Byudjet-soliq sitosatining makroiqtisodiy tahlili



Download 83 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2022
Hajmi83 Kb.
#698924
  1   2   3   4
Bog'liq
Byudjet-soliq sitosatining makroiqtisodiy tahlili
6-lb, 1 -amaliy, Toshkent davlat agrar universiteti, o-quv-jarayonida-talabalarga-ko-rinishlar-mavzusni-tushuntrishda-detal-modelini-o-ziga-qarab-o-rganishning-ahamiyat, Mustaqil ish , Mustaqil ish @, Asosnoma, Mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari., Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish., aholi ish bn bandlik nazariyalari, Mehnatga haq tulash tizimlarini tashkil qilish, mehnat iqt fani predmeti, Korxonalarda eksport faoliyatini rivojlantirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish, Sanoat korxonalari - milliy iqtisodiyotning asosiy bo\'g\'ini

Byudjet-soliq sitosatining makroiqtisodiy tahlili


Reja:



1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.
2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat.

3. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish


1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.
Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.


2.Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat.
Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq.
Nodiskretsion fiskal siyosat — davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti