Buyuklik ilmdandur !



Download 0,79 Mb.
bet2/17
Sana14.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#363091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Reja Kirish Tadqiqot vazifalari

Beruniyning aql mash’ali
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy (973 yil 4- sentyabr -1048 yil 11- dekabr) buyuk qomusiy daho edi. Har qachon unga o’xshatish uchun ramz axtarib qolamiz. Tog’larga qiyos qilsakmikin ? Ammo tog’ bag’ridagi ganjlar Beruniyning jahon ilmi xazinasiga qo’shgan durdonalari oldida ushoqchalik, tog’lar supadakkina, fanda Beruniy dahosi esa olam kabi cheksiz tuyiladi. Uni Uyg’onish davrining ulug’ olimi Leonardo da Vinchiga taqqoslamoqchi bo’lishgan. Leonardo da Vinchini ikkinchi Beruniy deyish mantiqqa ko’proq to’g’ri keladi, deydi mashhur sharqshunos S.P. Tolstov. Nemis olimi, taniqli beruniyshunos E.Zaxau Beruniyni arab tilida yaratilgan asarlar ummonidagi yakkayu-yagona qoya deydi.

Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Buyuk allomalarimizdan biri Abu Rayhon Beruniy Atlantika ummoni ortida Amerika qit’asi borligini Xristofor Kolumbdan 500 yil avval bashorat etib, hattoki, uning xaritasini chizib qoldirgan”.

Beruniyning yirik asarlari qomusiy ko’rinishida edi, ular fan yo’lini yoritib berdi, ilm-fan rivojiga o’z ta’sirini o’tkazdi, ulardan G’arb va Sharqning olimlari asrlar davomida bahramand bo’ldilar. Beruniyning ayrim g’oyalari zamonasi ilmidan bir necha asr ilgarilayotgan edi. Beruniyning tarjimai holini yozgan Yoqut Hamaviy: “Zamon ilm va aqlda unga teng keladidan boshqa odamni ko’rmadi”, - deydi.

Beruniydan ulkan ilmiy meros qoldi. Yoqut Hamaviy yana bunday deb yozadi. “...Uning asarlari ro’yxatini Marv jome’ining vaqf kitobxonasida ko’rdim. Oltmish varaqqa yaqin, bitik zich yozilgan edi”. Beruniyning ja’mi asarlar soni 152 taga boradi, ammo bizgacha 30 tachasi yetib kelgan.

Beruniy ijodi nihoyatda serqirra. O’z zamonasidagi deyarli barcha fanlar bilan shug’ullangan. Akademik I.Y.Krachkovskiyning aytishicha, Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroqdir. Darhaqiqat, ma’lumotlarga ko’ra, olim asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 18 tasi adabiyotga, 15 tasi tarix va elshunoslikka, 12 tasi geografiyaga va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga, 4 tasi falsafaga, 3 tasi mineralogiyaga, 3 tasi ob-havo muammolariga bag’ishlangan. Uning dorishunoslik, fizikaga oid asarlari ham mashhur.

Beruniy yoshligidanoq, ilm-fanga chanqoq edi. “Men avvaldin ilmi riyoziyning bir uchiga aloqador bo’lib, anga sodiq qolg’on edim”. –deydi Beruniy. U o’n olti yoshida mustaqil kuzatishlar olib borib, ilmi hay’atda anchayin aniq natijalarni qo’lga kiritgan bo’lsa, 21 yoshida o’zi yasagan asbob yordamida ekliptikaning ekvatorga og’ish kattaligini topdi.

Beruniyning riyoziyot (matematika) va ilmi hay’at (astronomiya) ga bag’ishlangan eng yirik “Qonuni Ma’sudiy” asarida Yaqin Sharqda va O’rta Osiyoda ilmi hay’atning o’zi yashagan davrgacha bo’lgan rivojini yakunlash bilan birga, bu fandagi shaxsiy kuzatish natijalarini, tadqiqodlarini fikr-muloha- zalarini aytadi. O’rta asr ilmi hay’ati (astronomiya) va riyoziyoti (matimatika) ga qo’yilgan haykal bo’lmish bu asarda Beruniy qadimgi xalqlar yil hisoblari, sferik astronomiya, trigonometriya, matematika, geografiya, kosmologiya masalalarini bayon qildi. Beruniynig bu shoh asaridan bir necha asrlar davomida turli mamlakatlarning yirik olimlari foydalanishgan, u ilmi hay’at va riyoziyotning keyingi taraqqiyotiga o’zining kuchli ta’sirini o’tkazdi.

Kitobdan Nasriddin Tusiy, Mirzo Ulug’bek kabi buyuk allomalar ham keng foydalanishgan. Ulug’bek ilmi hay’at maktabining yirik vakili Jamshid al Koshiy otasiga yozgan xatida “Qonuni Ma’sudiy”ni Ulug’bek ko’plab allomalar ishtirokida muhokama qilganligini va kitobning ayrim boblari mukammal o’rganilganini yozgan.

Beruniy o’z asarlari haqida shunday degan: “...Bu risola, yozilg’on asarlar orasida zamonlar o’tsa ham baqoliroq, makonlar almashinsa ham sabotliroq bo’ladur. Men har bir insonning o’z san’atinda amalga oshirmog’i lozim bo’lg’on ishni qildim. Ul esa o’zidan oldingi kishilarning ijtihodini minnatdorchilik bilan qabul etish, u ijtihodda biror halal borligi ma’lum bo’lsa... qo’rqmay uni tas’hih etmoq va ravshan bo’lg’on fikrni o’zidin bir qancha vaqt keyin keluvchi kishilar uchun esdalik qilib qoldirguvchidir...

Tasdiqlamoq va isloh qilmoq birlan haqiqiy ilm hosil bo’ladur... dalil va aniqlik haqiqiy ilmga xosdir”.

Beruniy o’z asarlarini sulton Ma’sudga bag’ishlagan, olim yashagan davr an’anasi shuni taqozo etardi. Yoqut Hamaviynining aytishicha, Abu Rayhon bu asarini yozib tugatgach, sulton Ma’sud unga bir fil yukichalik kumush pul mukofot yuborgan, lekin Abu Rayhon: “Uzr, bunga mening ehtiyojim yo’q”,-deb bunday mukofotlar bilan boyishga odatlanib qolmaslik uchun uni qaytargan. “Dono odamlar biladurlarki, siymu zar ketadur, ilmu fan qoladur. Men aqlim buyurg’onig’a ko’ra, hech qachon abadiy, o’chmas iz qoldirguvchi ilmni umri qisqa yaltiroq nimnarsaga almashmag’aymen”,-degan Beruniy.

Uning ilmdan bo’lak boyligi, hech vaqosi yoq edi. Undan asarlaridan boshqa hech narsa qolmadi.

“Qonuni Ma’sudiy” ning yettita nodir qo’lyozmasi Angliya, Turkiya, Misr, Berlin kutubxonalarida saqlanmoqda. 1954-56 yillarda “Qonuni Ma’sudiy” Hindistonning Xaydorobod shahrida uch jildda arab tilida bosilib chiqdi. “Qonuni Ma’sudiy”ning o’zbek va rus tillariga to’la tarjimasi 1973-1976 yillarda nashr etildi.

Beruniy ming betdan ortiq, bu asarida ilmi hay’at va riyoziyotning talay muammolariga yangicha g’oyalar, fikr va mulohazalar bilan yondoshadi, bu fanlarni yangi kashfiyotlar bilan boyitadi. Jumladan, Beruniy o’zigacha bo’lgan kuzatish natijalari va o’z kuzatishlar, xulosalari asosida Quyosh apogeyining harakatlanuvchi ekanini isbotlab, uning son qiymatini ko’rsatadi, vaholangki, Ptolomey Quyosh apogeyini harakatsiz degan. Ptolomeyning bu fikri o’rta asr ilmihay’atida hukmron edi.

Beruniy Quyoshning ekliptika bo’ylab harakati notekis ekanligining aniq riyoziy isbotini ko’rsatdi. Buning uchun olim yangi riyoziy uslub yaratdi. Beruniy riyoziyotining eng katta yutuqlaridan biri bo’lgan bu uslub funksiyalarni tekshirishda hozirgi riyoziy tahlilda ishlatiladigan uslubga juda yaqin. Alloma ilmi hay’atda uchraydigan o’zaro bog’lanishlarni tadqiq qilishning umumiy uslubini berdiki, bu bilan u o’z zamonasidan besh asrdan ortiqroq ilgarilab ketdi va tabiiyki, hozirgi zamon riyoziyotining eng asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan funksiya tushunchasining shakllanishida va taraqqiy etishida muhim bosqich bo’lgan.

“Qonuni Ma’sudiy”da sinuslar jadvali 15 minut, tangenslar jadvali esa bir daraja (gradus) farq bilan keltirilgan, chiziqli, kvadratik interpolyatsiyalash qoidasi ko’rsatilgan. Trigonometrik jadvallar tuzishga kvadratik interpolyatsiyalash qoidasini Beruniy birinchi bo’lib qo’llaydi. Alloma Yer meridiani bir gradusi uzunligi, yer radiusini topish usulini bayon qiladi. Beruniy Yer Shimoliy yarim sharini yetti iqlimga bo’lib, iqlimlar bo’yicha joylashgan mamlakatlar, orollar, shaharlarning, geografik koordinaralarini beradi.

“Qonuni Ma’sudiy” da Abu Rayhon yassi va sferik trigonometriyani mustaqil fan sifatida ta’riflaydi. Bu qurilgan riyoziy apparatlar ilmi hay’atga taalluqli kuzatish natijalari bilan bog’liq hisob-kitoblarda, ilmi hay’atning amaliyot bilan aloqador masalalarini hal etishda qo’llaniladi-bu riyoziyot ilmining amaliyotga tadbiqining eng ajoyib namunasidir.

Beruniy dunyoning geliosentrik (Quyosh markazlik tizimi) tuzilishi haqidagi nazariyani yaratishga katta hissa qo’shgan allomadir. Olim o’zining “Hindiston” asarida “Yerning aylanma harakati ilmi hay’atga zid emas, barcha ilmi hayatga doir hodisalar shu harakatga mos ravishda kechadi”,- deydi. Usturlob tayyorlash usullari haqidagi bir risolasida o’z zamondoshi yasagan usturlob haqidagi, uning negizi osmon harakatlanishiga asoslanganligi uchun uni juda ham ajoyib kashfiyot deb hisoblashini aytgan. Beruniy geosentrik (Yer markazlik tizimi) va geliosentrik nazariyalarning ikkalasi ilmiy jihatdan teng huquqligini aytadi. Alloma ijod jarayonida qiyosiy tahlil uslubiga, tajribalarga suyangan, tajriba natijalarini mantiqan umumlashtirgan. Shu asosda ilmiy qonuniyat, nazariya yaratib, uning riyoziy isbotlash yo’lini tutgan.

Beruniy zamonasining ko’p tillarini bilardi. Alloma hind tili-sanskritga Ptolomeyning “Al-Majistiy” asarini, Evklidning “Negizlar”i ni, o’zining usturlobga oid risolasini tarjima qilgan. Sakson bobdan iborat mashhur asari- “Hindiston” boy manbalar asosida yozilgan. Olim Hindistonda bo’lganida hindlarning turmushi,marosimlari, falsafasi, fani, tarixi, dini, urf-odatlari, Hindiston geografiyasi, hindlarning etnik tarkibini o’rgandi va ular haqida qimmatli ma’lumotlar to’pladi. Asar ana shunday keng qamrovli edi. Beruniy hind eposi “Mahobxarat” bilan tanish bo’lgan, hindlarning xatlari, grammatikasini o’rgangan. Alloma bu asari bilan hindshunoslikka asos soldi. “Hindiston” kitobini E.Zaxay o’tgan asrning 80-yillarida ingliz tiliga tarjima qilib, Londonda chop etdi. Hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olimning undan oldin va keyin bo’lganini bilmayman, deydi E.Zaxay. Beruniyning bu asariga Javoharlal Neru ham yuksak baho bergan. Hind olimi S.Chetterjining yozishicha, eramiz- ning1040 yillarida ma’daniyat olamida hind, musulmon va ellin madaniy merosni bir hilda chuqur, har tomonlama bilgan faqatgina bir kishi bo’lgan, u ham bo’lsa Beruniy edi. Beruniy birinchi hindshunos alloma bo’lish bilan birga, barcha davr hindshunoslarining ham eng mashhuridir.

Aytishlaricha, uning qo’li qalamdan, ko’zi kitobga qarashdan, ko’ngli fikrlashdan sira bo’shamagan.

Beruniy hayotining so’nggi daqiqalari haqida shunday hikoya qilishadi: bir kuni allomani ko’rgani kelgan do’sti Abulhasan Ali ibn Iso al-Valvalijiy uni jon berayotgan, g’arg’ara bilan nafas olib, ko’kragi siqilayotgan holda ko’radi. Beruniy shunday holda ham do’stidan daromad va meros haqidagi u aytgan bir masalaning yechimi qanday bo’lishini so’raydi. Do’stining Beruniyga rahmi kelib.

“Shunday holatda-ya? –deydi.

-Ey sen, -deydi Beruniy, -men bu dunyo ila xayrlashayoturmen, ul masala yechimini bilmay ketgonimdan ko’ra, bilib ketgonib yaxshiroq emasmu?

Bu lavha Tehronda nashr etilgan “Nomoyi donishvaron” nomli kitobida yozilgan.

Beruniy umrining ohirgi daqiqalari ham fanga bag’ishlandi. U fan og’ushida abadiy uyquga ketdi...

___Beruniyning ijodidan dars jarayonida foydalanish.___ _


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish