Byudjet hisobi va nazorati


Budjet tizimi byudjetlari ijrosini ta’minlashda Moliya organlarining ahamiyati



Download 37,19 Kb.
bet3/8
Sana14.09.2021
Hajmi37,19 Kb.
#173924
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Odiljonov U hisobot

Budjet tizimi byudjetlari ijrosini ta’minlashda Moliya organlarining ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

  • Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi;

  • Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;

  • budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • budjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.

Moliya yiliga mo‘ljallangan barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.

Byudjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:


  • byudjet tasnifi tizimi, hisob-byudjet hujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;

  • byudjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;

  • turli darajadagi byudjetlarning o‘zaro bog‘liqligi;

  • davlat byudjeti balansliligi;

  • davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;

  • davlat byudjeti xarajatlarini ybudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;

  • barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

  • Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi;

  • Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • respublika byudjeti xarajatlarini amalga oshiradi;

  • byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • byudjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

  • Davlat byudjeti:

  • respublika byudjetini;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi.

Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi.

Viloyatning byudjeti viloyat byudjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi.

Tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi.

Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi.

Byudjet tasnifi Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.

Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.

Byudjet tasnifi:



  • Davlat byudjeti daromadlarining tasnifini;

  • Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;

  • Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.

Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.

Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.

Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.

Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.

Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.

Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Davlat byudjeti daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;

6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;

2) joriy byudjet transfertlari shaklida;

3) kapital xarajatlar shaklida:


  • asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

  • chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;

6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;

7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;

8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

Respublika byudjeti daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;

Umumdavlat soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarni taqsimlash normativlari har yili tasdiqlanadi.

2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar;

6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

Respublika budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘i oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;

2) joriy budjet transfertlari shaklida;

3) kapital xarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;

5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari shaklida;

6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;

7) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;

8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;

9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

Respublika budjeti taqchilligi:



  • davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish;

  • respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;

  • qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;

3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;

4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;

6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘lar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;

2) joriy budjet transfertlari shaklida;

3) kapital xarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.1

Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti.

Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taalluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari;

b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari;

v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar);

g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar);

d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori;

e) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yo’l-yoʻriqlari va xatti-harakati.

Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.2

Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida:

1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin:

iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yo‘naltirilgan yagona davlat soliq-budjet siyosatini amalga oshirish;

iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xomashyo, yer-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo‘li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;

budjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o‘zini o‘zi qoplay olishini ta’minlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat budjetiga qo‘shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to‘liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;

moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo‘nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;

iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda to‘lov intizomini mustahkamlash;

budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning qo‘llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;

sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidan:

Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hamda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi bo‘ysunuviga;

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan holda ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha moliya organlari tuman va shahar bo‘linmalaridagi sho‘balar — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish jamg‘armasi tugatilsin va uning funksiyalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi zimmasiga yuklatilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida:

Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, shuningdek Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi;

Budjetdan tashqari Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.

5. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 336 nafardan iborat yangi tashkiliy tuzilmasi 1-, 2-, 2a-ilovalarga* muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining, viloyat markazlari — shahar hokimliklari moliya bo‘limlarining, tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining hamda moliya organlari tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilab qo‘yilgan cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi bilan birgalikda budjet mablag‘laridan, eng avvalo ijtimoiy soha muassasalarida samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tubdan kuchaytirish, davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uning xalqaro standartlar darajasida mustaqilligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Moliya vazirligi markaziy apparatining, G‘aznachilik, hududiy moliya organlari va Bosh nazorat-taftish boshqarmasi hududiy boshqarmalarining bo‘shayotgan xodimlarini ish bilan ta’minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.3



Download 37,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish