13.4. Davlat sektori buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida byudjet hisobotlari axborot imkoniyatlarini takomillashtirish
Xalqoro amaliyotda davlat byudjeti ijrosi natijalari bo’yicha hisobotlar davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa usuli, hisoblash usuli, modifikatsiyalashtirilgan hisoblash usuli asosida shakllantiriladi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobiiing kassa usulida barcha hodisalarni pul mablag’larining harakati bo’yicha qayd qilish ko’zda tutiladi. Bunda aktivlar va majburiyatlarga doir ko’pgina hodisalar buxgalteriya hisobi doirasida hisobga olinmay qoladi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash usulida sodir bo’ltan barcha hodisalar sodir bo’lgan paytda tan olinadi. Barcha akgivlar qiymati ulardan foydalanish davri davomida ularning xizmat qilish muddatiga mutanosib ravishda eskirish hisoblanib, bu eskirish summasi xarajatlarga amortizatsiya sifatida qo’shib boriladi.
Hisoblash usuliga asoslangan Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qabul qilingan bo’lib ushbu standartlardan biri «Moliyaviy hisobotning taqdim etilishi» 1 DSBHXSdir
Mazkur Standart talablari davlat korporatsiyalaridan tashqari barcha davlat sektori institutsional birliklariga taalluqlidir.
Mazkur Standart davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq hisoblash metodidan foydalanib tuziladigan va taqdim etiladigan ko’pchilik foydalanishi uchun mo’ljallangan barcha moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda qo’llaniladi.
Mazkur Standartning maqsadi institutsional birlikning o’tgan davrlar uchun tuegan moliyaviy hisoboti bilan hamda boshqa institutsional birliklarning moliyaviy hisoboti bilan solishtirish mumkinligini ta’minlash uchun qo’pchilik foydalanishi uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini o’rnatish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun mazkur Standartda hisoblash metodidan foydalanib tayyorlangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha bir qator umumiy mulohazalar, moliyaviy hisobotning tarkibi bo’yicha tavsiyalar va moliyaviy hisobot mazmuniga minimal talablar belgilangan.
Ko’pchilik foydalanishi uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobot — o’zlarining aniq ma’lumotlarga bo’lgan talablariga muvofiq hisobotlarning shakllarini o’egartirishni talab qila olmaydigan moliyaviy xisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirish uchun tayinlangan hisobotdir. Mazkur Standart moliyaviy faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobotda hisobot davridagi institutsional birlikning foydalari yoki zararlari haqidagi ma’lumotlarni «nazorat qiladigan institutsional birlikning egasiga tegishli foydalar yoki zararlar» va «kamchilikni qiziqishiga tegishli foydalar yoki zararlar» o’rtasida bo’lingan holda alohida taqdim etishni talab qiladi.
«Moliyaviy hisobotning taqdim etilishi» 1 DSBHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda talablar belgilangan. Jumladan
a) Foydalanuvchilar talabiga mos qarorlar qabul qilish imkoniyati bo’lishi
b) Ishonchli bo’lishi bunda
- moliyaviy xolati va moliyaviy natijalari asoslangan xolda aks ettirilishi;
- xodisa va muomalalarni faqat yuridik shaklini emas balki iqtisodiy mazmunini xam aks ettirish;
- xolislik;
- Xamma jarayonni qamrab olish
Xalqaro amaliyotda Davlat moliyasi statistikasida xisobotlarni shakllantirish uslubiyoti aloxida axamiyatga ega Davlat moliyasi statsitikasi quyidagi xisobot shakllarini tuzishni talab etadi
Umuman davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzishda yuqorida takidlab o’tilgan xalqaro tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |