Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ruyobga chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, meyorlarimiz va tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolg‘on, soxtalik va totalitar axloqiy tuzum hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, axloqiy munosabatlar qabul etilgan kodekslar, me’yorlar xamda tamoyillarga ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi. Rasmiy axloqiy qonun-qoidalar bilan xaqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma’naviy jarlik paydo bo‘ladi. Tilda bu qonun-qoidalar ko‘klarga ko‘tarilgani holda, dilda, ich-ichdan ularga qarshilik hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojea bo‘lgan axloqiy so‘z Bilan axloqiy faoliyatning aloxida-aloqa mavjudligi ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |