3. Yuridik majburiyatlar bo’limida shartnomalarni ro’yhatdan o’tkazish
tartibi
I va II guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlar g’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnomalar I va II guruh xarajatlari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar (YuMMR buyurtmalari) asosida ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar YuMMR buyurtmasini «UzASBO» DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g’aznachilik bo’linmalariga elektron shaklini yuboradi5 . «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan elektron YuMMR buyurtmalari rasmiylashtiriladi, ulardagi ma’lumotlarning to’g’riligi, o’zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g’aznachilik bo’linmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini, ikki asl nusxada To’lovlar jadvali taqdim etadi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini «UzASBO» DMga kiritadi 129 . Buyurtmachilarning «UzASBO» DM orqali elektron shaklda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «O’RMV» ATda elektron tarzda ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko’rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi. «UzASBO» DMga ulanmagan buyurtmachilar YuMMR buyurtmalarini qog’oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko’rsatilgan summalarni to’lashga to’lov hujjatlari ilova qilingan holda g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladi. G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan so’ng YuMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini ko’rsatgan holda o’z imzolarini qo’yadi. G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida YuMMR buyurtmalarida ko’rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli manbalarning (byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to’lov hujjatlaridagi summalarni YuMMR buyurtmalarida ko’rsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi. Kamchiliklar bo’lmaganida g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan YuMMR buyurtmalari:
•byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —YuMMR buyurtmalarining ikki asliga ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasini ko’rsatgan holda «Ro’yxatdan o’tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish yo’li bilan ro’yxatdan o’tkaziladi;
● vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko’rsatgan holda «Buyurtma bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’i qoldig’i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish yo’li bilan hisobga olinadi YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini ko’rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.
Kamchiliklari ko’rsatib qaytarilgan YuMMR buyurtmalari to’g’risidagi ma’lumot hisobi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan «O’RMV» ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.
YuMMR buyurtmasi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so’ng buyurtmachilarning mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini ko’rsatgan holda o’z imzosini qo’yadi va YuMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YuMMR buyurtmasining ikkinchi asli g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun qoladi.
III guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlar kapital qo’yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo’shimcha va o’zgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to’lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo’yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi. III guruh xarajatlari bo’yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31 dekabridan kechikmasdan tuzilishi lozim, kapital qo’yilmalar bo’yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo’lgan hollar bundan mustasno.
Kapital qo’yilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtiriladi. Kapital qo’yilmaga xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida, Davlat byudjeti mablag’lari, kredit mablag’lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo’yilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnomada ko’rsatilgan summani shartnomada ko’rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qo’yilma buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko’rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, tegishli hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
III guruh xarajatlari yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
• shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasi;
• ikki asl nusxada To’lovlar jadvali
• shartnoma summasi 50 ming AQSh dollaridan kam miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq erkin savdolar o’tkazish bayonnomasi nusxasi;
• shartnoma summasi 50 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni
• tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tanlov (tender) savdolari o’tkazish bayonnomasi nusxasi;
• agar shartnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tanlov (tender) savdolarisiz tuzilgan bo’lsa,
• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorining nusxasi;
• tanlov savdolari natijalari hisobotining O’zbekiston Respublikasi Davlat
• arxitektura va qurilish qo’mitasi bilan kelishilgan nusxasi;
• O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
• manzilli ro’yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) nusxasi;
• qurilish ob’ekti titul ro’yxati nusxasi;
• pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug’urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
• davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo’lganda);
• moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd so’m va undan ortiq bo’lgan ijtimoiy va fuqaro ob’ektlari bo’yicha qurish va rekonstruktsiya qilishning manzilli ro’yxatlarining Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari mavjud bo’lgan ob’ektlar bundan mustasno);
• ob’ektlarni parallel ravishda loyihalashtirish bilan bir vaqtda qurish va rekonstruktsiya qilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nusxasi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo’lishi shart.
Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo’lmagan hollarda shartnomalar taqdim etilganidan so’ng to’rtinchi ish kunidan kechiktirmay g’aznachilik bo’linmalari tomonidan:
byudjetdan ajratilgan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —ro’yxatdan o’tkaziladi;
-vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — hisobga olinadi.
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” 130 talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan, Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma ko’rsatgan holda qaytariladi.
Qaytarilgan shartnomalar to’g’risidagi ma’lumot hisobi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan «O’RMV» ATda elektron ko’rinishda belgilangan shaklda Qaytarilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish kitobida yuritiladi.
Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko’rsatilgan barcha kamchiliklar to’liq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko’rsatilmagan boshqa kamchiliklar bo’lmaganda g’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnomani kapital qo’yilma buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yo’l qo’yilmaydi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasini ko’rsatib «Ro’yxatdan o’tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish, shuningdek g’aznachilik bo’linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiyimzosini va «Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish» muhrini qo’yish yo’li bilan ro’yxatdan o’tkaziladi;
- vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga hisobga olish raqami va sanasini ko’rsatgan holda «Shartnoma bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’i qoldig’i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo’yish yo’li bilan hisobga olinadi.
Shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so’ng shartnomaning ikkita asli va To’lovlar jadvalining bitta asli kapital qo’yilma buyurtmachisiga qaytariladi, ro’yxatga olingan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi, To’lovlar jadvalining ikkinchi asli va shartnoma bilan taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun qoladi.
Manzilli ro’yxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar bo’yicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari g’aznachilik bo’linmalari tomonidan kapital qo’yilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli ro’yxatida nazarda tutilgan mablag’lar doirasida ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi.
Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalarbo’yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish kapital qo’yilma buyurtmachilari tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi;
qo’shimcha kelishuvning ikkita asli va bitta nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To’lovlar jadvali;
manzilli ro’yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) nusxasi;
qurilish ob’ekti titul ro’yxati nusxasi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobi «O’RMV» ATda Shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko’rinishda yuritiladi.
IV guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig’imlar, badallar, soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha yuridik majburiyatlar) asosida g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib berishto’g’risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to’lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to’lashi lozim bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro’yxati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, ko’mir, benzin, dizel yoqilg’isi, mineral o’g’itlar, shuningdek, avia va temir yo’l chiptalari, sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanmalar, barcha turdagi shahar yo’lovchi transporti yo’l kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to’lov joriy etilgan.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo’yicha shartnomalari, ularga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar ushbu shartnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o’tganidan va hisobga qo’yilganidan so’ng G’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi.
Bunda shartnomalarda ko’rsatilgan summalar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.
IV guruh xarajatlari bo’yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31 dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli ro’yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo’lgan kapital ta’mirlash xarajatlari bo’yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo’lgan hollar bundan mustasno.
Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko’ra shartnoma qo’shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo’lsa, ushbu shartnoma bo’yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yo’qligi to’g’risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning (byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari rasmiylashtiriladi. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini so’rab oladi. Ushbu hujjatlar nusxasi g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi.
Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari hajmi bilan chegaralanadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida tuzilgan asosiy shartnomaga qo’shimcha kelishuv tanlov (tender) savdolari o’tkazilishi talab qilinmaydigan hollarda mazkur qo’shimcha kelishuv bo’yicha To’lovlar jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa asosiy shartnoma bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo’lmaslik sharti bilan tuzilishi mumkin.
Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi (pudratchi) bilan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi bo’yicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy g’azna hisobvarag’i va ulardan to’lov summasi majburiy tartibda alohida ko’rsatiladi. Mazkur shartnomalar g’aznachilik bo’linmalariga vazifa jihatidan tasnifining har bir bo’limi va kichik bo’limi alohida ko’rsatilgan holda ikki asl nusxada To’lovlar jadvali bilan birga taqdim etiladi.
Bunda ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan bir nusxada taqdim etiladi.IV guruh bo’yicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan - Davlat byudjeti mablag’lari, kredit mablag’lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasm iylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnomalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitantsiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash;
- iqtisod qilingan mablag’larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazish;
- tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag’lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo’lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan mablag’larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armalariga o’tkazish;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa to’lovlarni to’lash.
Quyidagi hollarda shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun mazkur hujjatlarga qo’shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
a) avtotransport, mashina, texnika va uskunalarni joriy, o’rta va mukammal ta’mirlashda — nuqson dalolatnomasi;
b) bino va inshootlarni joriy va o’rta ta’mirlashda — loyiha-smeta hujjatlarini (bajariladigan ishlar summasi O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yuz baravaridan oshgan hollarda) ekspertizadan o’tkazilganligi to’g’risida xulosa nusxasi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
v) binolar, inshootlar va ichki xo’jalik yo’llarini mukammal ta’mirlashda:binolar, inshootlar va ichki xo’jalik yo’llarini mukammal ta’mirlash manzilli ro’yxati nusxasi;
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o’tkazilganligi bo’yicha xulosa nusxasi;
shartnoma summasi 50 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tender savdolarini o’tkazish bayonnomasi nusxasi; shartnoma summasi 50 ming AQSh dollaridan kam miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq erkin savdolar o’tkazish bayonnomasi nusxasi.Buyurtmachilarning Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalari ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun g’aznachilik bo’linmalariga shartnomalar tegishli Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng taqdim etiladi. Mazkur shartnomalarning (Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ro’yxatdan o’tkazilgan) ikki asli va bir nusxasi bilan birga g’aznachilik bo’linmalariga ikki asl nusxada To’lovlar jadvali taqdim etiladi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo’lishi shart.
IV guruh xarajatlari bo’yicha shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish buyurtmachilar g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- shartnomaning ikki asli va bir nusxasi;
- ikki asl nusxada To’lovlar jadvali (agar shartnoma vazifa jihatidan tasnifning bir nechta kodlari bo’yicha tuzilgan bo’lsa, unda byudjettasnifining tegishli kodlari alohida ko’rsatiladi);
- shartnoma summasi 1000 AQSh dollari miqdorigacha summani tashkil etganda etkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish bo’yicha erkin savdolar o’tkazish bayonnomasi nusxasi;
summasi 1 ming AQSh dollari miqdoridan 100 ming AQSh dollari miqdorigacha summani tashkil etgan alohida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) birja tashkil qilgan elektron savdolar orqali xarid qilish bo’yicha konkurs savdolar o’tkazish bayonnomasi nusxasi;
- summasi 100 ming AQSh dollari miqdoridan ortiq summadagi shartnomalar bo’yicha tender savdolari bayonnomasi nusxasi;
tegishli faoliyat turi uchun litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasi (tovarlarni etkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni yoki ruxsatnoma tusidagi hujjat olishni talab qilsa). Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatining yoki jalb qilingan advokatning imzosi bo’lishi shart.
Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo’yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi
:ilgari g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga
olingan shartnomaning nusxasi;
qo’shimcha kelishuvning ikki asli va bir nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To’lovlar jadvali.
Bunda qo’shimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo’lishi shart.
Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan alohida toifadagi bemorlarni imtiyozli retseptlar bo’yicha dori vositalari bilan ta’minlash uchun hududiy sog’liqni saqlash bo’limlari yoki ambulatoriya-poliklinika muassasalari xarajatlar smetasi doirasida, bemorlarga yozib berilgan retseptlar asosida berilgan dori vositalari qiymatini to’lash uchun oldindan tanlov, tender yoki elektron savdolari o’tkazmasdan, shuningdek birjaning maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirmasdan dorixona muassasalari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi. Mazkur shartnomalar g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi.
Bunda hududiy sog’liqni saqlash bo’limlari yoki ambulatoriya-poliklinika muassasalari shartnoma summasidan kelib chiqib va xarajatlar smetasi doirasida oylik summadan 15 foiz miqdorda har oylik oldindan to’lovni amalga oshiradi.
Yakuniy hisob-kitob dorixona muassasalari tomonidan haqiqatda etkazib berilgan dori vositalari miqdoridan kelib chiqib yozib berilgan xisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
IV guruh xarajatlari hisobiga naqd pul mablag’lari to’lash faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda «O’qitish xarajatlari», «Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari», «Boshqa xarajatlar» va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd pul olish bo’yicha yuridik majburiyatlari g’aznachilik bo’linmalarida buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish tartibi bo’yicha ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi:
ikki asl nusxada YuMMR buyurtmasi;
buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni o’tkazish va boshqalar to’g’risidagi) buyrug’i nusxasi.
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida mablag’lar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlari YuMMR buyurtmasi asosida ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi.
G’aznachilik bo’linmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtma taqdim
etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
- ko’rsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
- shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va imzolari mavjudligini;
- muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko’rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini;
- shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda ko’rsatilgan summani shartnomada yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda ko’rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratilgan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari) mavjudligini tekshiradi.
Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalari yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo’lmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar taqdim etilganidan so’ng to’rtinchi ish kunidan kechikmasdan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan: byudjetdan ajratilgan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —ro’yxatdan o’tkaziladi;
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — hisobga olinadi.
Talablarga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarin yozma ko’rsatgan holda qaytariladi.
Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumot hisobi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan «O’RMV» ATda elektron ko’rinishda
Qaytarilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish kitobida yuritiladi.Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko’rsatilgan barcha kamchiliklar to’liq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko’rsatilmagan boshqa kamchiliklar bo’lmaganda g’aznachilik bo’linmalari tomonidan buyurtmachilarga shartnomalarni va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarni takroran qaytarilishiga yo’l qo’yilmaydi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdeknusxasining barcha varaqlariga, To’lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasini ko’rsatib «Ro’yxatdan o’tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish, shuningdek g’aznachilik bo’linmasining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlash va «Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish» muhrini qo’yish yo’li bilan ro’yxatdan o’tkaziladi;vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, To’lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning asli hisobga olish raqami hamda sanasini ko’rsatgan holda «Shartnoma bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’i qoldig’i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish hamda vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlash yo’li bilan hisobga olinadi.G’aznachilik bo’linmalari tomonidan yuridik majburiyatlar ro’yxatdan o’tkazilganidan yoki hisobga olingandan so’ng:
- shartnomalarning ikki asli va To’lovlar jadvallarning birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalarning nusxasi, To’lovlar jadvalining ikkinchi asli va buyurtmachilar tomonidan shartnomalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun qoladi;
- yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning va To’lovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun qoladi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobi «O’RMV» ATda Shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko’rinishda yuritiladi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalar summasiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarni kam miqdorda ro’yxatdan o’tkazilishi yoki hisobga olinishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga tegishli manba (byudjetdan ajratilgan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari) bo’yicha ishlatilmagan qoldiq mavjud bo’lganida buyurtmachilar amal qilish muddati:tugamagan shartnomalar bo’yicha — tegishli hisobot davri uchun shartnoma summasini kamaytirishni va uni mazkur shartnoma bo’yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qo’shimcha kelishuv tuzishi va g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etishi;
tugagan shartnomalar bo’yicha — g’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnoma summasini kamaytirilishi va uni mazkur shartnoma bo’yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirilishi uchun asos bo’luvchi mazkur shartnoma bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan solishtirish dalolatnomasini tuzishi va g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etishi zarur.
Agar shartnomalar bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilishi asosli sabablarga ko’ra keyingi moliya yiliga o’tsa, buyurtmachilar mazkur shartnoma muddati tugaguniga qadar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomalari asosida shartnomalar muddatini uzaytirish, joriy moliya yilida qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini etkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasiga kamaytirish, shuningdek etkazib berilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yiliga o’tkazishni nazarda tutuvchi qo’shimcha kelishuvlar tuzishi mumkin. Bunda mazkur qo’shimcha kelishuvlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) birligi narxining oshishini nazarda tutmasligi va ularning umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) etkazib berilmagan qismi bo’yicha yuridik majburiyatlar summasidan oshmasligi shart.
Bunda mazkur qo’shimcha kelishuvni ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olishda «O’RMV» ATda ularning amal qilish muddati joriy yilning 31 dekabri sifatida kiritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |