Buyuk yozuvchi, shoir, dramaturg va publitsist Abdulla Qodiriy o‘tgan asrning haqiqatan ham fenomen shaxsidir. U o‘zbek adabiyoti tarixi va rivojida o‘chmas iz qoldirdi


Adibning tarixga bo‘lgan ehtiromli munosabati



Download 41,84 Kb.
bet7/8
Sana21.07.2022
Hajmi41,84 Kb.
#834201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o`tkan kunlar

4. Adibning tarixga bo‘lgan ehtiromli munosabati.
Adibning tarixga bo‘lgan ehtiromli munosabatidan, shuningdek, «…Turkiston xonligi tarixidan ma’lumdirkim…», «…tarixning bizga xabar berishiga qaraganda…» singari so‘zlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, bu o‘rinda biz hujjatlarga asoslangan ma’lumotlarga nisbatan avtor erkin yondoshgan, o‘zicha izoh bergan — ya’ni badiiy to‘qima ishlatgan deb aytolmaymiz.
Chamasi, Abdulla Qodiriy bu bobni mazkur voqealardan ancha keyinroq yozilgan qurama (kompilyativ) materiallardan o‘zlashtirgan bo‘lsa kerakki, ehtimol, bu qo‘lyozmalar mualliflari Ma’dalixonni omma oldida xudodan qaytgan murtad sifatida ko‘rsatuvchi mash’um jinoyatni yumshatib, buzib talqin qilganlar yoki janjalli o‘rinlarni umuman tashlab ketganlar. Hatto «Muntahab ut-tavorix»ning ko‘pgina nusxalarida shunday o‘rinlar noma’lum o‘quvchilar tomonidan hafsala bilan o‘chirilgan, natijada asarga kuchli shikast yetgan. Shu tariqa, g‘ayritabiiy ravishda «Muntahab ut-tavorih» aniq maqsad bilan ko‘rikdan o‘tkazilgan, ya’ni kitobga g‘oyaviy tuzatish kiritilgan.
Nima bo‘lganidan qat’iy nazar, «uylanmoqni maqsad qilganligi haqidagi» ta’bir Buxoro hukmdorining Qo‘qonga qilgan yurishiga sabab bo‘lgan haqiqiy faktning ta’sir kuchini yo‘qqa chiqaradi. Holbuki, amir Nasrullo o‘zining bu qonli yurishiga Qo‘qonda axloq normalari buzilganligini, buzilibgina qolmay, shariat qoidalari oyoq osti qilinganligini, Ma’dalixonning o‘gay onasi bilan nikohi noqonuniy, binobarin, albatta jazolanishi lozim ekanligini sabab qilib ko‘rsatgan edi. To‘g‘ri, urush ochilishining boshqa sabablari ham bo‘lgan (hozir ularga to‘xtalib o‘tirishga ehtiyoj yo‘q deb bilamiz), lekin qonunga xilof nikoh mazkur yurishda asosiy bahona edi.
Ma’lumki, musulmon qonunchiligi qon-qarindoshlikka ko‘ra, o‘zaro quda-qarindoshlikka ko‘ra, g‘ayridinlikka ko‘ra va hokazo nikohlarning qat’iyan man qilingan turlarini eslatib o‘tadi. Shular ichida — otaning xotinlaridan biriga uylanish eng qat’iy taqiqlangan nikoh bo‘lib, bu haqda hatto Qur’oni karimda ham so‘z yuritilgan: «Basharti avval otangiz bu xotinga uylangan bo‘lsa, unga uylanmang… Haqiqatda, bu — qabih va manfur, nojo‘ya yo‘ldir. Onalaringiz bilan nikohlanish taqiqlanadi; qizlaringiz bilan nikohlanish taqiqlanadi; opalaringiz va singillaringiz bilan nikohlanish taqiqlanadi; ota va ona tomondan bo‘lgan xolalaringiz va ammalaringiz bilan nikohlanish taqiqlanadi; aka-ukalaringizning qizlari bilan nikohlanish taqiqlaiadi; opa-singillaringizning qizlari bilan nikohlanish taqiqlanadi; parvarish qilgan onalaringiz bilan nikohlanish taqiqlanadi; birga parvarish topgan opalaringiz va singillaringiz bilan nikohlanish taqiqlanadi; xotinlaringizning onalari bilan nikohlanish taqiqlanadi; homiyligingizdagi xotinlaringizdan tug‘ilib, sizdan tarbiya topgan qizlar bilan nikohlanish taqiqlanadi; agar homiyligingizga olmasdan avval qizi bilan nikohda bo‘lgan bo‘lsangiz, gunoh sizda emas; pushtikamaringizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari bilan nikohlanish taqiqlanadi; bir vaqtning o‘zida opa-singillar bilan nikohlanish taqiqlanadi» («Qur’on», 4-sura, 26—28-oyatlar).
Xuddi shu taqiqlar haqida musulmon qonunchiligida ham yozilgan: «Erkak o‘z onasiga, ota yoki ona tomonidan bo‘lgan zaifalarga uylana olmaydi, negaki xudo Qur’onda shunday degan: «Sizlarning umm (ya’ni, ona)laringiz va qizlaringiz sizlarga taqiqlanadi», «umm» (ona)so‘zining eng ibtidoiy ma’nosi — «boshlanish» yoki «ildiz» demakdir, shundan ko‘rinadiki, zaifalarni shu tufayli taqiqqa qo‘shganlar. Yana buning ustiga, bizning barcha olimlarimiz bunday nikohiy ittifoqning noqonuniyligini bir og‘izdan tasdiqlaydilar» (Hidoya. Musulmon qonunchiligi sharhlari, t.1, Toshkent, 1893, 136-bet).
Lekin qat’iy taqiqlarga va oldindan belgilangan jazolarga qaramasdan, bu qonun baribir buzilgan, ustiga ustak, aynan din vakillarining o‘zlari Qur’on, Sunna, Ijmo’ va Qiyos (musulmon qonunchiligidagi to‘rtta eng asosiy manba)dagi ayrim jihatlardan uddaburonlarcha foydalanib, qonun buzilishlarining boshida turgan. Ular shunday yo‘llar bilan go‘yo qonunga rioya qilayotganday bo‘lib ko‘ringanlar, davlat ham orttirganlar. Hakimxon xuddi mana shunday favqulodda kam uchrovchi, noyob voqea haqida hikoya qiladi.
«Muhammad Alixon, — deb yozadi muallif, — otamning xotinlaridan biriga uylanishim mumkinmi yoki yo‘qmi deb (savol bilan mullalarga) bir necha marta murojaat qildi. Zamon ulamolari qanchalik tirishqoqlik va say-harakatlar ko‘rsatmasinlar, lekin (biror narsa) o‘ylab topolmadilar. Nihoyat, (bu savolni) islom yo‘l-yo‘riqlariga binoan yechib bo‘lmasligini ko‘rgach, boshqa xil nayrang o‘yladilar. Bu nayrang shundan iborat ediki, bir kuni u ikki mullani o‘z oldiga chaqirtirdi va mol-dunyo uchun e’tiqodidan kechgan mullalarga rivoyat yozib berishni buyurdi. Qo‘rqib qolgan mullalar, o‘z jonlarining g‘amida bir necha ma’nosiz (so‘zlar) yozib berishdi. U la’nati esa o‘sha rivoyatni muhr bilan tasdiqlab, xotiniga ko‘rsatdi. Xotini ham bu ishning (ijrosini) talab qila boshladi…
Xullas, u o‘z onasi bilan fahsh nikoh tuzdi. Bu xabar faqat Farg‘ona viloyatigagina emas, balki butun dunyoning to‘rt tarafiga yoyildi. Hamma odam hayrat barmog‘ini tishlab qoldi va ularni la’natladilar».

“O’tkan kunlar” romaninig ma’no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Uning tahlilida estetik asos ustvordir, asarda yashiringan go'zallikni topish oson emas. Yashirinmagan narsa hodisada esa go’zallik bo’lmaydi.Unda xilma-xil taqdirlar, ijtimoy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin, el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosiy pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faqarovonligi, osoyishtaligi yo’lida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar qiyofasida tasvirlanadi. “O’tkan kunlar” bamisoli va tiniq ko’zgu, unda o’zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, bo’y-basti, qiyofasi keng ko’lamda aniq-ravshan gavdalantiriladi. Romandagi uchlik-oshiq, ma’shuqa va ag’yor romanda Yusufbek hoji va Otabek obarazlarida vatanparvarlik hissi mujjasamlashgan bo’lib, ayniqsa, Yusufbek hojining xalqiga bo’lgan sadoqati, ularning ahvolini o’ylashi, ularning dardini tinglashi Yusufbek hoji obrazida juda ta’sirli qilib ochib berilgan. Asardagi tarixiy shaxslar: Xudoyorxon, Musulmonqul, O’tabboy qushbegi, Normuhammad qushbegi haqiqatda bo’lgan. Muallif asarda otamning aytishlaricha, Normuhammad qushbegi Toshkent beklaridan eng tuzgi bo’lgan ekan, kabi mulohazalrni izoh qilib ham keltiradi. Otabek va Kumushbibi degan asarda berilgan taqdirdagi aniq shaxslar borligi haqida ma’lumotim yo’q. Balki nomlarni almashtirilgan bo’lishi ham mumkin


Asardagi tarixiy shaxs va voqelik haqidagi o’quvchilarning fikrlarini o’stirishda turli metodlardan foydalanish mumkin, Masalan Keys-stadi metodi, “Qarorlar shajarasi”, ”Davra suhbati”, Guruh bo’lib ishlash, Bahs-munozara kabi bir qancha metodlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Debat metodidan foydalanib, asardagi tarixiy shaxslarning qarama- qarshi tomonlarini ko’rib chiqamiz, bu metod o’quvchini mustaqil va tanqidiy fikrlashga bo’lgan munosabatini yanada o’stiradi.
“Oʻtkan kunlar” tarixiy roman; u baxt va baxtsizlik, qaygʻular va tuygʻular romani. Bu gap tasvirga ham, tasvirlovchiga ham, oʻquvchiga ham bab-baravar tegishlidir. Asarda ruhiy-psixologik talqinga obʼyekt boʻladigan yuzlab epizodlar bor. “Oʻtkan kunlar”dagi ayrim nom va soʻzlar statistik metod asosida tadqiq qilinganida, “Otabek” eng koʻp uchraydigan, sal kam ming marta takrorlanadigan ism ekani maʼlum boʻladi.

Download 41,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish