Buyuk Britaniya



Download 5,03 Kb.
Sana01.01.2020
Hajmi5,03 Kb.
#31829
Bog'liq
dunyo-taomlari
1 sinf ona tili 4 chorak, 1 sinf matematika 1, Buxoro xonligidagi markaziy boshqaruvdagi mansablar RANGLI, Buxoro xonligidagi markaziy boshqaruvdagi mansablar RANGLI, MONOPOLISTIK RAQOBATLASHGAN BOZOR, ozbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yonalishlari, 7 sinf musiqa fanidan ochiq dars ishl, Nutq uslublari-fayllar.org, muloot, boshlangich sinf matematika darslarida orta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish metodikasi , 15-variant lab 4, assignment 3, nemeckij nachalnyj 30, QO'CHQOROV SH bojhona st 73 Referat1
Har bir davlat o’zining yangi yil taomiga ega. Bu ularning madaniyati va an’analari bilan bog’liq. Bugun sizlarga dunyoning turli mamlakatlarining yangi yil taomlari to’g’risida ma’lumotlar berib o’tamiz.

Amerika


Amerika milliy rojdestvo bayramining taomi bu pishirilgan kurka go’shtidir. Bunday odat ularda qadim zamonlardan beri mavjud bo’lgan: Amerikada kurkalar ko’p bo’lib, faqat ularning sharofatlari bilangina odamlar ochlikdan halok bo’lishmagan. Shu sababli ham bunday ovqatlar, amerikaliklarning Shukrona bildirish kunidagi asosiy ovqat, keyinchalik esa rojdestvo bayramining asosiy ovqatiga aylangan.

Amerikaning janubiy qo’shma shtatlarida esa kurka go’shtiga gazak sifatida dukkakli o’simliklar yoki yashil no’xat tortishadi – bunday mahsulotlar boylik va omad olib keladi deb, ishonishadi. Kirib kelayotgan yangi yil to’kin-sochin bo’lishi uchun, yangi yil kechasi albatta bir nechta donli o’simliklardan iste’mol qilish kerak.

Buyuk Britaniya

Bu davlatda yangi yil oqshomida rostbif pishiriladi. Gazak sifatida kartoshkali pyure va yorkshirs puddingi – unga belab pishiriladigan pishiriqlar.

Rojdestvo shirinligi sifatida esa dasturxonga quritilgan mevalar, xurmo va konyakdan qilingan puddinglar tortiladi. Bu pishiriq odatda bayramdan bir oy oldin pishiriladi, shunda uning tarkibidagi konyak va xushbo’y ziravorlar bor ta’mini chiqaradi.

Italiya


Italiyaning rojdestvo taomlari har qayerida turlicha bo’lib, quyidagi uch xil ovqatlar esa hamma uchun barovardir. Bular: kotekino, yasmiq va pannetonedir. Kotekino – cho’chqa go’shtidan qilingan kolbasa bo’lib, ko’pchilik uy bekalari uni o’zlari tayyorlashadi. Bu taom yasmiq bilan birgalikda dasturxonga tortiq etiladi. Chunki yasmiq Italiyada sog‘liq va uzoq umr ramzi hisoblanadi. Qancha ko’p yasmiqdan tanavull qilsang, kirib kelayotgan yangi yilda shunchalik boy bo’lasan deb, ishonishadi.

Pannetone – bu xushbo’y ziravorlar, mayiz va yong’oqlardan pishiriladigan mazali rojdestvo pirogi. Afsonalarga qaraganda, bu pishiriq oshpazning xatosi evaziga dunyoga kelgan. Ya’ni: u xamir solingan qolipga mayiz va yong’oqlar tushib ketgan, oshpaz boshqa chorasi yo’qligidan uni shu holicha pishirgan va dasturxonga tortgan. Bu pirog esa italiyaliklarga juda ham manzur bo’lgan.

Fransiya

Fransiyaliklarning yangi yil dasturxonini dengiz malyuskalari, pishloq, fuagra va fransuz yengil vinosisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda dasturxonga qizil baliq va katta dengiz qisqichbaqalari ham tortiladi. Agar mazkur yilda ana shu ovqatlarga sizning pulingiz yetgan bo’lsa, demak ularni albatta dasturxonga tortishingiz kerak.

Aytgancha, bular hammasi gazaklar. Asosiy ovqat sifatida, fransuzlar duxovkada pishirilgan qo’y oyog’ini dasturxonga tortishni xush ko’rishadi. Dasturxon ustida katta qo’y oyog’i qo’ilgan bo’lsa, yangi yil boylik va to’kin-sochinlik olib kelishiga ishonishadi.

Bu shohona kechki ovqat shularbilangina cheklanib qolmaydi, ulardan so’ng mazali pishloq va shirinliklar dasturxonga tortiladi. Shirinlik sifatida turli xil asoslardan tayyorlangan mazali ruletlar iste’mol qilinadi.

Yaponiya

Yaponiyaliklar kashtan omad olib kelishiga ishonadilar. Shuning uchun hamma taomlariga ushbu mahsulotni qo‘shadilar. Shuningdek, yangi yil dasturxoniga dengiz karami, donli mahsulotlar va sel balig’i ikrasi kabi yeguliklarni tortiq etadilar. Shirinlik sifatida ichiga kashtan solingan guruchli pishiriqlar tortiladi.

Avstriya

Bu mamlakatda rojdestvo kechasi parranda go’shti iste’mol qilinmaydi, aks holda baxtsizlikka duchor bo’lishingiz mumkin. Ammo dasturxon usti undan tayyorlangan pishiriqlar bilan to’la bo’lishi kerak – har xil piroglar va pishiriqlar. Asosiy ovqat sifatida avstriyaliklar nordon karam bilan tortiladigan cho’chqa go’shti, har xil kolbasalarni qaynoq bulyonlar bilan iste’mol qilishni yoqtirishadi.

Polsha

Polshada an’anaga ko‘ra dasturxonda 12 xil taom bo‘lishi kerak. Asosiy taom esa baliq. Baliq bu davlatda oila mustahkamligi ramzi hisoblanadi. Bundan tashqari bayram stolida seld balig’i ham bo’lishi kerak. Soat millari 12 da bong urganda hamma seld balig’idan iste’mol qilishi kerak. Seld balig’i qanchalik achchiq bo’lsa, yil shunchalik baxtli keladi.



Efiopiya

Bu yerda bayramni faqat katoliklar nishonlashadi. Bayramni juda kamtarona o’tkazishadi. Dasturxonga doro vat – ya’ni: katta-katta quymoqlardan tortiladi. Ularning ichiga asos sifatida achchiq qaylalar, dimlab pishirilgan donli mahsulotlar, go’sht va hattoki murabbo ham qo’shiladi. Odatga ko’ra bu ovqatlar qo’lda yeyiladi, likopchalar esa palma daraxti barglari vazifasini o’taydi.

Kosta-Rika

Bu davlatda yangi yil bayramining asosiy taomi tamales – makkajo’xori unidan tayyorlanilgan, ichi asosli nonlar hisoblanadi. Bu nonlar makkajo’xori barglariga o’rab, bug’da pishirib olinadi. Kosta-Rikaning asosiy aholisi bu yegulikka asos sifatida cho’chqa g’shtidan foydalanishadi.



Tibet

Tibetda ajoyib yangi yil an’anasi mavjud. Uy bekalari turli xil ajoyib shirinliklar pishirishadi va ularni yaqinlariga sovg’a sifatida taqdim qilishadi. Hech kim shu kuni pishiriqsiz qolmaydi – uy bekalari ko’chaga chiqib ular bilan o’tgan-ketgan yo’lovchilani siylashadi. Qanchalik ko’p o’zi pishirgan pishiriqlardan tarqatsa, kelayotgan yilda shunchalik boyib ketadi.
Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti