Podsho: Avval menga ayt-chi, Setaning mukofotini berdingmi?
Bosh hisobchi: Shohim xuddi shu masala bo’yicha keldim. Biz
Setaga beriladigan don miqdorining hammasini juda
diqqat bilan hisoblab chiqdik. Bu son juda ham katta!
Podsho: Har qancha katta bo’lganda ham, mening
omborimdagi donlar kamayib qolmaydi. Mukofotni
beringlar.
Bosh hisobchi: Bir qoshiq qonimdan keching, shohim, bunday
tilakni bajarishga qodir emassiz.
Podsho: Nima?
Shoh o’rnidan turib ketadi.
Bosh hisobchi: Sizning hamma omborlaringizda Seta so’ragan
miqdorda g’alla yo’q. Agar va’daga amal qilib mukofot
beraman desangiz, butun mamlakatimiz yerini
bug’doyzorga aylantirish kerak! Dengizlar va okeanlarni
quritishga, cheksiz dasht-biyobonlarni, yer yuzini qoplab
yotgan barcha qor va muzlarni eritishga buyuring. Shu
yerlarda bitgan g’allaning hammasini Setaga berishga
buyuring. Shunda donishmand o’z mukofotini olsa,
kerak-ov …
Podsho: Nahotki? O’sha aqlga sig’maydigan katta sonni menga
ayting - chi.
Bosh hisobchi qog’ozni ochib ko’rsatadi
18 446 744 073 709 551 615 dona
3 689 348 815 417 tonna
Bosh hisobchi: 18 kvintillion 446 kvadrillion 744 trillion 73
milliard 709 million 551 ming 615 dona bug’doy, Shohim.
Agar 50 dona bug’doyni 1 gramm desak u holda hamma
bug’doy 3 trillion 689 milliard 348 million 815 ming
417 tonna bo’ladi. Yoki bu bug’doyni sig’dirish uchun
kerak bo’ladigan omborxonaning balandligi 4 metr,
kengligi 10 metr desak, uzunligi esa 300 million km
bo’lishi kerak. Ya’ni Yerdan Quyoshgacha masofadan
2 baravar uzun bo’lishi kerak.
Podsho: Yo’g’e ? Vo aja-a-ab! Donishmand Setani huzurimga
keltiring!
Donishmand Seta Podsho huzuriga kirib keladi va unga ta’zim
bajo keltirmoqchi bo’ladi. Shoh unga peshvoz chiqib,bunga yo’l qo’ymaydi.
Podsho: Qo’ying! Qo’ying! Ta’zimning zaruriyati yo’q!
Sizning donoligingiz meni lol qoldirdi. Tilagingizni
bajarishga qurbim yetmas ekan.
Shuning uchun men sizga o’z taxtimni beraman!
Marhamat, shu taxt sizniki, butun davlatim sizniki!
Davlatni donolar boshqarishi kerak!
Donishmand: Yo’q, Shohim! Podsho Ollohning yerdagi
soyasidir . . . Taxtingiz o’zingizga buyursin!
Parda yopiladi.
3-ko’rinish
Sahnaga Beruniy chiqib keladi.
Beruniy: Ha, aziz bolalarim! Har bir buyuklik – ilmdandir!
Ilmdan ortiq boylik yo’qdir! Ilm shunday boylikki, u
sening aqlingni mustahkamlaydi, xulqingni poklaydi,
tabiatingni tozalab, izzatingni oshiradi. Ilm sening
hayotingga tahsinga sazovor bo’lgan yangiliklar olib kiradi.
Yozishga, ijod qilishga, tasnif etishga undaydi, bu
bilan esa seni kamolga yetkazib, umringni boqiy qiladi.
Har kim o’qimoqdan qilmasa gar or,
Toshdan la’l chiqarar, suvdan dur-gavhar.
Xulosa.________________________________
Juda ko’p fanlar sohasida ajoyib, sermazmun asarlar yaratgan butun umrini fanga bag’ishlagan va o’tkir talantini tibbiyot sirlarini ochish uchun kurashga sarflagan, o’z zamonasining qarama-qarshiliklariga qaramay, fan ahllari uchun tinch bo’lmagan hayotga bardosh bergan, Beruniy , haqiqatdan ham progressiv olim hisoblanadi. Hozirgi paytda Beruniyning nomi butun jahonga mashhurdir.
Hozirgi kunda ham o’zbek va chet el olimlari Beruniyning sermazmun asarlarini har tomonlama va chuqur ilmiy asosda o’rganmoqdalar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ислом Каримов, Юксак маънавият- енгилмас куч. Тошкент, «Маънавият», 2008
П.Г.Булгаков, Жизнь и труды Беруни, Издательство “Фан”, Т. 1972.
А.Ирисов, 100 хикмат, Тошкент Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг “Фан” нашриёти, 1993.
С.Аҳмедов, З.Отажонова, А.Абдураҳмонов, Беруний асарларида мактаббоп масалалар,
“Ўқитувчи” нашриёти, Т.1975.
М.Аҳадова, Ўрта Осиёлик машҳур олимлар ва уларнинг математикага доир ишлари, “Ўқитувчи” нашриёти, Т., 1983.
Buyuklik ilmdandir, “Marifat” gazetasi, 25-aprel, 2009 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |