Buyuk ipak yo`li va hozirgi zamon. (2 soat) Seminar mashg’ulotni o`tish texnologiyasi


Buyuk Ipak yo‘li Chjan Syan tavsifida



Download 31,1 Kb.
bet6/9
Sana12.05.2020
Hajmi31,1 Kb.
#50024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-семинар мавзу

Buyuk Ipak yo‘li Chjan Syan tavsifida: Miloddan avvalgi 138-yili Xitoy imperatori U Di elchi Chjan Syanni ko‘chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi. Xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar. Elchi xunnlar qo‘liga asir tushadi va o‘n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyanshan dovonlari orqali Issiqko‘lga chiqadi. Norin daryosi bo‘ylab Farg‘ona vodiysiga o‘tadi. Bu yerda o‘zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Shaharlar Farg‘ona podsholigiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi Xitoyning xunnlarga qarshi kurashida Farg‘ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo‘ladi. Lekin Farg‘ona hukmdori faqat savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatish istagini bildiradi.

U Oloy vodiysidan o‘tib, yana xunnlar qo‘liga asir tushib qoladi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga ko‘rgan-bilganlarini so‘zlab beradi. U Xitoyga Farg‘ona otlaridan birini va beda urug‘idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar «samoviy» deb ataganlar. Imperator U Di o‘z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo‘ylab ekiladigan bo‘ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong‘oq ekishni ham yo‘lga qo‘yadilar.

Shunday qilib, Chjan Syan yurgan yo‘l bo‘ylab miloddan avvalgi II–I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo‘li deb ataluvchi karvon yo‘li o‘tadigan bo‘ldi. Farg‘ona vodiysida Ipak yo‘li ikki tarmoqqa bo‘lingan. Birinchisi O‘zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo‘lib, O‘zgandan O‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoroga o‘tgan.

Asosiy karvon yo‘llaridan tashqari ichki savdo yo‘llari ham bo‘lgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust vohasiga o‘tgan. Yana biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlariga va yaylovlarga borgan. Qurama va Oloy tog‘lari qazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yo‘l tarmog‘ini «Oltin yo‘l» deb atashgan.

Arxeologlar ibodat tartiblari bilan bog‘liq jez milga qo‘ndirilgan qimmatbaho toshlar qadalgan qush shaklini topganlar.

Markaziy Osiyo kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan «Kumush yo‘l» ham bo‘lgan. Bu yo‘l Xazar xoqonligi va Bulg‘or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. Bu Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan. Buyuk Ipak yo‘lining tarixi Sharq va G‘arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu tarix o‘zaro hamkorlik, almashish va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. O‘zbekiston hududi bu yo‘lning chorrahasida turadi. Bu yerga turli mamlakatlar savdogarlari, hunarmandlari, olim va musiqa bilimdonlari qadami tekkan.

Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‘li tufayli Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‘lganlar. G‘arb mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o‘zlari uchun kashf qildilar. O‘zbekiston aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda Sug‘diyona gilamlari, jun gazlamalar, hunardmandchilik buyumlariga talab katta bo‘lgan.

Buyuk ipak yo’li va Markaziy Osiyoning xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalar tizimida tutgan o’rni.

Kommunikatsiya tizimining shakllanishi va rivojlanishi, mintaqaviy va transmintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalar O’rta Osiyoning qadimiy madaniyati va sivilizatsiyasining bosqichma-bosqich paydo bo’lishini o’zida aks ettiradi. Yo’llarining paydo bo’lishi, tarixiy jarayon sifatida, xom ashyo va mehnat qurollarini ibtidoiy almashtirishdan to ilk savdo munosabatlari kelib chiqishi, ulov vositalaridan foydalanishning boshlanishi, yo’llar va yo’lbo’yi inshootlari barpo etilishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar evolyutsiyasi bilan bog’liq holda bordi. Bu davlatchilik asoslari va shahar sivilizatsiyasi paydo bo’layotgan davrda jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. Tarixiy adabiyotlarda Lojuvard yo’li, Oltin yo’li, Ipak yo’li, Kumush yo’li, Dasht yo’li, Shoh yo’li va boshqa nomlar bilan ataluvchi qadimgi yo’llar O’rta Osiyo va Qadimgi Sharq mamlakatlarining iqtisodiy-madaniy aloqalarida va umuman siviliziatsiyalararo munosabatlar tizimida muhim o’rin tutgan. Ular ichida Buyuk ipak yo’li faoliyati ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Buyuk ipak yo’li faoliyatini zamonaviy asoslarda tiklash va O’zbekistonni Xitoy, Eron va Kavkazorti orqali Qora dengiz portlari, Afg’oniston orqali Hind okeani portlari bilan bog’laydigan zamonaviy yo’llarni barpo etish uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu tufayli ham, tranzit aloqalar va iqtisodiy munosabatlar amalga oshirilgan yo’llarni, ichki va tashqi aloqalar dinamikasini va asosiy yo’nalishlarini o’rganish tarixiy tajribalardan hozirgi davrda foydalanish nuqtai-nazaridan Seminar ahamiyatga ega.

Mil. avv. I mingyillikning so’nggi yuz yilligidan boshlab O’rta Osiyo bilan Xitoy o’rtasida doimiy siyosiy va iqtisodiy-madaniy aloqalar yo’lga quyilgach, O’rta yer dengizidan boshlanib O’rta Osiyoning shimoliy hududlarigacha yetib kelgan savdo yo’li yanada kengaydi. Chjan-Szyanning sayohat yo’nalishi Buyuk ipak yo’li shakllanishiga asos bo’ldi. Buyuk ipak yo’lining dastlab quyidagi ikkita – Janubiy va Shimoliy yo’nalishi bo’lgan bo’lsa, mil. era boshlariga kelib boshqa yo’nalishlari ham o’zlashtiriladi. Janubiy tarmog’i (Nandao) Yuyminguan (Yanguan) – Shanshan (Pshamshan) – Lobnor ko’li (Tuzliko’l) – Kunlun (Janubiy tog’)ning shimoliy tizmalari – Shag’ (Yorkent) – Vaxon yo’lagi – Badaxshon o’lkasi. Bu yerda yo’l ikki tarmoqqa bo’linib: Katta yuyejlar yurti (Baqtriya) va Ansi (Parfiya)ga hamda Hindistonga olib borgan.

Shimoliy tarmog’i (Beydao) G’arbiy Chesh hokimi qarorgohidan boshlanib “Shimoliy tog’” – Tyanshanning sharqiy tizmalari yonbag’irlari bo’ylab Qashqardaryo oqimi yo’nalishida Qashg’arga, Tyanshan tog’idagi dovoni orqali Davan (Farg’ona)ga, keyin Qang’ga, YAnsay va Ansiga (Yansiga) olib kelgan.

Buyuk ipak yo’lining rivojlanishi Markaziy Osiyoning xalqaro kommunikatsiya tizimidagi ahamiyatini oshirdi. Xitoy va Qashqardan Tyanshan tog’i dovonlari orqali mintaqamizga kirib kelgan savdo yo’llarining dastlabki yo’nalishlarini Qadimgi Davan (Farg’ona) davlati va yettisuvdagi ko’chmanchi chorvador Usunlar nazorat qilgan. Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlaridagi kechuvlar orqali o’tuvchi yo’llar Qang’ davlati nazoratida bo’lgan. Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi hududlar esa qadimdan savdo-sotiqda yetakchi o’rinda turgan sug’dlar nazoratida edi. Kanishka hukmronligi davrida kushonlar Sharqiy Turkistondan Shimoliy Hindistongacha bo’lgan katta hudud orqali o’tuvchi savdo yo’llarini o’z nazoratiga oldi. Bu yo’nalish orqali Parfiya, Rim imperiyasi, Hindiston va Xitoyning xalqaro iqtisodiy, siyosiy munosabatlari amalga oshirilgan.

Shu tariqa, mil avv. I mingyillik – mil. I mingyillikning birinchi yarmini savdo yo’llarining yangi yo’nalishlari shakllangan, yangi shaharlar va iqtisodiy-savdo markazlari paydo bo’lgan, karvon yo’llari tizimining statsionar faoliyati boshlangan davr sifatida ta’riflash mumkin.

Ilk o’rta asrlarda, Turk hoqonligi davrida Buyuk ipak yo’lining shimoliy tarmog’i orqali Sharqiy Turkistondan yettisuvga va Farg’ona vodiysiga o’tgan yo’nalishlarning ahamiyati oshdi.

IX-XIII asr boshlarida O’rta Osiyoning Eron shaharlari va Bog’dod bilan savdo aloqalari, shimoldagi dasht chorvadorlari, Bulg’or va xazarlar yurti hamda Sharqiy yevropa bilan iqtisodiy madaniy aloqalari rivojlandi. Bu davrda Eron va Xurosondan Xitoyga o’tuvchi tranzit savdo yo’lining asosiy yo’nalishi Samarqand, Shosh vohasi, Farg’ona vodiysi orqali o’tgan. Manbalarga ko’ra, Amudaryodagi Farob kechuvidan Buxoro, Samarqand va Xo’jand orqali O’zgand shahriga olib boruvchi yo’nalish muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni karvonlar 23 kunda bosib o’tgan. X-XII asrlarda Buxorodan Nurota orqali Shosh va O’trorga olib borgan yo’llardan ham izchil foydalanilgan.

Sirdaryoning quyi oqimidagi shaharlar Movarounnahr va Xorazmning shimolidagi chorvador qabilalar bilan aloqalarda katta o’rin tutgan. Binkatdan Isfijob, Toroz, Qulan, Aspara, Chu vodiysidagi Suyab shahri orqali Issiqko’lning janubiy-sharqida joylashgan Yuqori Barskanga kelingan. Bu yerda O’zgandan Otbosh orqali keluvchi janubiy yo’l birlashgan va Santosh dovoni orqali Sharqiy Turkistonga olib chiqqan. Sirdaryoning qo’yi oqimida joylashgan Jand shahri esa Xorazmdan Farobga o’tishda muhim manzil hisoblangan.

Mo’g’ullar istilosi tufayli Buyuk ipak yo’li bo’ylab olib borilgan madaniy va iqtisodiy aloqalar inqirozga uchrab, faqatgina XIII asrning 60-70 yillaridan boshlab shaharlar tiklanib, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari yo’lga quyila boshladi. XIII asrda Buyuk ipak yo’lining shimoliy tarmog’ining ahamiyati oshdi. yevropa mamlakatlari hukmdorlari tomonidan mo’g’ullar saltanati poytaxti Qoraqurum va Pekinga jo’natilgan yevropa mamlakatlari elchilik missiyalari a’zolari hisobatlarida, Marko Poloning «Dunyoning ajoyibotlari haqida kitob» asarida, marokashlik sayyoh Ibn Battuta asarida Buyuk ipak yo’lining yo’nalishlari haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi.

Manbalarda Sirdaryoning quyi oqimidagi Yangikentdan Zarnuq orqali Nurotaga olib kelgan va “Xon yo’li” nomi bilan atalgan yo’nalish ham eslatiladi.




Download 31,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish