Buyuk hukumdorning buyuk islohotlari yohud Akbarshohning Hindistondagi diniy siyosati



Download 22,2 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi22,2 Kb.
#577830
Bog'liq
Buyuk hukumdorning buyuk islohotlari yohud Akbarshohning Hindistondagi diniy siyosati


Buyuk hukumdorning buyuk islohotlari yohud Akbarshohning Hindistondagi diniy siyosati.
Shoirlar davrasida Shekspir qanday mavqeda tursa, dunyo
shohlari ichida men uchun Akbar ana shunday mavqeyda turadi”
Ser Uilyam Sliman
Jaloliddin Muhammad Akbarshoh tarixda “buyuk Akbar” nomi bilan mashhur bo’lgan boburiy hukumdor.Akbarshoh –boburiy hukumdor Humoyunshohning o’g’lidir.onasi Hamidabonu begim. Akbarshoh 1542-yil 15-oktabrda tavallud topgan. Uning tavallud vaqtiga e’tibor qilsak,bu davr Humoyunshohning jangu jadallar vaqtiga to’gri keladi. Nihoyat Humoyunshohning 1555-yildagi g’alabasidan so’ng,shu yilning 22-iyunida Akbarshoh valiahd deb e’lon qilinadi. Noyabr oyida Akbarshoh Panjobga hokim etib tayinlanadi. Humoyushoh unga eng ishonchli odamlaridan bo’lmish Bayramxonni otaliq qilib tayinlaydi. 1556-yilda Humoyunshohning tasodifiy o’limidan so’ng,14-fevralda Panjobning Kelanour bog’ida Akbarshohning rasmiy taxtga o’tirish marosimi bo’ladi. Akbarshoh 1556-1605 yillarda qaryib 50 yilga yaqin vaqt davomida hukumronlik qiladi. Akbarshoh o’z hukumronligi davrida bir qator muhim islohotlarni amalga oshirdi.Dunyoga mashhur davlat arbobi Javoharlal Neru Akbarshoh haqida shunday ehtiros bilan yozadi: “Akbar 1556-yildan to 1606 yilgacha qaryib 50 yil hindistonda hukumronlik qildi. Akbar nomi Hindiston tarixida buyuk nom bo’lib,ayrim jihatlari Ashokani eslatadi. Ajablanarlisi shuki eramizdan avvalgi III asrda yashagan buddoyi imperatori Ashoka bilan Hindistonda eramizning XVI asrida yashagan musulmon imperatori Akbar deyarli aynan bir xil mavzularni tilga olib,bir xil so’zlarni ishlatishgan. Butun Hindiston shu ikki farzandining tilida so’zlashgan bo’lsa ajab emas”1. Hindistonda Akbarshoh davrida sodir bo’lgan muhim o’zgarishlardan biri uning diniy siyosatida namoyon bo’ladi. Dastlabki davrda u g’ayridinlardan ya’ni musulmon bo’lmaganlardan olinadigan soliq juziyani bekor qiladi. “Hindistonda mavjud bo’lgan “Sati”-hind ayollari orasida beva qolgan hind ayoli o’zini gulxanga tashlab o’ldirish urfini bekor qilindi”.2 Mansabdorlarning mahalliy aholiga tazyiqi va kamsitishlarini cheklab qo’ydi. Akbarshoh davridan musulmon va mahalliy hind bolalari umumtalim maktablarida birga o’qish va barcha fanlardan bir xil darsliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi. Akbarshoh o’z diniy siyosatida xech bir dinni ikkinchisidan ustun qo’ymagan, ya’ni u barcha dinu-mazhablarga bir xil e’tiborda bo’lgan. Uning o’zi islom dining suniylik oqimida bo’lgan holda,uning eng yaqin saroy maslahatchilari xususan,bayramxon mutassib shia edi. Mahalliy aholining kasta qismi esa hinduizm dinida edi. Akbarshoh mahalliy hindlar va boshqa etnik guruhlarga o’z urf-odatlariga rioya etish,istalgan dinga e’tiqod qilish imkoniyatini yaratib berdi. Akbarshoh barcha dinlar qorishmasidan yangi din yaratmoqchi bo’ladi. U yangi din asoschisi sifatida muqaddaslik darajasiga erishmoqchi bo’ladi. Bu yangi dinni u “Dinni ilohiy” deb nomlaydi. Akbarshohning ma’lum qilishicha “Islom diniga da’vat qilish zamoni o’tdi.1000 yil ichida islom zamonasiga to’g’ri kelmay qoldi. Endi esa haqiqat islom dini tarafida bo’lmay,balki dinlar va mazhablar orasidadir. Shuning uchun biz ham yangi ibodat yo’lini olishimiz kerak”.3
Akbarshoh shu fikri bilan yangi ibodat yo’lini ushladi. Sharob ichishga ruhsat berdi. Majusiylar odatiga taqlid qilib, o’z haramida olov yoqishni buyuradi.Hind mushrihlari singari quyosh chiqayotganda unga ta’zim qildi. “Uning buyrug’i bilan “lo iloho illolloh Muhammadin rasulilloh’ muqaddas kalimasi o’rnida “lo iloho illolloh Akbar xalifatulloh” deb ayta boshlashdi. Akbarshoh Hindistonga xos bo’lgan bir qancha odatlarni, xususan,peshonaga qashqa qilishni odat tusiga kirgizadi. Uning buyrug’iga asosan hindlarning sigirlarga bo’lgan diniy e’tiqodini hisobga olgan holda,mol go’stini istemol qilishga ruhsat etilmas edi. Poytaxtda maxsus tarjimonlik muassasasi tashkil qilinib ,unda hind tilidagi diniy kitoblarni fors tiliga tarjima qilish ishlari yo’lga qo’yildi”4. Amir Shakib Arslon o’zing “Islom olaminig hoziri “kitobida shunday degan edi: “Akbarshoh xristian dinidan bexabar bo’lmagan. 1580-yilda Portugal rohiblariga xat yozib,unga aqidalarni tushuntirish uchun faqih olimlarni yuborishni so’ragan. Ular uning iltimosiga ko’ra unga “Injil”ni yuborishgan. Akbarshoh esa Injilni tushunish uchun fors tiliga tarjima qilishni buyurgan. Shundan so’ng iezuitlarga murojat qilib,o’gli Murodning savodini chiqarishni so’ragan. So’ngra ular Agra,Lohur va boshqa yerlarda madrasalar ochishgan. Akbar ularning cherkovlariga borib turgan”5. O’sha paytda missioner(din targ’ibotchisi) sifatida shoh saroyiga taklif etilgan xristian rohiblardan biri shunday deb yozgan edi: “u haqiqatdan ham buyuk shohdir. U hamma uchun sevimli shoh bo’lib,har bir fuqaro uning g’amxo’rligini sezib turadi”6. Akbarshohning yuritgan diniy siyosati butun mamlakatda aks sado berdi. Uning siyosatiga qarshi chiqqanlar ham bo’ldi. Shunday insonlardan biri shayx Abdulloh as-Sulton purni Hijozga badarg’a qilgan. Ba’zi viloyatlar ham qarshi chiqadi. Ammo qarshi chiqganlar yakson qilinadi.Akbarshoh diniy sohada qanday siyosat yuritmasin,u o’z mamlakati xalqi uchun,xalq farovonligi yo’lida ko’p kuch va g’ayratini sarfladi. Akbarshoh hindlarni ham yuqori mansab va muhim harbiy lavozimiga tayinlangan. O’sha davrdagi 137 nafar saroy amaldorlari va harbiy mansabdorlardan 14 nafari hunarmandlardan edi. Shuningdek,mamlakat tarkibidagi 12 ta viloyatning 8 tasida moliya ishlarida hindlar xizmat qilar edi.”Akbarshoh mahalliy hindlar va musulmonlar o’rtasidagi g’animlik munosabatlarini yumshatishga harakat qildi. Shu maqsadda Akbarshoh shaxsan o’zi hindlarning Rahi, Denavali, Shivaratri deb atalgan bayramlarida ishtirok etib turgan”7.



1 Turg’un Fayziyev.”Z.M.Bobur va uning avlodlari’ Toshkent “Yozuvchi”nashriyoti 1996-yil 43-bet

2 Turg’un Fayziyev.”Z.M.Bobur va uning avlodlari’ Toshkent “Yozuvchi”nashriyoti 1996-yil 45-46-betlar

3 Mahmudjon Nuriddinov “Boburiylar sulolasi”, ”Fan” Toshkent 1994-yil 20-bet

4 Mahmudjon Nuriddinov “Boburiylar sulolasi”, ”Fan” Toshkent 1994-yil 20-bet

5 Mahmudjon Nuriddinov “Boburiylar sulolasi”, ”Fan” Toshkent 1994-yil 20-bet

6 G’ofurjon Sotimov “Boburiyzodalar” Toshkent “Ma’naviyat” nashriyoti 28-bet

7 G’ofurjon Sotimov “Boburiyzodalar” Toshkent “Ma’naviyat” nashriyoti 28-bet



Download 22,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish