5.4.
Hujjatlarning rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish.
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan
muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning
tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning
rekvizitlari
deb nomlanadi.
Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni
anglatadi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra rekvizitlar har xil bo‘ladi. Ular o‘zlarida aks ettirilgan
hujjatlarning vazifalari va muomalalarning mazmuniga bog‘liq. Mutlaqo aniqki,
masalan, ishchiga ish haqi hisoblashni rasmiylashtiradigan hujjat (ishbay ishiga
naryad)ning rikvizitlari, to‘lov talabnomasi (tovarlarning sotilishini qayd etilgan
hujjat)ning rekvizitlaridan, albatta farqlanadi.
Lekin har xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, har qanday
muomalani buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar mavjud
bo‘lishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunning 9-moddasiga binoan dastlabki
hujjatlarning zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonaning nomi;
hujjatning nomi va nomeri, uning tuzilishi sanasi hamda joyi;
xo‘jalik muomalalarini nomi, mazmuni va miqdoriy o‘lchovi (natura va pul
ko‘rinishida);
ma’suliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunda shu narsa alohida ta’kidlanadiki,
dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o‘z vaqtida
tuzilganligi, to‘g‘riligi, ishonchliligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks
ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha javobgardir.
87
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo‘yiladi. Barcha hujjatlar
o‘z vaqtida, qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan daqiqada yoki muomala
tugagach, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo‘lishi hamda barcha
majburiy rikvizitlarga ega bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari
ko‘proq qo‘llanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek hujjatlashtirish talablariga
javob beradigan tartibda joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy
ma’lumotlarning maxsus ajratib ko‘rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga ega
bo‘lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular
tegishli matn mazmuni bilan birgalikda ko‘rsatilishi kerak.
Agar yig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning
mazmunini tavsiflovchi sarlovha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga
muvofiqligini
tasdiqlovchi
shaxslarning
imzolari
keltiriladi.
Isbotlovchi
hujjatlarning vazifasi axborotni kompyuterda bajarganda, u qo‘l bilan
tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi
kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd
etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik barcha
majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli hujjatni tuzish bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki kompyuterlar
yordamida yozib berish ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va ravshan
yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va hajmini
osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. Hujjatdagi imzolar ravshan bo‘lishi
kerak. Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hech qanday tozalashlar,
dog‘ va izohlanmagan to‘g‘irlashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa
orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlardagi
ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi uchun ularga
imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari, omborchilar, kassirlar va boshqalar) javob
beradi.
88
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ulardan
ba’zilari o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar
(arizalar, ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |