X= = = =23,7
bunda:
X — eritmaga qo‘shish kerak bo'lgan moddaning miqdori,g da;
A — tayyorlangan eritmaning miqdori, ml da;
B — talab etilgan eritma konsentratsiyasi, % da;
C — amaldagi konsentratsiyasi, % da;
d — eritma zichligi, g/ml da.
Demak, 18% li eritmani me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 23,7g geksametilentetramin qo‘shish lozim. Eritmalar konsentratsiyasi to‘g‘irlangandan so‘ng, yana bir marta filtrlanib (chunki quruq modda qo‘shiladi) tahlil qilinadi.[1.2.4.5.7.13]
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksruralar tayyorlash
O‘z SSV ning 582 sonli buyrug'iga asosan:-Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) bo'yicha o‘lchab beriladi. Miksturalarni og'irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, o'lchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ro‘yxati ilovada keltirilgan.
Miksturalami tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya’ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi.
Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yig'indisidan iborat boiadi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2,1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak.
582 sonli buyruqqa binoan: agar retseptda erituvchi miqdori aniq ko'rsatilgan bo‘lsa;
Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi.
Rp: Natrii hydrocarbonatis .
Natrii salicylatis ana 2,0
Tincturae Valerianae 5 ml
Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Hisoblash:
Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml Natriy salisilat eritmasi (1:10) 2x 10=20 ml Valeriana tindirmasi 5 ml Qand sharbati 10 ml
Tozalangan suv miqdori 180 ml - (40 ml + 20 ml) = 120 ml
Umumiy hajmi 180 + 5 + 10 = 195 ml.
Tayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidiokaibonat, 20 ml 10% li natriy salitsilat eritmasi solinadi. Pipetka yordamida 10 ml qand shaibati va 5 ml valeriana tindirmasi o‘lchab olinadi. Qand sharbatini og‘irlik bo'yicha o'lchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g toitib olinadi.
Agar erituvchi miqdori chegaralgan, ya’ni “gacha-ad” so‘zi belgilangan bo‘lsa,
Rp: Natrii benzoatis 2,0
Natrii hydrocarbonatis 1,0
Elixiris pectoralis 3 ml
Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae ad 100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Hisoblash:
Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2*10=20 ml Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20)
1*20=20 ml Qand sharbati 10 ml Ko‘krak eliksiri 3 ml
Tozalangan suv 100 - (20+20+3+10)=47 ml Umumiy hajm 100 ml
Tayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml ko‘krak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli yorliq yopishtiriladi.[1.2.12.14.16]
Do'stlaringiz bilan baham: |