English language teaching
Grammar book
0515 :: New life
By : Cho’pon
Pronouns – Olmoshlar
Personal pronouns – Kishilik olmoshlari
Kishilik olmoshlari gapda otning o’rnida ega vazifasida keladi . Takroriylikni yo’qotish uchun ishlatiladi .
Ex : Ted is a good student . He attends lyceum every day .
Ted yaxshi talabadir . Ulitseyga har kuni boradi .
Singular (birlik ) Plural (ko’plik )
I – men We – biz
You – sen You – siz (ko’pchilik )
He , She , It – u They – ular
Note : Shuningdek biror shaxs yoki narsa buyum haqida birinchi marta ma’ lumot berganda There + (to be ) ishlatiladi . Ikkinchi marta aytib qo’shimcha marta ma’lumot berganda It + (to be ) ishlatiladi .
Shaxsni aniqlaganda ham It olmoshi ishlatiladi .
Ex : There is a swimming pool near the hotel . It is very popular among local people .
Bu yerda suzish havzasi bor mehmonxona yonida . U juda mashhur mahalliy odamlar orasida .
It is Mr. Smith – Bu mister Smit
It olmoshi ega vazifasida ishlatiladi , agarda ob – havoni aytsak , vaqtni aytsak , masofani yoki haroratni aytganda ham ishlatiladi.
Ex : It is windy . Ob – havo shamolli . It is hot . Bu issiq . It is five o’clock . Soat besh bo’ldi .
Kema nomlarini ikkinchi marta takrorlamaslik uchun She olmoshi ishlatiladi
The Titanic was the larges ship . She was nearly 900 feet long .
Objective pronouns – Munosabat olmoshlari ( - ni , - ga ) .
Munosabat olmoshlari gapda to’ldiruvchi vazifasida keladi . Gapda keyin qo’yiladi .
Ex : Please , give me that people . Iltimos menga anavi telfonni bering .
They have spoken about us all night . Ular tuni bo’yi biz haqimizda gapirishdi.
Singular Plural
Me – meni , ga , da , dan Us – bizni , ga , da , dan
You – seni , ga , da ,dan You – Sizlarni , ga , da , dan
Him , her , it – uni , ga , da , dan They – ularni , ga , da , dan
Bu olmoshlar predlog bilan kelish mumkin , bu holda predlog ma’nosi bilan birikib ketadi .
Ex : Is this for me ? - Bu men uchunmi ?
Possisive pronouns – Egalik olmoshlari ( - ning )
Egalik olmoshlari har doim otdan oldin uni aniqlab keladi . Aniqlovchi vazifasini bajaradi va o’zi yakka holda ishlatilmaydi . Bu olmoshlar
Whose ? – Kimning so’rog’iga javob bo’ladi va egalik olmoshlari bilan kelgan otlar oldidan artikl ishlatilmaydi , chunki ot oldidan bitta ko’rsatkich ishlatiladi . (Artikl ham , ega olmoshlari ham ko’rsatkich olmoshlari hisoblanadi )
Ex : Take your pen out of my bag . Ruchkangni mening sumkamdan ol .
Do'stlaringiz bilan baham: |