Buyuk depressiya,iqtisodiy


Uesli Kler Mitchellning depressiya haqidagi g‘oyalari



Download 48,24 Kb.
bet2/2
Sana12.04.2022
Hajmi48,24 Kb.
#546018
1   2
Bog'liq
Buyuk depressiya,iqtisodiy

Uesli Kler Mitchellning depressiya haqidagi g‘oyalari
U. K.Mitshell U. Veblenning shogirdi bo‘lib, iqtisodiyotda siklik
hodisalaming tadqiqotchisi sifatida mashhur (bu iqtisodiyotda
konyunktur-statistik institutsionalizm oqimi hisoblanadi). Mitchell ustozi Veblendan tadqiqotning genetik uslubini meros qilib oidi, uningcha iqtisodiy hodisalami belgilovchi omillar bu ijtimoiy psixologiya, an’ana va urf-odatlardir, shu sababli tadqiqot predmeti sifatida odamlarning jamiyatdagi xulqi o‘rganilishi kerak. Shuningdek, ustozning ishlab chiqarish va biznes o‘rtasidagi qarama-qarshilik to‘g‘risidagi fikri ham qabul qilingan, bu ishlab chiqarish va narxlar faoliyati harakatidagi farqlaming sababini ko‘rsatadi.
Olim iqtisodiy ko‘rsatkichlar, raqamlar, bu ko'rsatkichlar o‘zgarishidagi qonuniyatlar bilan shug‘ullandi, kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solishda ulardan foydalanishning yo‘liarini izladi. Ammo u kapitalizm qarama-qarshiliklarini hal qilish yoki uni yaxshiiash to‘g‘risidagi nazariyalarni yaratmadi. U iqtisodiyotga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga intildi, bular uning fikricha moliya, pul muomalasi va kredit kategoriyalari edi. Bu kategoriyalarni tartibga solish yo‘Ii bilan iqtisodiyotga ta’sir etish, hatto siklik tebranishlaqii o‘zgartirish, oldini olish mumkin, deydi u. U o‘zining «Iqtisodiy nazariya turlari to‘g‘risida ma’ruzalar» (1935) asarida iqtisodiy masalalami madaniyat va sotsiologiya muammolari bilan o‘zaro aloqada, ammo asosan psixologik tahlil asosida tatqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar to‘g‘risidagi ta’limot sifatida qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni tartibga solish zarurligi, Mitchell ta’limotining bosh g‘oyasi bo‘lib hisoblanadi.
Mitchell institutsionalizmi Veblen nazariyasidan birinchidan, tanqidiy emasligi bilan, ikkinchidan, uning nazariyasi abstrakt bo‘lmasdan o'sha davming empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar edi. U o‘z asarlarida inqirozsiz «amaliy sikl» masalalariga alohida e’tibor berib, inqirozlaming haqiqiy sabablarini bo‘yab ko‘rsatishga uringan, pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya va pul muomalasi institutlar insonlaming moliyaviy xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni o‘rganadi. Uning fikricha tadbirkorlar jamiyat manfaatlari emas, balki o‘z foydalarini ko‘paytirish uchun harakat qiladilar va bu axloqiy harakat oqlanadi, mavjud institutsiya (davlat, mulk va boshqalar) bunga imkon beradi.
Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas, balki jamiyat a’zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida xarakterlanadi. Bu aloqalar takomillashuvi shu institutlarning evolyutsiyasi, davlat institutlarining rivoji hamda ulaming iqtisodiyotga aralashuvi, deb qaraladi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda davlat yo‘li bilan tartibga solish eng qulay vosita, deb qaraladi. Iqtisodiyotni o‘rganishda matematika va statistikani keng qo‘llash yo‘li bilan Mitchell «kichik va katta sikllar» davomiyligini hisoblab chiqdi. U o‘zining hisob-kitoblariga asoslanib, kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish modeli loyihasini yaratdi. Bu olimning tadqiqotlaridagi ijobiy tomonlar shundan iboratki, mamlakatlarning milliy xo‘jaliklari bo'yicha boy faktik materiallar to‘plandi, ular asosida natural va qiymat kQ‘rsatkichlarining rivojlanib boruvchi qatorlari yaratildiki, bu «dinamik qatorlar» tahlili nomini oldi. Bu tahlil asosida olingan jamlovchi ko‘rsatkich va indekslar iqtisodiyotdagi haqiqiy ahvolni aks ettirgan va kapitalistik konyunkturani, ayniqsa, ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlaridagi holatni baholashlda ulardan foydalanilgan.
Bu yo'nalish tarafdorlari sikllami o'zaro aloqador parametrlaming ta’siri oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish dinamikasini belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababli ular sikliarni tasodifiy yagona hodisa emas, balki doimiy kapitaiizm iqtisodiyotiga xos xususiyat, deb hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar qatoriga birinchilardan bo‘lib muomala sohasi ko‘rsatkichlarini qo‘yadilar, ya’ni narxlar, aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar.
Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublaming qorishmasidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini loyihalashtirishga muvaffaq bo‘la olmadi.
U. Mitchell o‘z ustozining ilmiy xizmatlari va unga bo‘lgan cheksiz hurmati sifatida «Veblen ta’limoti» asarini yaratdi, unda ustozning kitob va maqolalaridan ko‘chirmalar keltiriladi, bu kitob Mitchell vafotidan keyin nashr etilgan.
Siklik (davriy) o‘zgarishlar nazariyasiga rus olimi N.D.Kondratev (1892-1938) katta hissa qo‘shdi. U jahondagi yetakchi kapitalistik, deb nomlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ko‘p yillik (100-150 yil) rivojlanishini tahlil etib, bu o‘zgarishlaming bir yildan kam (fasliy), 3,5 yillik, 7-11 yillik savdo-sanoat va 50-60 yillik katta sikllarini ajratib berdi. U 1929-yildagi «Buyuk depressiyani» oldindan (prognoz) aytib bergan, ammo sovet davrida «kapitalizm qachon o‘ladi» degan savolga «kapitalizm o‘lar, ammo qachonligini ayta olmayman» deb javob berganligi uchun qatag‘onga uchragan va otilgan. Bu olimning buyuk xizmatlari jahon iqtisodchilari tomonidan yuqori baholangan va amalda qollanilmoqda.





1


2


3


4


5







Download 48,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish