Buyuk Yurtboshimiz hayoti-barchamizga ibrat
(Sahna bayramona gullar va sharlar bilan bezatilgan.Islom Karimov rasmlari va kitoblari ko’rgazmasi tayyorlangan.Elektron ko’rgazma va shiorlar,o’quvchilar ko’kragida Islom Karimov rasmi osilgan.)
Alisher Fayzning “Assalom” qo’shig’iga qizlar raqs ijro etishadi.
1-boshlovchi:Biz o’zbek yoshlari, so’z naqqoshlari,
Bu qadim Turonning tillaqoshlari
Gohida tinch daryo, goh beboshlari
Hatto maysangga ham titroq bo’lamiz,
Vatan, biz To’maris, Shiroq bo’lamiz.
2-boshlovchi:To’rt fasling ham gulzor, boychechak fasli,
To’rt fasling ham Vatan, bizniki asli,
Barkamol avlodning barkamol nasli,
Tog’larni yiqitar bilak bo’lamiz!
Vatan, sen deb urgan yurak bo’lamiz.
1-boshlovchi: Matonat olamida tengsiz ham, tanho
Asarlarin o’qib yoshlardir shaydo
Vatanin tanitgan ellar aro
Qutlug’ yosh muborak, Islom bobo!
2-boshlovchi:Assalomu alaykum, aziz mehmonlar,bilimdon o’quvchilar hamda mehribon o’qituvchilar.
1-boshlovchi:Bugun biz 4-”A” sinf o’quvchilari Islom Karimov tavalludining 82 yilligiga atab ”Buyuk Yurtboshimiz hayoti-barchamizga ibrat” mavzusida tadbir tayyorlab kelganmiz.
2-boshlovchi:Marhamat tinglab tomosha qiling.
1-o’quvchi:Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi,
Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi,
Olloh Sizga jannatni ato qiladi,
Hamma:Vatan deb yonib kuygan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
2-o’quvchi:O’zi uchun yashamas, bunday inson kam,
Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas
Kamtarlikda unga hech kim yetolmas,
Hamma:Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
3-o’quvchi:Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik,
Yetuk, olim ,farzand bo’lib yetishdik,
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik,
Hamma:Tinchlik farishtasi Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
4-o’quvchi:Har fanda-jabhada sizdek topilmas,
O’zbek deb yurak yoqqan, odam topilmas
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas,
Hamma:Kimligini ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
5-o’quvchi:Ilmini-zexnini meros qoldirgan,
Kichikka-kattani e’zoz qildirgan,
Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan,
Hamma:Buyuklardan-buyuk Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
6-o’quvchi:Kattayu-kichikning mehrin qozongan,
Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan,
O’zbek elini dunyoga tanitgan,
Hamma:O’zbekiston faxri Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
7-o’quvchi:Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Hamma:Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
1-o’quvchi:Islom Abdug’anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan.
2-o’quvchi:Millati - o’zbek. Oliy ma'lumotli, O’rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo’jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi.
3-o’quvchi:Oilali,ikki nafar farzandi,besh nafar nabirasi bor.Rafiqasi T.A.Karimova mutaxassisligi bo’yicha iqtisodchi,iqtisod fanlari nomzodi,O’zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan,ayni paytda –nafaqada.
4-o’quvchi:Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida boshlagan.
1-boshlovchi:Bizning qalbimizda,dilimizdasiz,
Sozimiz,nazmimiz,ko’nglimizdasiz.
Tinchlik osmonida oysiz,quyoshsiz.
Ey, Islom bobo ,hamisha yoshsiz.
2-boshlovchi:Bu dunyo ko’p buyuk daholar ko’rgan.
Ular yulduz bo’lib samoga uchdi.
Faqat Islom bobo hur quyosh bo’lib
Basharning bag’rida nurini sochdi.
1-o’quvchi: O’zbegim iftixori,
Istiqlol bayroqdori.
Tinchlik ahdi, shiori,
Hamma:Islom bobo tashakkur.
2-o’quvchi: Ozod hayotni bergan,
Tolmas qanotni bergan.
Baxt-u sabotni bergan,
Hamma:Islom bobo tashakkur.
3-o’quvchi: Kelajakni ko’zlagan,
Ezgulikdan so’zlagan.
Iqbol yo’lin izlagan,
Hamma:Islom bobo tashakkur.
4-o’quvchi: Ulug’lab millat sha’nin,
Yashnatgan hur Vatanim.
Fidodir jon-u tanim,
Hamma:Islom bobo tashakkur.
5-o’quvchi:For a peaceful land and sky
For free and happy life
For such sweet days
Thank you our president
We respect you our dear Islom granddad
6-o’quvchi:You are the head of our independence
We achieved it with you
Our country is full of happiness and friendship
Thank you our president
We respect you our dear Islom granddad
7-o’quvchi:Our country is becoming beautiful
You love us very much
You say develop my Motherland
Thank you our president
We respect you our dear Islom grandad
8-o’quvchi:It mill be joyful with you
Cleanliness is our motto
Thank you our president
We respect you our dear Islom grandad
2-boshlovchi:________________,siz Islom bobojonimizga atab she’r bitdim,degan edingiz,tayyor bo’lsa eshitsak.
1-boshlovchi:Ha dugonajon men tinchligimiz asoschisi-Islom bobomga atab she’r yozgandim,marhamat tinglang.
Sizning o’rningizni hech kim bosolmas,
Sizdek hech kim hech qachon kamtar bo’lolmas.
Bo’lsa hamki lekin sizga teng emas,
Siz qalbimizda abadiy, siz Islom bobo!
Dilimizning ardog’isiz,qalbning qarog’i,
Samarqandning so’nmas chirog’i.
Shu xalqning ishongan,suyangan tog’i,
Siz tinchlikning asoschisi,siz Islom bobo!
1-o’quvchi:1990-yil 24-mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib tayinlandi.
2-o’quvchi:1991-yilning 31-avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea-O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
3-o’quvchi:1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
4-o’quvchi:1995-yil 26 martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra Islom Karimovning Prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.
5-o’quvchi:2000-2007-2015-yillarda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
6-o’quvchi:So’zingiz buyukdir,o’zingiz buyuk
Buyuk merosingiz,iftixoringiz.
Biz uchun har nedan ortiqroq,suyuk
Yozgan asaringiz,aytgan so’zingiz.
7-o’quvchi:Yurakdagi faxrim,g’ururim sizsiz
Bobojon ruhingiz bizni qo’llasin.
Avlodlar qalbida so’nmas sham kabi
Nurli manzillarga bizni yo’llasin.
1-boshlovchi:Akademik Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zidan bebaho ilmiy, ijtimoiy-siyosiy meros qoldirdi.
2-boshlovchi: Islom Karimovning asarlari bizning qimmatbaho boyligimizdir.
(O’quvchilar qo’llarida Islom Karimov kitoblari bilan chiqishadi va ma’lumot berishadi)
1-o’quvchi: 1996-yil- "O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura"
2-o’quvchi:1996-yil - "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”
3-o’quvchi:1996-yil-"Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”
4-o’quvchi:1997-yil- "Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi”
5-o’quvchi:1998-yil- "Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida”
6-o’quvchi:1999-yil "Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz”
7-o’quvchi:2000-yil- "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz
8-o’quvchi:2002-yil -"Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”
9-o’quvchi:2006-yil-"O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram
bo’lmaydi
10-o’quvchi:2008-yil- "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch
11-o’quvchi:2009-yil- "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari
12-o’quvchi:2011-yil-"O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
13-o’quvchi:2015-yil- "Ona Vatanimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir va boshqa asarlari hamda ma’ruzalarida bayon qilingan g’oyalari asosida rivojlanishning ravon yo’liga chiqib oldi.Buning amaliy isbotini mamalakatimizning qudrati va iqtisodiy salohiyati tobora ortib,xalqimizning hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganida yaqqol ko’rish mumkin.
1-o’quvchi:Islom Karimov matonat va jasorat ko’rsatganligi uchun "O’zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va ”Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.
2-o’quvchi:Shuningdek, u kishi bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham mukofotlangan.
boshlovchi:Aziz bolajonlar Islom Karimovning qaynoq fikrlari hammamizga ibrat darsi bo’lishi kerak.
boshlovchi:Islom Karimov fikrlariga amal qilsangiz hech qachon hech kimdan kam bo’lmaysiz.
3-o’quvchi:Inson avvalo oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, vafodor bo’lishi zarur.
4-o’quvchi:Inson dunyoga yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi.
5-o’quvchi:Vatanni asl farzandgina himoya qila oladi.
6-o’quvchi:Dunyodagi eng buyuk jasorat – ma’naviv jasoratdir.
7-o’quvchi:Kuch bilim va tafakkurda.
8-o’quvchi:O’zbek qalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi.
9-o’quvchi:Sherdil va o’tyurak yigitlar millat ko’rki, Vatan faxridir.
10-o’quvchi:Bizga bitiruvchular emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak.
11-o’quvchi:Biz Beruniyga, Buxoriylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Muhammad Bobur-ga voris bo’lamiz.
(Bir bola qo’lida Abdulla Oripov rasmini olib chiqadi)
12-o’quvchi:Bir xabar tarqaldi
Yarim tun edi.
Go’yo g’am seliga botdim yo’qoldim,
Kimdir yo’lboshchidan ayrildik dedi.
Men-chi,aziz do’stdan ayrilib qoldim.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga
Teran nazar tashlab o’tdi bu Inson
Millat qadri deya yashab aslida
Xalqining dardiga bo’loldi darmon
O’zbekiston Qahramoni,Xalq shoiri Abdulla Oripov
boshlovchi:2017-yil 25-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori chiqdi.
boshlovchi:2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi
1-o’quvchi:Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev qaroriga muvofiq har yili 30-yanvar kunini keng nishonlanadi, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etiladi.
2-o’quvchi:Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi” deb nom berildi
3-o’quvchi:Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etiladi.
4-o’quvchi:Tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatiladi
1-boshlovchi:Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyi tashkil etiladi;
2-boshlovchi:Quyidagi muassasa va obyektlarga Islom Karimov nomi beriladi
1-o’quvchi:Toshkent davlat texnika universitetiga;
2-o’quvchi:Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
3-o’quvchi:Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga;
4-o’quvchi:Toshkent xalqaro aeroportiga;
5-o’quvchi:Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga
6-o’quvchi:Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi
7-o’quvchi:Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalari chiqariladi
8-o’quvchi:Jannat bir o’lka qoldi
Siz boshqargan davlatdan
Xotirjam bo’ling,Bobo,
Dono,baxtli avloddan
9-o’quvchi:Siz boshlagan yo’l ulug’
Undan shahdam yuramiz.
Xuddi siz istaganday,
Buyuk Davlat quramiz!
Sahna ko’rinishi:Prezident sovg’asi
Endigina 1-sinfga qadam qo’yayotgan kichkintoy maktab formasida xomush chiqadi va yig’laydi.
Oyi:Iye qizalog’im,nega yig’layapsan?
Qizcha:Oyijon,akam aytdilar,prezidentimiz Islom Karimov vafot etibdilar,endi Prezidentimiz menga sovg’a bermaydilarmi?
Oyi:Qizim,Prezidentimiz hamisha har bir ishni oldindan rejalashtirib,puxta o’ylab,tayyorlab yurganlar.
Dada:U kishi O’zbekistonning 1-sinfga chiqadigan barcha bolalariga o’z sovg’alarini tayyorlab qo’yganlar.
Oyisi va dadasi qizaloqqa birinchi marotaba maktab borayotganligi tufayli sovg’a tayyorlaganligini aytadi va sovg’ani beradi.
Dada:Qizalog’im maktabda a’lo baholarda o’qigin,ustozlaring va o’zingdan kattalarni hurmat qil,o’rtoqlaring bilan bir-biringizga mehribon,g’amxo’r bo’linglar.
Oyi:Qizim,borib buving va buvangdan ham duo ol,axir aytishadiku,”Qari bilganni pari bilmas” deb,ular ham seni kutib o’tirishibdi.
Qizcha:Xo’p bo’ladi,oyijon.
Assalomu-alaykum,buvijon,buvajon,yaxshi dam oldingizmi?
Buvi:Rahmat,qizalog’im.Bugun sening ilk maktabga boradigan kuning,bayraming muborak bo’lsin,ota-onang orzu qiladigan a’lochi bola bo’lib,o’z burchingni ado et.
Buva:Ilohi omin,shu qizalog’imiz a’lochi bo’lsin,olima bo’lsin,”Zulfiyaxonim qizi” bo’lsin.Hammamizga baxt-omad olib kelsin.
Qizcha hamma bilan xayrlashib maktab tomon yo’l oladi.Maktabdan keladi va
Qizcha:Oyijon maktab borganim uchun buvijonim,siz,dadam,buvam-hammalaringiz menga sovg’a berdingiz.Lekin menga eng yoqqani bu-Prezidentimiz sovg’alari bo’ldi.Chunki men olgan papkaning ichi sovg’aga liq to’la ekan.
Oyi:Aytmabmidim,yurtboshimiz hamma ishni puxta o’ylaydilar,-deb.
Buvi:Qani qizim,bizga yod olgan she’ringdan ayta qol.
Qizcha:Ushbu darslik,o’quv-qurol uchun
Chiroyli maktab uchun,
Bizga e’tibor uchun.
Rahmat sizga Islom bobo
Hurmat sizga Islom bobo.
Islom bobo.(Qo’shiq) Sh.Yormatov musiqasi,M.Rahmon she’ri.
Ushbu tinch yer, osmon uchun
Erkin, quvnoq zamon uchun
Shunday shirin davron uchun
Rahmat sizga Islom bobo
Hurmat sizga Islom bobo.
Bosh bo’ldingiz istiqlolga
Erishdik chin istiqbolga
To’lar bo’ldi hayot bolga
Rahmat sizga Islom bobo
Hurmat sizga Islom bobo
Yashnar endi O’zbekiston
Baxtga makon, do’stlikga kon
Kamoliga qoyil jahon
Rahmat sizga Islom bobo
Hurmat sizga Islom bobo
Kundan-kunga turmush go’zal
Bizlar sizga qandu asal
Deysiz doim xalqim yuksal
Rahmat sizga Islom bobo
Hurmat sizga Islom bobo
Siz bor joyda shodlik bisyor
Dilda iymon, poklik shior
Bizga murod kelajak yor
Rahmat sizga Islom bobo
Hurmat sizga Islom bobo
(Bir o’quvchi qo’lida gul bilan chiqib,Islom Karimov portreti yoniga boradi)
1-o’quvchi:Sizdan duo so’rayman,
Rasmingizga termulib.
Bobo,sizni eslayman,
Gohi juda sog’inib.
Endi mudom bizlarga,
Ruhingiz bo’lsin madad.
Nomingiz qalbimizda
Unutmaymiz toabad!
2-o’quvchi:Xalqim deb hattoki borini ayamagan,
O’tirsa ham, tursa ham shu yurtni o’ylagan,
Elim deb hech tinmay, shodlik nima bilmagan,
Doim bo’lib qudratli, kuchli va tirgak
82 yoshingiz bo’lsin muborak!
3-o’quvchi:Siz-siz,bizning g’ururimiz va ishonchimiz,
Bu ulug’ yo’ldagi mard yo’lboshimiz,
Sizni doim eslaymiz muhtaram yurtboshimiz,
O’zingiz aytgandek buyuk bo’lar kelajak
82 yoshingiz bo’lsin muborak!
4-o’quvchi:Siz doimo adabiysiz qalbimizda,
Xotirangiz qolar doim dilimizda,
Ruhingiz madadkor bo’lsin yo’limizda
Biz albatta quramiz buyuk kelajak
82 yoshingiz bo’lsin muborak!
5-o’quvchi:O’zbekning otasi o’ldi dedilar,
Yurti ko’z yoshlarga to’ldi dedilar,
Balki qalbda zavqi so’ldi dedilar,
Millionlar qalbin zabt etgan inson,
Biz uchun o’lmaydi,o’lmas hech qachon.
6-o’quvchi:Og’ir judolikdan egildi boshlar,
O’zbekning ko’zida qalqidi yoshlar,
Hatto titrab ketdi tog’larda toshlar,
Millionlar qalbin zabt etgan inson,
Biz uchun o’lmaydi,o’lmas hech qachon.
7-o’quvchi:Yuzingizda ajib bir nur bor edi,
Bir bora ko’rishga kimlar zor edi,
Allohning o’zi ham sizga yor edi,
Bobolar o’gitin yod etgan inson,
Bunday zot o’lmaydi,o’lmas hech qachon.
8-o’quvchi:Yurtim o’glonlari sizga o’xshasin,
Mard bo’lsin,hayotda sizday yashasin,
Siz ko’rsatgan yo’ldan qadam tashlasin,
Ajdodlar ruhini shod etgan inson,
Biz uchun o’lmaydi,o’lmas hech qachon.
9-o’quvchi:”Baraka topkurlar” deya Vatanga
Baraka urug’in sochib ketdingiz,
Bizlarga porloq yo’l ochib ketdingiz,
Millionlar qalbin zabt etgan inson,
Bundaylar o’lmaydi,do’stginam ishon!
10-o’quvchi:Ko’pning duolari ijobat bo’lgay,
Pokiza qabringiz ziyoga to’lgay,
Kun kelib ming yillik chinorlar so’lgay,
Ona xalq boshini silagan inson,
Bundaylar o’lmaydi,ey xalqim ishon.
12-o’quvchi:Hayot yo’lingizdan o’rnak olamiz,
Har bir o’gitingiz qalbga solamiz,
Xuddi o’zingizdk yurt deb yonamiz,
Elim deb,yurtim deb yashagan inson
Bundaylar o’lmaydi,o’lmas hech qachon.
13-o’quvchi:Samolardan bizni qiling duolar,
Hech ham xavf solmasin yurtga balolar,
Judolik dardiga bormu davolar?
Millionlar qalbini zabt etgan inson,
Bundaylar o’lmaydi,o’lmas hech qachon.
14-o’quvchi:Bugun xalqqa tirgak shogirdingiz bor,
Hech kimdan kam bo’lmay, yashasin diyor,
Ruhingiz shod bo’lib, ko’llasin bisyor,
Xalq uchun jonini baxsh etgan inson,
Bundaylar o’lmaydi, o’lmas hech qachon.
15-o’quvchi:Xalqim tinchligiga ko’z tika ko’rmang,
Bu yurtning obro’si ko’kka yetgusi.
Andisha qilganni qo’rqoqqa yo’ymang.
Jim turib yengmoqlik mardlik belgisi.
Chorak asrdirki mustaqil bo’lgan,
Mustahkam qurilgan bizning poydevor.
Shu yurtda umrini,jonini bergan,
Arshi a’loda o’z suyanchig’i bor.
1-boshlovchi:Aziz ukajonlar,singiljonlar!Biz bugungi tadbirimizni Muhtaram Birinchi Prezidentimizning yuraklarni titratib yuboradigan bir samimiy so’zlari bilan yakunlamoqchimiz.Chunki bu so’zlar aynan bizlarga-yoshlarga bag’ishlangan.
2-boshlovchi:Ey bolam, sening Vataning bitta-barchamizga aziz, betakror mana shu O’zbekiston. Ota-bobolaringning xoki shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, himoya qilishing
shart. Nafaqat sening O’z hayoting, balki senga umid ko’zini tikib turgan ota-onang, opa-singillaring, yosh go’daklar, nuroniy qariyalarimizning hayoti ham ana shu burchingni nechog’liq ado etishingga bog’liq.
boshlovchi:Shuning bilan bizlarga ajratilgan vaqt,o’z nihoyasiga yetdi.
boshlovchi:E’tiboringiz uchun rahmat.salomat bo’ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |