Byudjet nazoratining huquqiy asoslari.
Byudjet nazorati deganda biz albatta byudjetdan mablag’ oluvchilarning ushbu mablag’larni belgilangan yo’nalishlarga va belgilangan miqdorlardan oshmagan holda ishlatilishini nazorat qilishni tushinishimiz va undan keyingina huquqiy asoslanishga o’tishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki byudjet mablag’larining suistemol qilinishiga yo’l qo’ymaslik bu davlat byudjetida iqtisod qilingan pul mablag’lari boshqa sohalarni rivojlantirishga yo’naltirilishi, shuningdek byudjet defitsitining oldini olish imkoniyatlarini albatta byudjet daromadlarining sarflanishini nazorat qilish orqali amalga oshirishimiz mumkin. O’zi byudjet nazorati deganda biz moliyaviy nazoratning tarkibiy qismi sifatida barcha darajadagi byudjetlarning qonuniy, belgilangan maqsadga ko’ra va samarali shakllantirish, taqsimlash, qo’shimcha manbaalarni aniqlash, byudjet intizomini yaxshilashni tekshirish kabilarni tushunishimiz mumkin.
Budjet nazoratining vazifalariga byudjetning to’g’ri shakllanganligi va ijrosining to’g’ri olib borilishini taminlash, byudjetdan moliyalashtiriladigan sub`ektlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini to’g’ri yuritilishini nazoratini amalga oshirish, byudjet intizomiga rioya qilinishini nazoratini olib borish kabilar kiradi.
Byudjet nazoratini olib borishning ham albatta qonuniy normalari mavjud bo’ladi. Byudjet nazorati belgilangan tartibda byudjetdan mablag’lar olish va ularni qonun talablari doirasida to’g’ri ishlatilishi uchun ham maxsus qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlar, yo’riqnoma va nizomlar ishlab chiqilgan. Byudjet nazorati ana shu meyoriy hujjatlar asosida byudjet mablag’larining qonuniy va to’g’ri sarflanayotganligini nazoratini amalga oshirish hisoblanadi.
Byudjet nazorati sohasidagi asosiy hujjatlardan biri bu 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida”gi O’RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Budjet kodeksi bo’lib hisoblanadi. Ushbu hujjat davlat byudjeti sohasidagi bosh normativ hujjat hisoblanadi va byudjet jarayonlari bo’yicha normalarni belgilaydi.
Shuningdek, byudjet nazoratiga oid bo’lgan qonun hujjatlari sirasiga 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan “Byudjet tizimi to’g’risida”gi O’RQ-158-II-sonli O’zbekiston Respublikasining Qonuni, 1999 yil 3 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag’ bilan taminlashni takomillashtirish to’g’risida”gi VMQ-414-sonli qarori, 2014 yil 15 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “Byudjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug’i, 2016 yil 22 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug’i, O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’RQ-404-sonli Qonuni, 2010 yil 22 dekabrdagi “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Yo’riqnoma, 2018 yil 15 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “Byudjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 15 fevralda 2971-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5147-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3231-sonli Qarori, 2017 yil 24 oktyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-870-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 21 iyundagi “Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh-boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yillik nazorat rejasini ishlab chiqish” to’g’risidagi normative huquqiy hijjatlarini keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |