«Buyuk geografik kashfiyotlar»,atamasi haqida. Buyuk



Download 32,21 Kb.
bet3/3
Sana26.06.2022
Hajmi32,21 Kb.
#705528
1   2   3
Bog'liq
Buyuk geografik kashfiyotlar 1

Keyingi kashfiyotlar.

Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo`li 1498- yilda kashf etildi. Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama amalga oshirdi. 1497-yilning 8-iyulida sayyoh 168 kishilik ekipajdan iborat to`rtta kemada Hindiston sayohatiga yo`l oldi. Xuddi Kolumbniki kabi Vasko da Gama ekspeditsiyasi ham dastlab, Lissabondan g`arbga yo`l olgan, ammo keyin Sharqqa burilgan. Atlantika okeanida yoysimon yo`nalishda suzib, 1497-yil 20-noyabrda Afrikaning eng janubiy nuqtasidan o`tdilar. Afrikani aylanib o`tish joyining topilgani ekspeditsiya a’zolarida Hindistonga borish yo`lini topishga bo`lgan umidni kuchaytirgan, albatta. Dengiz sayyohlari Af­rikaning eng janubiy nuqtasi bo`lgan burunni «Yaxshi umid» nomi bilan atadilar.


Vasko da Gama 1497-yil dekabrda hozirgi Janubiy Afrika Respublikasining Sharqiy qirg`oqlarini kashf qildi. 1498-yilning yanvar oyida Zambezi daryosining quyilish joyidan o`tib, Sharqiy qirg`oqlar bo`ylab shimoli-sharqqa suzishda davom etdi va o`sha yil­ning mart oyida Mozambikka yetib bordi. Malindi shahrida arab yo`l ko`rsatuvchisini yo`llagan sayyoh uning yordamida 1498-yil 20-mayda Hindistonning janubi-g`arbiy qirg`oqlaridagi yirik savdo markazi hisoblangan Kalikut (hozirgi Kojikode) shahriga yetib keldi.
Kalikut rojasi tomonidan yaxshi ko`tib olingan Vasko da Gama, Hindistonda bir muddat turib, 1498-yil oktyabrda yana Portugaliya tomon yo`lga chiqdi. Ammo 1499-yilning sentyabridagina Lissabonga yetib oldi. Ekspeditsiya davomida turli xavf-xatarlar, fojiali holatlar sababli safarga chiqqan 168 dengizchidan faqat 55 kishigina eson-omon Portugaliyaga qaytishga muvaffaq bo`lgan. Ammo anchayin katta qurbonlar berib bo`lsa-da, Vasko da Gamaning Portu­galiya qiroli topshirigiga ko`ra, Yevropadan Hindistongacha bo`lgan dengiz yo`lini kashf etishga erishganini ta’kidlash joiz.
Portugaliyada Vasko da Gamani katta tantana bilan ko`tib olishdi. Unga dvoryan martabasi va 1500-yilda «Hind okeani admirali» unvoni berilgan. Sayyoh 1500-1520-yillar davomida Hindistonga bir necha bor ekspeditsiya uyushtirgan va 1524 yilda Hindistondagi Portugaliya koloniyalarining beshinchi gubernatori va vitse-qiroli etib tayinlangan. Ammo sayyoh bu vazifada unchalik uzoq ishlamadi.
Umrining asosiy qismini Hindistonga boradigan dengiz yo`lini kashf etish va uni o`rganishga bag`ishlagan Vasko da Gama 1524-yilning 24-dekabrida Kalikutdan janubdagi Kochine shaharchasida vafot etdi.
1998-yilda Vasko da Gamaning Hindistonga qilgan birinchi sayohatining 500 yilligi Yevropada keng nishonlandi. Shu yili Lissabondagi Teju daryosining quyilish joyida qisqa mudsat - 10 oy ichida Yevropadagi eng uzun 17185 metrli ko`prik qurilib, sayyoh, nomi bilan ataldi. Shuningdek, Braziliyaning Rio de-Janeyro shahri futbol klubi va Hindistonning Goa shtatidagi shaharga ham Vasko da Gama nomi berilgan.
1519- yilda yana bir portugaliyalik dengizchi F. Magellan Amerika qit'asini aylanib o`tib, Hindistonga boradigan dengiz yo`lini ochdi. Dunyoni aylanib suzish 1522yilda nihoyasiga yetkazildi. Bu ekspeditsiya yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi. L. V. Torres boshchiligidagi ekspeditsiya esa 1605- yilda Avstraliyani kashf etdi.

Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati.



Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma'lumotlar bilan boyidi. Bundan tashqari, bu kashfiyotlar tufayli yangi dengiz savdo yo`llari ochildi. Bu yo`llar o`rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga ko`chdi. Bu esa, o`z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirdi.
Download 32,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish