Sotish yoki sotib olish vaqtida belgilangan maqsadda foydalanish uchun tayyor bo‘lgan aktivlar kvalifikatsiyalangan aktivlar hisoblanmaydi. 6. Yer uchastkasi kvalifikatsiyalangan aktivga kirmaydi. Yer uchastkasida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni yer maydoni qiymatiga qo‘shiladi. Bu xarajatlar yer maydonidan foydalanish yoki sotishdan olinadigan daromadlar bilan bog‘liq bo‘ladi. 7. Sotib olingan yer maydonining bino va inshootlari quriladigan qismida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar yer maydoni qiymatiga emas, balki quriladigan bino va inshootlarning qiymatiga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |