Byudjet soliq siyosatining mazmuni V



Download 0,72 Mb.
bet13/15
Sana08.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#333217
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Solijonov Doston . Kurs ishi

Soliq islohotlari - soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiklashtirish asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq islohotlari strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda. 1991 yildan boshlab Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Soliq islohotlarini 3 asosiy bosqichga boʻlish mumkin:

1 - bosqich: 1991 – 1994 - yillarda soliqqa oid qonun hujjatlarini yaratish, tamomila yangi soliqlar va toʻlovlar tizimini barpo etish va ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish, moliyaviy mablagʻlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, oʻz - oʻzini strategik resurslar bilan taʼminlashga erishish maqsadlarida qayta taqsimlash, narxlarning oʻsishi va ishlab chiqarishning pasayishi sharoitida aholining turmush darajasi pasayib ketmasligi hamda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, mustaqil tizim sifatida davlat soliq xizmatini shakllantirish vazifalari bajarildi.

2 – bosqich: 1995 – 1999 – yillarda soliq tizimini takomillashtirish va korxonalarga nisbatan soliq yukini kamaytirish boʻyicha Soliq islohotlari amalga oshirildi. Bu davrda soliqdarga doir mavjud qonun hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi ishlab chiqildi va 1997 yilda qabul qilindi.

3 – bosqich: 2000 - yildan boshlab Soliq ishlohotlari qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar asosida fuqarolar va korxonalar uchun soliq, yukini yanada kamaytirish, ayrim soliq turlarini bekor qilish, kichik va oʻrta tadbirkorlik subʼyektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, samarali soliq tizimi tamoyillarini yanada toʻliq roʻyobga chiqarish, jahon andozalariga mos soliq tizimini bosqichma – bosqich barpo etishga yoʻnaltirilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda soliq tizimining ustuvor yo’nalishlari sifatida soliqlar bo’yicha asosiy yuk tabiiy, mineral – xom ashyo, er – suv va boshqa zaxiralardan tejamkorlik bilan va oqilona foydalanishni rag’batlantiruvchi resurs soliqlariga tushishini ta’minlash, soliqqa tortish masalasida xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanish hamda soliq tizimining nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi navbatda, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishligini ta’minlash, doimiy ravishda amaldagi soliq qonunchiligini tanqidiy nuqtai nazardam tahlil qilib, shu asosda uni yanada soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengilashtirish, soliq boshqaruvini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida masalalarga qaratilishi ko’zda tutilmoqda.

2020 - yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini kengaytirish, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning masʼuliyatini yanada oshirish, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini taʼminlashga qaratilgan yangi byudjet tizimi joriy etilmoqda.

Ilk bor “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan respublika byudjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga bevosita bogʻliq boʻlgan hamda toʻliq mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladigan daromad turlari kengaytirildi.

2020-yildan boshlab barcha davlat maqsadli jamgʻarmalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xarajatlari konsolidatsiyalashgan davlat byudjetida aks ettirilib, byudjet qamrovi va ochiqligi darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining hisobini yuritish yoʻlga qoʻyildi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qoʻllagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va toʻlash tartiblari soddalashtirildi.

Oʻz navbatida, amalga oshirilayotgan islohotlar vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi darajali xarajatlarni, davlat dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish borasida javobgarligini oshirishni, manbasi aniq boʻlmagan tadbirlarni amalga oshirmaslikni hamda byudjet intizomini yanada qatʼiylashtirishni talab etadi.



Davlat moliyasi tizimi va byudjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-byudjet tizimining shaffofligini oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet daromadlari prognoz koʻrsatkichlari bajarilishida manfaatdorligini kuchaytirish, shuningdek, “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagilar belgilab qo’yildi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish