1.Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos xususiyatlari.
2.Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash.
4.1. Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos xususiyatlari
4.1. Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisidagi qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik ja-miyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga boʻlinadi.
Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin.
Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega:
- ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda ishtirok etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishlarida va korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini beradi;
– korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar olish huquqi. Dividend bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi boʻlib, aksiyalar soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar barcha soliqlar, kreditorlik majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi;

– yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar oldida ularning ulushini himoya qilishdadir. Bunday huquq ayniqsa nazorat hamda yirik paket aksiyalar egalari uchun muhimdir.