Buyuk ipak yoʻli qadimda va oʻrta



Download 13,05 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi13,05 Kb.
#45720
Bog'liq
33 tatix

1. Buyuk ipak yoʻli — qadimda va oʻrta

asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini

ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitʼalararo karvon

yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-

asr). Atama ushbu yoʻldan tashilgan

qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan

bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq

vaqtgacha ipakchilik sir-asrorlaridan

bexabar boʻlishgan.

Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda

ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy,

geografik va madaniy jihatlarini ilmiy

oʻrganish amalda koʻplab mamlakat

olimlari tomonidan 19-asrning 2-

yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga

Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya

olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar.

Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli

ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877-yil

mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen

oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida

ulkan Yevroosiyo materikining turli

qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak

yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak

yoʻli“ atamasi qabul qilingan.

Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq

bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon

yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar

mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi

Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik

Osiyoda tayyorlangan buyumlar,

Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan

yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin.

Iskandar Zulqarnayn (Maqduniy) (q.

Buyuk Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan

bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk

ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo

etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar.

Iskandar Zulqarnayn tomonidan

Sugʻdiyona mamlakati istilo etilishi bilan

koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon

koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻlining

markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib

Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan

oraliq masofada savdo faktoriyalari

(manzilgohlari) bunyod etganlar.

Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan

avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini

Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati

yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini

qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot

toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik

maqsadlarida elchi Chjan Szyanni

yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta

dengizning sharqida joylashgan

Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha

boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan

dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik

savdogar May Titsian (milodiy 100 yil)

tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar

Klavdiy Ptolemeyning „Geografik

qoʻllanma“sida saqlangan. Ptolemey esa

oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi

Marinning taxminan 107—114 yillar

oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib

kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu

maʼlumotlarga koʻra, Buyuk ipak yoʻli 2

katta qismga boʻlingan: Giyerapoldan

Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va

Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning

Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi

Turkmanistonning janubi va

Afgʻonistonning shimoli-gʻarbida

joylashgan qadimiy viloyat)dan

boshlangan. Ariyadan yoʻl shimolga

Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali

shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri

harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib

Baktra (Shimoliy Afgʻonistondagi Balx

shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shimol

tomon yoʻnalib Termiz atrofida

Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2

tomonga ketilgan. Birinchisi, shimoliysi,

boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda

(Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga

ketilgan. Ikkinchisi, janubiysi esa

Surxondaryo vodiysi boʻylab

komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi

Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish

ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim

olimlar Toshkent hududida, boshqalari

Olay vodiysida joylashgan deb

hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl

Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga

chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar

qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl

TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga,

soʻngra Xitoyning qadimiy poytaxti —

Chananga olib borgan. Bu yerdan yoʻl

ehtimol shimoli-gʻarbga Koreya va

Yaponiyaga ketgan boʻladi.

Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻlining

Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi),

Sugʻd, soʻngra Poykend, Marv boʻylab

Eron Xurosoniga eltuvchi shimoliy qismi

muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu

davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib

oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan

sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk

xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va

Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib,

Shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib

Qora dengiz va keyinchalik

Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi

yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak

qadrlangan, qiymati jihatidan oltin va

qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan

ipak vositasida Vizantiya imperatorlari

Yevropadan jangchilar yollashgan va

qoʻshni „varvar“ — german va slavyan

qabilalarining hukmdorlarini oʻz

tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki

ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan.

Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya

imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk

Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy

raqobat obyektiga aylangan. Biroq, bu

„ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud

boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy

ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol

huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida

esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda

ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan

keltirishga hech qanday ehtiyoj

qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo

etilishi va uni asta-sekin Zakavkazye va

Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi

bilan Buyuk ipak yoʻlining tarixi tugaydi.

2. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar

saltanati davrida garchand Sharq bilan

Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud

boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish

mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini

unga shartli ravishda qoʻllash mumkin,

chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda

ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar

belgilar edi.

1987-yil YuNESKO madaniy taraqqiyot

boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi

doirasida „Ipak yoʻli — muloqot yoʻli“

xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur

Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy

tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni

nazarda tutadi. Biroq uning asosiy

maqsadi — Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida

yanada mustahkamroq madaniy va

iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk

qitʼalarda yashovchi koʻp sonli xalqlar

oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni

yaxshilashdan iborat. Koʻplab (30 dan

ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya

(jumladan, Samarqand, 1990-yil oktabr;

Jahondagi eʼtibor

Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar

oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli boʻylab

birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar

uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar,

broshyuralar va maqolalar chop etildi,

baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar

taʼmirlandi.

Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida

(Hindiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka,

Yaponiya) Buyuk ipak yoʻlini oʻrganish

boʻyicha maxsus ilmiy institutlar barpo

etilgan. Masalan, BMT va YUNESKO

qaroriga koʻra, Samarqand shahrida

Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro

instituti ochilgan. 1997-yil mayda Oʻrta

Osiyoni Eron bilan bogʻlagan Saraxs —

Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi

tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo

mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa

mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish

imkoniga ega boʻldilar.

Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari

Buyuk ipak yoʻlini tiklash boʻyicha

jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan

loyiha amalga oshirilmoqda [q. Yevropa—

Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi

(TRACECA)]. Navbatdagi vazifa —

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl

uchastkasini qurishdir. Mana shu reja

amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika

okeanidan tortib Tinch okeanigacha

boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻlining

„temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi.

3.O‘zbekistonda tashkil qilingan asosiy

sayyohlik yo‘nalishlari. 1994 yil Toshkent

va Samarqandda Jahon sayyohlik

tashkilotining "Ipak yo‘li" loyihasini ishlab

chiqish bo‘yicha xalqaro yig‘ilish bo‘lib,

unda O‘zbekiston mazkur qadimiy

yo‘nalish markazi deb belgilandi. 1995 yil

2 iyunda UzR Prezidenta "Buyuk ipak

yo‘lini qayta tiklashda Oʻzbekistonning

ishtirokini avj oldirish va respublikada

xalqaro sayyohlikni rivojlantirish

borasidagi choratadbirlar to‘g‘risida"

farmon qabul qildi. Shu asosda

"O‘zbekturizm" millim kompaniyasi "Ipak

yo‘li" o‘tgan tarixiy manzillar bo‘ylab 200

dan ortiq yo‘nalishlar ishlab chikdi. Ular

asosiy .da sayyohlar uchun qulay

shartsharoitlar yaratish, ularga namunali

xizmat ko‘rsatish maksadida yangi

shinam mehmonxonalar, kempinglar,

motellar, umumiy ovqatlanish va dam

olish maskanlari bunyod etilmoqda. Shu

sababli bu yo‘nalishlar bo‘ylab safar

qiluvchilar soni yil sayin ortib bormoqda.

Buyuk Ipak yoʻli Qadimda sharq bilan

gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli.

Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin

bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.

Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi

tarixining, uning birlashuvga hamda

madaniy qadriyatlari bilan almashishga,

hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish

uchun bozorlarga erishishga intilishining

oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda

aytiladigan naqlga qaraganda:

„Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“.

Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat

qilish, jahongashtalik doimo

taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi

boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan

boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli

Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab,

oʻtmishda antik Rim davlatidan to

Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara

shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta,

sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish

qaʼriga choʻkkan qadim-qadim

zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu

kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning

aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari

hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida

yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda

nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq,

feruzalar qazib chiqariladigan konlarni

topib, qazib olish koʻp jihatdan

koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy

Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va

hatto Misrga lazurit toshi yetkazib

beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U

bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib

topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent

tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari

bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old

Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va

Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib

ketilar edi, Xorazmdan esa feruza

keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi

oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib

mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan

Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon

yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy

Turkistonga olib boradigan yoʻllarni

oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning

haqiqiy boshlanishini tarixchilar

eramizdan avvalgi ikkinchi asrning

oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha

davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb

oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari

kashf etilgan edi.

Shuni aytib oʻtish lozimki, bu yoʻl hech

qachon yagona bir yoʻl boʻlmasdan, balki

azim bir daraxtning sadasiga oʻxshash

Buxoro shahri

tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman

yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan edi.

Masalan, Osiyoni sharqdan gʻarbga qarab

kesib oʻtuvchi asosiy yoʻllardan biri

qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan

shahrida boshlanib, uning shimoli-gʻarbiy

chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti

boʻylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston

orqali oʻtgan. Tyan-Shan tizmasi

dovonidan oshib oʻtgan karvonlarinng bir

qismi Fargʻona vodiysi va Toshkent

vohasi orqali Soʻgʻdiyonaning poytaxti

Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib

borgan, keyin esa Kaspiy dengizi

qirgʻoqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni

gbir qismi Samarqanddan chiqib,

Baqtriyaga borar va Qashqadaryo vodiysi

dan oʻtib Termiz shahriga kelar edi, u

yerdan Amudaryodan kechib oʻtib,

Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab

ketar edi. Yoʻlning yana bir yoʻnalishi

Tarim shahridan chiqib, Takla-Makon

sahrosini janub tarafidan aylanib oʻtib,

Xotan va Yorkent shaharlari orqali

Baqtraga (shimoliy Afgʻoniston) va

Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar

Eron, Suriya davlatlari orqali oʻtib, Oʻrta

Yer dengizi boʻyiga yetib kelar edi,

mahsulotlarning bir qismi dengiz yoʻli

bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar

edi. Nomidan ham maʼlum boʻlishicha,

karvon yoʻllaridagi savdoning asosiy

buyumi butun jahonda juda qimmatbaho

boʻlgan ipak mahsulotlari edi. Masalan,

oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak

eng qadrli hisob-kitob birligi boʻlib, hatto

tillani muomaladan siqib chiqaradigan

darajagacha chiqar edi. Masalan,

Soʻgʻdiyonada bir otning narxi oʻnta ipak

kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan

bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni

yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan

hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun

toʻlash mumkin edi. Ushbu karvon

yoʻllarini birinchi boʻlib venetsiyalik

savdogar Marko Polo „ipak yoʻli“ deb

nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi

boʻlib Xitoy imperiyasining chegaralariga

yetgan. „Buyuk Ipak yoʻli“ atamasini esa

nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen

1877- yilda oʻzining „Xitoy“ nomli

fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda

kiritgan. Ipak qitʼalararo yoʻl orqali tashib

oʻtiladigan asosiy mol boʻlsa ham, lekin

yagona emas edi. Markaziy Osiyodan

Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar,

harbiy anjomlar va qurol-yarogʻlar, oltin va

kumush, yarim qimmatbaho toshlar va

shisha buyumlar, teri va jun-moʻynalar,

gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar

tikilgan matolar, oʻziga xos antiqa

mevalar — tarvuzlar, qovunlar va

shaftolilar, yirik dumbali qoʻylar va ovchi

itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib

sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va

metall idishlarni, laklangan buyumlar va

pardoz-upalarni, choy va guruchni olib

kelishar edi. Savdogarlarning yoʻl

toʻrvalarida turli-ituman noyob buyumlar,

fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari,

toshbaqa toshlari, ziravorlar va koʻpgina

boshqa xil mollar topilar edi. Buyuk ipak

yoʻli orqali nafaqat savdo karvonlari, balki

xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari,

maʼnaviy qadriyatlari, diniy gʻoyalari ham

jahonga tarqalib borar edi. Buddizm

Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan

birga hukm surgan boʻlib, bu yerdan to

Xitoygacha tarqalgan. Eramizning

birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu

yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab

xalifaligining qattiqqoʻl harbiy navkarlari

VII asrda islom taʼlimotini olib kelganlar.

Savdogarlar va targʻibotchilarning

oʻtkazgan yoʻllari boʻylab moʻgʻula

sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha

Chingisxon sahroyi bosqinchilari

quyundek oʻtgan. Buyuk Ipak yoʻlining

qoq yuragi boʻlgan Samarqand shahridan

oʻrta asrlardagi Sharqning buyuk

sarkardasi Temur oʻz yurishlarini boshlab,

zafar quchar edi. Bundan tashqari,

karvon yoʻllaridan asrlar boʻyi allomalar,

tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi.

Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va

venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab

sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn

Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger,

vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi

hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin,

rus olimi Aleksey Fedchenko va

frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar,

amerikalik geolog olim Rafael Pampelli

va frantsiyalik sayohatchi Jozef

Martenlarning yoʻlda qayd etgan

yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk

Ipak yoʻli boʻylab yotgan mamlakatlarda

yashagan xalqlarning tarixini, ularning

urf-odatlari va anʼanalarini bilib oldik.

Sharq va Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan bu

beqiyos buyuk yoʻlni bunyod etgan

xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy

Oʻzbekiston shaharlari Samarqand,

Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz,

Toshkent shaharlari boʻlib, ularning

meʼmorchilik yodgorliklari Buyuk Ipak

yoʻlining koʻp asrlik tarixini oʻzida

mujassam etadi.
Download 13,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish