istisno hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq rahbarlar (birinchi shaxslar) o’rniga imzo qo’yish tartibini buzish, bunday hujjatlar huqukiy kuchga ega emasligiga olib keladi;

  • kassa daftarida - rasmiylashtirilishi va yuritilishi, unga kiritilgan tuzatishlar hakiqiyligi. Yakuniy aylanmalar va kun yakuni bo’yicha naqd pul qoldiqlarining qayd etilishi to’g’ri hisoblanganligiga alohida e’tibor qaratiladi.

  • Bankdan cheklar bilan olingan naqd pullar to’liq kirim qilinganligi tekshirilganda chek daftarchasining barcha ko’rsatkichlari (koreshogi) mavjud ekanligini tekshirish lozim.

  • bankdan olingan naqd pullar maqsadga muvofiq ishtilganligi;

  • kassada mavjud bo’lgan pul qoldiqlari bank tomonidan belgilangan limitga muvofiqligi;

  • ish haqi, mukofotlar, nafaqa to’lash uchun ishlatilmagan naqd pullar va boshqa tushumlar bo’yicha summalar o’z vaqtida va to’liq bankka topshirilganligi;

  • naqd pullar bilan hisob-kitob qilish bo’yicha belgilangan qoidalarga rioya qilinishi.

Byudjet tashkilotlarida kassa mumomalalarini tekshirish yoppasiga amalga oshiriladi, avvalam bor kassa hisoboti bo’yicha naqd pul qoldiqlari bosh kitob va balans ko’rsatkichlariga muvofiqligini tekshirib olinadi. So’ng boshqa muomalalar tekshiriladi. Buning uchun auditor maxsus ish jadvalidan foydalanishi mumkin. Ko’plab bo’limlarga ega bo’lgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to’lovlarni to’lashga kassirdan boshqa shaxslarga tashkilot raxbarining yozma buyrug’i bilan ruxsat berilishi mumkinligini inobatga olib mazkur shaxslar bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilganligini tekshirish kerak. Bundan 67 tashqari, to’lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftarlarini yuritilishi nazoratga olinishi zarur. Shtatda kassirlik lavozimi ko’zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to’lash hamda mayda xo’jalik xarajatlari tashkilot buyrug’i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar anashu shaxslar nomiga yoziladi. Tekshirish jarayonida bunday hisobdor shaxslar bilan olib borilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida yuritilishini belgilangan me’yoriy xujjatlar doirasida amalga oshirilganligi alohida tekshirilishi zarur. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshiruvdan o’tkazish jarayonida inventarizatsiya natijasida aniqlangan natijalarni, ya’ni kamomad yoki ortiqcha aniqlangan pul mablag’larni buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Kassa muomilalari murakkab jarayon bo’lib juda e’tiborli bo’lish lozim. Kassa muomilalarini sifatini yaxshiliash uchun eng avvalo kassada faoliyat yuritayotgan kassirlar malakasini oshirishni tashkil qilish, kassir ustidan nazorat olib boradigan buxgalter vazifasini o’z vaqtida bajarishi, kassa malumotlari kiritilayotgan hujjatlarni doimiy nazoratda ushlash va ularni ehtiyotkorlik bilan saqlash, kassir tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganiga e’tibor qaratish lozim.


1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisdagi ma’ruzasi. www.president.uz

2 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan (2015 yil 16 maydagi 12/17-son qarori)
tasdiqlangan hamda 2015 yil 21 iyunda yangi tahrirda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2786-son bilan
ro’yxatga olingan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” 3-ilovasining 10- bandi.

3 Normativ-huquqiy hujjatlar asosida tayyorlandi.

Download 308,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish