Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalar haqida


muhabbatsiz tasavvur etib bo’lmaydi



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi2,22 Mb.
#252302
1   2   3   4
Bog'liq
Falsafa mustaqil ish 2-smestr

muhabbatsiz tasavvur etib bo’lmaydi



Muhabbatning ob’ekti doimo go’zallik, manfaatsiz go’zallik. U - Allohmi, 



Vatanmi, yormi muhabbat egasiga undan-da go’zalroq narsa yo’q. Ayni

paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy. 

Deylik, yorga bo’lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni

inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi


Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik. Ezgulik

Etikadagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini

anglatadi – Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon

bo’ladi. “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” uchligi “Avesto” dan tortib barcha

muqaddas kitoblarda etakchi o’rinni egallashi ham shundan

Ezgulik – insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag’ishlaydigan, uni ijtimoiy

shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, 

jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning

axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi




Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu

ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug’iladi. Bu tabiiy. Chunki

hozirgacha bizga ma’lum o’zbek tilidagi barcha Etikaka doir adabiyotlarda

ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo’g’i

yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To’g’ri, 

yaxshilik tushunchasining ko’pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi

unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida

ham shunday “singishib ketish” mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur

ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo’la olmaydi




Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida

aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik

asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mardlik, 

ochiqko’ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos

bo’lgan amaliy xatti-harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar

darajasiga ko’tarila olmaydi

Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo’lgan ezgulik hech



qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday

sharoitda ham yovuzlik bo’lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: 

biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa bir ob’ekt uchun yoki yaxshilik qilgan

sub’ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashhur o’zbek xalq ertaklaridan

biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo’rini qopga yashirib, qutqarib qolgan

dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mumkin: bo’ri o’ziga yaxshilik

qilib, o’limdan qutqargan odamni emoqchi bo’ladi, xayriyatki, tulki dehqonning

joniga oro kiradi. Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va

yomonlik qamrovli mezoniy tushunchalardan.



Etikaning yana bir asosiy tushunchasi – adolat. Uning ezgulik va yovuzlik

hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror-

bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, 

ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik

xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. 

Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovchi ham deyish

mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bor

joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.



Oʻzbek milliy Etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega 

boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat 

— ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha 

davrlar oʻzbek Etikasi uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy 

Etikada mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va 

maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi. Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida 

esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy 

xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy 

fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi.



Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish