O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo eadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ea bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi.
jadval
O’zbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat ko’rsatkichlari
Yil
Davlat byudjeti xarajatlari, mlrd. so’m
Davlat byudjeti daromadlari, mlrd. so’m
Davlat byudjeti kamomadi, YaIM ga nisbatan %
2013
25833,7
26223,1
+0,3
Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:
ichki manbalar;
tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardan o’sgan qismi summasi;
byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi;
va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar;
o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi;
va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.
Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan oqilona qarz siyosatining natijasidir.
XULOSA Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. 2019 yil uchun huddularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qarailgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.