Musiqasi. Buyuk Britaniya musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. Buyuk Britaniya polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-a. larda paydo boʻldi. Bular J. Dansteybl (15-a.) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-a. da U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone Buyuk Britaniyaning mashxur kompozitorlari boʻlishdi. 17-a. ning oxirida G. Pyorsellnit «Didona va Eney» birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-a. da Buyuk Britaniyada G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari («KoventGarden») va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.
Teatri. Buyuk Britaniya teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-a. dan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-a. oxiri — 17-a. boshi Buyuk Britaniya teatrining «oltin davri» boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, «maktab» havaskorlari teatri, professional teatr. 18-a. ga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr («DruriLeyn», «KoventGarden») asosiy oʻrinni egalladi. 19-a. dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga oʻtdi. Londonda «Old Vik» teatri (1818), StratfordonEyvon sh. da Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961-y. dan Kirollik Shekspir teatri), «Mustaqil teatr» (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. Buyuk Britaniya teatrida sahnaviy realizm «Kort» teatri (20-a. boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda Buyuk britaniya Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. 20-a. ning 30—40-y. larida teatrlar repertuari Buyuk britaniya Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning «Nafratlansang, orqaga qayrilib qara» pyesasi (1956) «jahldor yigitlar» dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963-y. Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O. ʻTul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rej. lar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud Buyuk Britaniya teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. Buyuk Britaniya dagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904-y. dan), Bristol untining teatr f-ti.
Buyuk Britaniyada teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. Buyuk Britaniyada «Qirollik baleti», «Balle Ramber», «Londone festival balle», «Uestern tiyetr balle» kabi balet truppalari bor.
Kinosi. Buyuk Britaniyada kino i. ch. 1896-y. dan boshlandi. 1929-y. birinchi tovushli film «Tovlamachilik» yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932-y. da tashkil etgan «London filme» firmasi Buyuk Britaniya va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi («Pigmalion», rej. A. Askvit, «39 qadam», rej. A. Xichkok kabi). 2-jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda («Magʻrur vodiy», rej. P. Tennisson, «Pastor Xoll», rej. R. Boulting, «Yongʻinlar boshlandi», rej. X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. [«Hamlet» (1947), «Richard III», rej. L. Olivye, «Oliver Tvist», rej. D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar i. ch. da «Ozod kino» guruhi samarali ish qildi (195659). 6070-y. larga oid «Oʻziga xos ishq» (rej. J. Shlezinger), «Yolgʻonchi Billi», «Sportchilar hayoti» (rej. L. Anderson), «Qanday saodatli kun edi» (1972), «Bayram asnosida» (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli xarakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Xarris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem Buyuk Britaniya kinosining mashhur artistlaridir.
1997-y. 4—12 okt. kunlari Toshkentda «Britaniya festivali» oʻtkazildi. Festival dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning 30 ga yaqin kompaniyasi mahsulotlari koʻrgazmasi, «Britaniya qirollari xonadoni merosi» koʻrgazmasi, toʻqimachilik mashina uskunalari va meʼmorlikka bagʻishlangan seminar oʻtkazildi, Buyuk Britaniya filmlari namoyish qilindi va h. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |