Byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi hamda nazorati



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.01.2023
Hajmi0,51 Mb.
#900649
1   2   3   4   5
Tadqiqotning usullari. 
Tadqiqot o‟tkazishda induktsiya, deduktsiya, istiqbolli tadbiq etishda 
ma‟lumotlarni tahliliy va tizimli yondashuv, adabiyotlar qiyosiy tahlili va qiyosiy taqqoslash va 
boshqa usullardan foydalanildi. 
Tahlil va natijalar
Byudjet tashkiloti xarajatlarining asosiy qismini hodimlar bilan hisoblashuvlar tashkil qiladi. 
Byudjet tashkilotlarida eng muxim hisob ob‟ektlaridan hisoblangan hodimlar bilan hisoblashuvlar 
hisobi byudjet mablag`laridan samarali foydalanishni baholashda alohida o`rin tutadi. Byudjet 
tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, 
xizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to„lovlar bo`yicha hodimlar bilan, hisoblashuvlar 
amalga oshiriladi. 
Mehnat munosabatlarini, shujumladan, hodimlar mehnatiga haq to„lashni yuridik asosini mehnat 
to„g„risidagi qonuniy hujjatlar, xo„jalik sub‟ektlarning jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan 
me‟yoriy hujjatlar tashkil etadi. Ma‟lumki ish haqi, o`z navbatida, asosiy va qo`shimcha ish haqiga 



bo`linadi: asosiy ish haqiga, hodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan 
hisoblangan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish 
vaqtiga hisoblangan qo`shimcha. Ish haqi, ishchi aybiga bog`liq bo`lmagan holda turib qolishlarga 
hisoblangan ish haqi va shu kabi boshqalar kiradi. 
Qo„shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko„zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti 
uchun hisoblangan ish haqidir. Bunda ishchining mehnat ta‟tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga 
yetmaganlar o„smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish 
haqi, ishdan bo`shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar kiradi. 
Ma`lumki ish haqi asosiy va qo`shimcha ish haqiga bo`linadi[4]: 
Mehnatga haq to„lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini hisoblashning 
ishbay shaklida ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va 
ko„rsatilgan xizmatlar hajmiga ko`ra hisoblanadi.
Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, 
shtatlar jadvalidagi tarif stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi. 
Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo„lgan tarif koeffitsentlari ko„rsatiladigan 
hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif koeffitsient birga teng bo`lib, razryad ortgan sari tarif 
koeffitsient ham ortib boradi. 
Tarif stavkasi – ishchining razryadiga muvofiq unga ma‟lum vaqt birligi (soat, kun) uchun 
to`lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanadi, 
qolgan razryadlar uchun esa, birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsentiga 
yo`naltirish yo`li bilan aniqlanadi. 
Byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil qilishdan maqsad – 
foydalanuvchilarni hodimlar bilan hisoblashuvlar bo`yicha hisob-kitoblar to„g„risidagi ishonchli 
axborotlar bilan ta‟minlashdan iborat. 
Byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan mehnat haqi bo`yicha hisoblashuvlarni hisobotda aks ettirish 
bo`yicha quyidagi boshlang`ich hujjatlarni keltirib o`tish mumkin: 

tabel 

ish hajmini bajarganlik to`g`rsidagi naryad (bildirishnoma),

kasallik varaqasi,

rag`batlantirish bo`yicha buyruqlar va boshqalar. 
Ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa to„lovlar oyiga bir marta hisoblab yoziladi 
va hisobda joriy oyning oxirgi kunida aks ettiriladi. Byudjet tashkilotida hodimlar bilan; 

kamomadlarga doir hisob-kitoblar; 

hodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo`yicha hisob-kitoblar; 

hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar; 

hodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar; 

hodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo`yicha hisob-kitoblar; 

deponentlangan to`lovlar bo`yicha hisob-kitoblar; 

hodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar amalga oshiriladi. 



Byudjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida tasdiqlangan ish vaqtini hisobga 
olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish haqini 
xaqiqatda ishlagan ish kunlariga bo„lish yo„li bilan aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida ishlovchi 
hodimlar ish haqiga qo„shimcha to„lovlar (moddiy rag„batlantirish va boshqalar) hodimlarni moddiy 
rag„batlantirish maxsus jamg„armasi hisobidan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan 
tashqari mablag„lar hisobiga (manbaasi mavjud bo„lganda) to„lanadi. 
Mehnat qonunchiligiga asosan byudjet tashkilotlari hodimlari xar yili mehnat ta‟tiliga chiqish 
huquqiga ega. Bunda mehnat ta‟tiliga chiqishi bo„yicha buyruq rasmiylashtirilgandan so„ng 
buxgalteriya tomonidan o„rnatilgan tartibda mehnat ta‟tili uchun ish haqi hisoblanadi. Mehnat ta‟tili 
uchun ish haqi hisoblashda “O„rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi”ga ko„ra o„rtacha 
oylik ish haqi hisoblab topiladi. Unga ko„ra hisoblanayotgan vaqtdagi shtatlar jadvali bo„yicha 
belgilangan oylik ish haqiga bir yil davomida oylik ish haqidan tashqari qo„shimcha olgan 
mukofotlar, boshqa to„lovlarni 12/1 qo„shilib chiqqan natija 25,4 koeffitsentga bo„lish yo„li bilan 
bir kunlik mehnat ta‟tili uchun ish haqi topiladi. Bir kunlik mehnat ta‟tili uchun ish haqini ta‟til 
kunlariga ko„paytirish yo„li bilan mehnat ta‟tili uchun ish haqi topiladi. 
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqalarini hisoblash “Davlat ijtimoiy sug„urtasi bo„yicha 
nafaqalar tayinlash va tartibi to„g„risida Nizom” [2] talablari asosida amalga oshiriladi. Unga ko„ra 
kasallik varaqasiga asosan hodimning haqiqatda vaqtincha mehnat qobilyatini yo„qotgan ish kunlari 
uchun yuqorida keltirib o„tilgan tartibda o„rtacha ish haqi aniqlanib mehnat stajidan kelib chiqib 
miqdor ianiqlanadi. Nizomga ko„ra quyidagi tartib belgilangan:
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat‟i nazar ish haqining 
100 foizi miqdorida quyidagilarga to„lanadi: 

ishlayotgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; 

baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; 

qaramog„ida 16 yoshga (o„quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo„lgan 
hodimlarga; 

Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiyaqilingan va 
ko„chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o„tkirleykoz), qalqonsimonbez (adenoma, 
rak) va xavfli o„smalar bilan bog„liq kasalliklarga chalingan hodimlarga; 

mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo„lgan 
hodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo„lgan kasalliklar bo„yicha hisobda turgan hodimlarga ular tomonidan 
davlat ijtimoiy sug„urta badali to„lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog„liq 
ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to„lanadi: 
a)
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo„lgan hodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida; 
b)
umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo„lgan hodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida; 
c)
vumumiy ish staji 5 yilgacha bo„lgan hodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida. 
Yuqorida nazarda tutilgan hodimlardan tashqari qolgan hodimlarga vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik bo„yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to„lanadi: 
a)
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo„lgan hodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin 
(sag„ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida; 
b)
umumiy ish staji 8 yilgacha bo„lgan hodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida. 



Ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa to„lovlar oyiga birmarta hisoblab yoziladi 
va hisobda joriy oyning oxirgi kunida aks ettiriladi.
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul 
qilganlik, bo„shatganlik va hodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish xaqi stavkalariga muvofiq 
joydan-joyga ko„chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va 
ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar[3]. 
Tabellar tashkilot rahbarining buyrug„i bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan 
shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot bo„yicha yoki tuzilmaviy bo„linmalarga bo„lingan holda 
yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo„yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, 
ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To„ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel 
va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga 
topshiriladi.
Hisob-kitob-to„lov qaydnomalari ana shu qaydnomalarni tuzgan va tekshirgan hodimlar tomonidan 
imzolanadi. Ish haqi to„lash uchun ruxsatnoma tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan 
imzolanadi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish