Byudjet hisobi


-jadval Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan



Download 48,58 Kb.
bet6/7
Sana01.01.2022
Hajmi48,58 Kb.
#289356
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
byudjet tashkilotlarining yillik hisobotlari asosida tovar moddiy boyliklarini tahlil qilish tartibi referat

1-jadval Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan


ko‘rsatkichlar



Tovar –moddiy zaxiralari nomi

Belgilangan kun me’yorlari

1

Oziq-ovqat maxsulotlari (mavsumiy tayyorlashdan tashqari)

15 kun

2

Mavsumda tayyorlanadigan oziq-ovqat maxsulotlari

150 kun

3

Dori-darmonlar, reaktivlar, bog‘lash materiallari va dorixona anjomlari

60 kun

4

Barcha Byudjet tashkilotlari uchun yoqilg‘i (bolalar va davolash tashkilotlaridan tashqari)

75 kun

5

Bolalar va davolash tashkilotlari uchun yoqilg‘i

90 kun

6

Xo‘jalik va kontselyariya materiallari

45 kun

7

O‘quv ilmiy va boshqa maxsus maqsadlar uchun materiallar

120 kun

8

Ozuqa va em xashak

120 kun

9

Qurilish ta’mirlash materiallari

45 kun

Shartli misol tariqasida quyidagini keltiramiz.

Toshkent Bank kollejida 2010 yil yillik hisobotiga asosan materiallarni o‘rnatilgan me’yorlar bo‘yicha hisob kitob qilinganda xo‘jalik va kanselyariya mollari, yoqilg‘i moylash materiallari bo‘yicha me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlandi. Hisob-kitobni amalga oshirish uchun 5-son shakldagi Nomoliyaviy aktivlar xarakati to‘g‘risida hisobotdan foydalanamiz.

  1. Xisobotga ko‘ra xo‘jalik va kanselyariya mollari qoldig‘i yil oxiriga 78000 ming so‘mni tashkil etgan. Yil davomida 190000 ming so‘mlik xo‘jalik va kanselyariya mollari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlash uchun quyidagi amallar bajarildi:1) 190000 ming so‘m / 305 =623 ming so‘m

2) 623 ming so‘m * 45 = 28032.8 ming so‘m

3) 28032.8 ming so‘m – 78000 ming so‘m = - 49967.2 ming so‘m



Demak me’yordan ortiqcha 49967.2 ming so‘mlik xo‘jalik va kanselyariya mollari qoldig‘i mavjudligi aniqlandi.

  1. Xisobotga ko‘ra yoqilg‘i va moylash materiallari qoldig‘i yil oxiriga 54000 ming so‘mni tashkil etgan. Yil davomida 205000 ming so‘mlik yoqilg‘i va moylash materiallari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlash uchun quyidagi amallar bajarildi:

1) 205000 ming so‘m / 305 = 672.1 ming so‘m

2) 672.1 ming so‘m * 75 = 50409.8 ming so‘m

3) 50409.8 ming so‘m – 54000 ming so‘m = - 3590.2 ming so‘m

Demak me’yordan ortiqcha 3590.2 ming so‘mlik yoqilg‘i va moylash materiallari qoldig‘i mavjudligi aniqlandi.

Tovar-moddiy zahiralar kirimi buxgalteriya hisobida alohida aks ettriladi. Ma’lumki tovar- moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:



-yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish;

-beg‘araz kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);

-uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;



-ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;

-tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;

-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo‘yicha kiritiladi, u xarid qiymati (yetkazib beruvchiga to‘lanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:

-bojxona bojlari va yig‘imlari;

-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);

-tovar-moddiy zaxiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga



to‘lanadigan vositachilik haqi;

-tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha xarajatlar;

-tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni tashishda xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi;

-tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.



Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida belgilanadi.

Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig‘iladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari tegishli bo‘lgan partiyalari, guruhlari) o‘rtasida taqsimlanadi.

Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan holda, chet el valyutasidagi summani bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi.

Tashkilot tomonidan beg‘araz olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan xomiylik ko‘rinishida olingan tovar-moddiy zahiralar tannarxiga ularni tashkilotga olib kelish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar ham kiritiladi.

Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazishda ham ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda tannarxi aniqlanadi. Bunda asosiy vositalarni tugatilishi natijasida yaroqli bo‘lgan qismlari (bino-inshootlar bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lgan qurilish materiallari, transport vositalari bo‘yicha yaroqli extiyot qismlari va xokazo) joriy qiymatda baxolanib tovar-moddiy zahiralar tarkibiga kirish qilinadi.



Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.

Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirimi bo‘yicha hisob registrlariga boshlang‘ich hisob hujjatlari (hisobvaraqlar, dalolatnomalar va boshqalar) asosida ushbu material zahiralar olingan kun (sana) bilan yoziladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlari kimdan olinganligi, nomi, navi, miqdori (og‘irligi) bahosi, summasi, omborga kelib tushgan vaqti va shu qimmatliklarni qabul qilgan moddiy javobgar shaxsning qabul qilganlik haqidagi imzosi va h.k.lar. Mahsulot yetkazib beruvchining hujjatlarida farq bo‘lgan hollarda qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.“O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, O`RQ-404-sonli.

    1. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”2013 yil 26 dekabrdagi 360-sonli qonun bilan qabul qilingan.

    2. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo’linmalarida. byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish,yopish va yuritish qoidalari” O’zR AV. tomonidan 2013yil 18 yanvarda № 2414 son bilan ro’yxatdan o’tgan.

4.“Davlat Byudjetining g’azna ijrosi qoidalari” O’zR AV. tomonidan 2009 yil 16 sentyabrda № 2007

- son bilan ro’yxatdan o’tgan;



5.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan
Download 48,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish