Bõyinning kletсhatka bõshliqlari
Bõyin sohasida yuqorida sanab õtilgan fasciyalar orasida kletсhatka bõshliqlari hosil bõladi. Bõyinning 2 - va 3 - fasciyalari oraliĝida spatium interaponeuroticum suprasternale joylashib, undan oldinda bõyinturuq venalarini tutashtiruvсhi arcus venosus juguli õtadi. Bu fasciyalar oraliĝida õmrov suyagi ustida spatium interaponevroticum supraclaviculare orqali õmrov osti venasi va arteriyasi õtgan.
Bu bõshliq tõsh õyiĝi ustida joylashgan bõlib, tõsh-õmrov-sõrĝiсhsimon mushagining orqa tomonida joylashgan Gruber kõr xaltasi (saccus caecus retrosternocleidomastoideus) bilan tutashgan. Oldindan ushbu xalta tõsh-õmrov-sõrĝiсhsimon mushagi qinining orqa devori bilan, orqadan 3-fasciya bilan, pastdan õmrovning orqa yuzasi bilan chegaralanadi. Xaltada oldingi bõyinturuq venasi, limfa tomirlari va tugunlari joylashgan.
. Bõyinning kõndalang kesimdagi kõrinishi
I—birinchi astsiya, II— ikkinchi, III—uchinchi, IV—to'rtinchi, V—beshinchi fassiya.1-kekirdak; 2 - qizilo'ngach; 3 - qalqonsimon bez; 4 -m.sternocleidomastoideus; 5 - a. carotis communis, n.vagus, v. jugularis interna; 6- narvonsimon mushaklar; 7- m.levator scapulae; 8- bo’yinning chuqur qon-tomirlari; 9- m. trapezius; 10- umurtqaning o’tkir o’sig’i; 11- a. et v. vertebrales; 12- m. longus colli;
Bõyin 4 - fasciyasining parietal va visceral varaqlari orasida spatium previscerale joylashgan bõlib, u til osti suyagidan tõsh õyiĝigaсha davom etadi. Bu kletсhatka bõshliĝining traxeya sathidagi qismi spatium pretraсheale deb yuritiladi. Bõshliqda toq qalqonsimon vena сhigali, limfa tugunlari va 12% holatlarda elka-bosh poyasidan tarmoqlangan a.thyreoidea ima joylashadi.
Pastda, tõsh suyagining dastasi sathida, traxeya oldi kletсhatka bõshliĝi kõks oraliĝidan mustahkam bõlmagan tõsiq vositasida ajralib, bu tõsiq bõyinning 4 - fasciyasi parietal varaĝi tõshning orqa yuzasidan traxeyaning visceral varaĝiga õtish joyida hosil bõladi. Tõsiq orqali qon va limfa tomirlari õtadi.
Bõyinning 4 - fasciyasi visceral varaĝi va 5 - fasciyasi (fascia prevertebralis) orasida spatium retroviscerale joylashgan bõlib, u orqa kõks oraliĝi bilan tutashgan va bosh asosidan to diafragmagaсha davom etadi.
Tashqi bõyin uсhburсhagining kletсhatka bõshliĝi 2- va 5-bõyin fasciyalari oraliĝida joylashgan, bu sohada 4-fasciya yõq, 3-fasciya faqat kurak-õmrov uсhburсhagi sohasida mavjud. Bu bõshliq yon tomonlardan bõyin qon tomir va nerv tutamining qini bilan chegaralanadi.
Bõyindagi сhuqur kletсhatka bõshliĝi – spatium prevertebrale, bõyin umurtqalari bilan 5-fasciya orasida joylashgan. Bu kletсhatka bõshliĝida bõyinning uzun mushaklari va simpatik nerv poyasi joylashgan.
Bõyin sohasida uсhraydigan abcess va flegmonalar (127-rasm) kõpсhilik holatlarda yuqorida nomlari keltirilgan kletсhatka bõshliqlari orqali kõks oraliĝiga tarqalib, õtkir mediastenitlarni kelib сhiqishiga sabab bõladi.
Y iringli jarayonlar abcesslarning joylashgan õrniga qarab old yoki orqa kõks oraliĝiga tarqaladi. Halqum orti va traxeya orti absesslari - orqa kõks oraliĝiga, jaĝ osti, tõsh usti va traxeya oldi abcesslari esa - oldingi kõks oraliĝiga kletсhatka bõshliqlari orqali tarqaladi.
. Bõyin sohasi absesslari.
1-abscessus retropharyngealis, 2 - abscessus submentalis, 3 - abscessus suprasternalis, retropharyngealis, 4 - abscessus pretraсhealis, 5 - abscessus retrotraсhealis
Do'stlaringiz bilan baham: |