Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi “byudjet hisoboti” fanidan O’quv–uslubiy majmua t oshkent-2020


Byudjet hisobotlarini tuzishda qo’llaniladigan axborot tizimlari tarkibi



Download 7,27 Mb.
bet15/113
Sana08.08.2021
Hajmi7,27 Mb.
#142179
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
Bog'liq
УМК Бюджет хисоботи -2020

1.5. Byudjet hisobotlarini tuzishda qo’llaniladigan axborot tizimlari tarkibi

Hozirgi kunda davlat byudjeti ijrosiga oid hisobotlar G’aznachilik axborot tizimi, Davlat byudjeti axborot tizimlari dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirilmoqda.

G’aznachilik axborot tizimi yagona o’zaro bog’liq bo’lgan dasturlar kompleksidan tashkil topgan bo’ladi. G’aznachilik axborot tizimining dasturiy ta’minoti – bu g’aznachilik axborot tizimidagi hisoblash jarayonlarini samarali tashkil qilish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuasidan iboratdir. G’aznachilik axborot tizimining dasturiy ta’minoti ko’plab o’zaro bog’liq bo’lgan modullar va quyi tizimlarning dasturiy majmuasidan tashkil topgan bo’lib, u davlat byudjetining daromad tushumlari va xarajatlarini hisobga olish, hisobotlarni tayyorlash, byudjet tasnifi bo’yicha har kunlik ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, byudjet ijrosiga oid bo’lgan normativ ko’rsatkichlarning bajarilishini tartibga solib turish kabi byudjet ijrosi jarayonlarini to’liq avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy majmualardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, ushbu dasturiy majmualarda joriy qonunchilik asosida amalda bo’lgan imtiyozlar va turli byudjetlararo bosqichlarning o’zaro hisob-kitoblari ham inobatga olinishi zarur bo’ladi. Tizimdagi dasturiy ta’minot orqali kundalik ish jarayonlarining balansini, belgilangan normativ hisobotlarni, to’lov hujjatlarini va boshqa so’rovnomalarga javoblarni chop etishni ta’minlab berish ham talab etiladi. G’aznachilik axborot tizimi dasturlar kompleksining tarkibiga quyidagi vazifalar kiradi: byudjet loyihasini tuzish; byudjet daromadlari va xarajatlari yoyilmasini tuzish; qo’shimcha yoyilmani tuzish; yoyilmani aniqlashtirish va byudjet yoyilmasi asosida moliyalashtirish rejasini tuzish va aniqlashtirish; byudjet belgilanishlarining o’zgarishlari to’g’risidagi bildirish-ma’lumotnomasini tuzish; xarajatlarni to’lash uchun topshiriqnomalarni tuzish; xarajatlarni to’lash uchun jamlama reestr topshiriqnomalarini tuzish; memorial orderlarni tuzish; moliyaviy jarayonlarning natijalari bo’yicha bosh kitoblar; har xil qismlardagi bevosita hisobotning o’zini tayyorlash; byudjet asosiy parametrlari bo’yicha prognozlash va quyi byudjetlarga byudjet parametrlarini etkazish; g’aznachilik organlarining buxgalteriya hisoboti bo’yicha asosiy va yordamchi kitoblarini kiritish; moliyalashtirish uchun byudjet qabul qiluvchilardan talabnomalarni olish, moliyalashtirish rejasi va yoyilma bilan talabnomalarni taqqoslash; talabnomalarni tartibga solish va jamlash; hujjatlarni qabul qilish va YaG’HR bilan bog’liq jarayonlar uchun Markaziy Bankga tayyorlanadigan va jo’natiladigan to’lov hujjatlarini ta’minlaydigan quyi tizimda, buxgalteriya kitoblarida amalga oshirilgan jarayonlarni ko’rsatish; markaziy g’aznachilikka moliyalashtirish haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash; axborot xavfsizligini barcha miqyosda ta’minlash, axborotlarning paydo bo’lishi, shakllanishi, saqlanishi va uzatilishini uzluksiz ta’minlash.

G’aznachilik axborot tizimining asosiy xususiyatlari va imkoniyatlari undagi tizimli va amaliy dasturiy ta’minotlarining (ADT) imkoniyatlaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.

G’aznachilik axborot tizimining dasturiy ta’minoti majmuasi quyidagi funktsiyalar bajarilishini to’la-to’kis ta’minlashi lozim:


  • YaG’HR da davlat byudjetining daromad tushumlari bo’yicha hisob-kitoblarni, hisobotlarni, axborotlarni qayta ishlashni tahlil qilish va axborotlarni muntazam ravishda saqlab turish;

  • tasdiqlangan reja bo’yicha davlat byudjetining ijrosiga oid kelib tushayotgan daromad tushumlari va xarajatlari bo’yicha dolzarb va ishonchli axborotlarni etkazib turish;

  • byudjet ijrosi bo’yicha yuqori tashkilotlarga ma’lumotlar, so’rovnomalar, statistik va tahliliy axborotlarni tezkor etkazib berish;

  • hisobot, hisob-kitoblar va to’lov hujjatlarini shakllantirish;

  • byudjet ijrosi bo’yicha boshqa tashkilotlar axborot tizimlari bilan o’zaro aloqada bo’lish va o’zaro axborot almashinuvini ta’minlash;

  • g’aznachilik axborot tizimi dasturiy ta’minotining tuzilmaviy tuzilishiga rioya etish imkoniyatlarini yaratish.

G’aznachilik axborot tizimining dasturiy ta’minoti o’z tarkibiga g’aznachilikning asosiy funktsiyalari va masalalarini echishga imkon beruvchi, uning texnik vositalar majmualarining barqaror ishlashini ta’minlovchi barcha dasturiy majmualarini birlashtiradi. Uning tarkibiga umumiy va maxsus dasturiy ta’minotlar, dasturlarni qo’llash uchun yaratilgan uslubiy-yo’riqnoma materiallari, dastur tuzuvchilar va dasturlarni doimiy kuzatib boruvchi dasturchi xodimlar kiradi. Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, g’aznachilik axborot tizimining dasturiy ta’minoti tarkibiga umumiy, funktsional, tashhislovchi dasturiy ta’minotlar va dasturlarni qo’llash bo’yicha hujjatlar taalluqlidir.


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish