Isaak Nyuton (1643-1727) Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga oʻqishga kirdi va uni 1665- yil tamomladi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan soʻng u Kembridj universitetida fizika- matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. Isaak Nyutonning ilm-fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda koʻplab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorugʻlik qonuniyatlari, yorugʻlikning tarqalishini oʻrgandi. Yerning tortish kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida o’tirganda boshiga olma tushgani ekan. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. Arximed (287–212) Arximed qadimgi yunon olimi, fizik, matematik, mexanik va muhandis boʻlgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan. Matematikaga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta oʻrin tutadi. Arximed ekin maydonlarini sugʻorish mashinalari, yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irgʻitish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va boshqa koʻp kashfiyotlarning muallifi. Koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan. Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur boʻlishiga olib keladi. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan „Arximed kuchi“ yoki „Arximed qonuni“ deb nomlangan qonun fizika fanida alohida oʻrin egallaydi. Blez Paskal (1623-1662) Fransuz matematigi, fizigi, ixtirochisi, adibi va faylasufi boʻlgan. "Konus kesimlar nazariyasining tajribasi" nomli asarida (1639) proyektiv geometriyaning asosiy teoremalaridan biri — Paskal teoremasini isbotlagan 1641-yil jamlash mashinasini qurgan. Arifmetika, sonlar nazariyasi, algebra, ehtimollar nazariyasi, proyektiv geometriya va boshqa sohalarga oid ishlari muhim. Paskal birinchi marta matematik induksiya usulini qoʻllagan, Sharq matematiklaridan mus-taqil holda binomial koeffitsiyentlarni hisoblash usulini topgan (qarang Arifmetik uchburchak). Paskal qoʻllagan yuza va hajmlarni hisoblash usullari differensial hamda integral hisoblar yaratilishida asos boʻldi. Paskal gidrostatika asoschilaridan biri, 1648-yil atm bosimi mavjudligini isbotlaydigan tajriba oʻtkazgan. Paskal qonunini asoslagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |