Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. U g‘aroyib toshlarni, gullarni kollektsiya qilishni yaxshi ko‘rardi.
***
Termodinamikaning uchinchi qonunini kashf etgan mashhur nemis fizigi Valter Nernst bo‘sh vaqtlarida zog‘ora baliq ko‘paytirishga ishqiboz bo‘lgan.
Hatto bir kun kimdir unga kinoya ham qilibdi:
— Topgan ermagingizni qarang. Tovuq boqish ham bundan qiziqroq-ku, axir.
Nernst esa bamaylixotir javob beribdi:
— Men atrof-muhit bilan termodinamik muvozanatda bo‘luvchi jonivorlarni ko‘paytirishni yoqtiraman. Issiqqonli jonivorlarni ko‘paytirish esa olam fazosini yoningdan pul sarflab isitish emasmi?
***Mashhur frantsuz fizigi, Nobel mukofoti laureati
Do'stlaringiz bilan baham: |