Sanoati
Birlashgan Qirollik eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim.
Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Birlashgan Qirollikda yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. Birlashgan Qirollik qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. Birlashgan Qirollikda 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |