Буюк Британия 1871-1918 йилларда


Fransiya siyosiy ziddiyatlari. Mustamlakachilik urushlari, ichki va tashqi siyosati



Download 121,5 Kb.
bet4/7
Sana12.06.2022
Hajmi121,5 Kb.
#658854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIRINCHI JAXON URUSHINING

Fransiya siyosiy ziddiyatlari. Mustamlakachilik urushlari, ichki va tashqi siyosati.
Fransiyani izolyatsiyada qoldirish uchun Bismark tashabbusi bilan tarkibida Avstriya-Vengriya va Rossiya bo`lgan Germaniya raxbarligidagi 1873 yil 23 oktabrda «Uch imperator itifoqqi»ga asos solindi. 1877-1878 yillardagi rus-turk urushida Germaniyaning Turkiyani qo`llab quvvatlashi ittifoqning tarqalishiga olib keldi. Fransiya va Rossiya bilan, shuningdek Afrika borasida Angliya bilan ziddiyatlar ularga qarshi ittifoqchilarni izlashga majbur qildi. Shu maqsadda 1882 yil Italiya va Avstriya-Vengriya bilan «Uchlar ittifoqi»ga asos solindi. Kuchli ittifoqchilarga ega bo`lgan Germaniya zarur hayotiy makonlarni qo`lga kiritish uchun bosqinchilikni kuchaytirdi. 1884 yil Kamerun, Togo, Gvineya, 1885 yil Marshal orollari va Zanzibar bosib olindi. Bismarknig ichki va tashqi siyosati Germaniyaning bundan keyingi davrda mustamlakachi davlat sifatida dunyoda gegamonlikka intilishini ta`minladi.
1888 yil kansler Kaprivi davrida ichki siyosatda ijtimoiy hayot barqarorlashdi. XX asr boshiga kelib Germaniya sanoat taraqqiyoti jixatidan AQShdan keyingi ikkinchi o`ringa chiqdi. Buning asosiy sababi sarmoyaning aksariyati sudxo`rlikka emas, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga sarflanganligidir. 1900 yil kansler bo`lgan Berngard fon Byulovnnig yangi bojxona ta`rifi, ya`ni soliqlar siyosati va pruslashtirish siyosati ijtimoiy ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarga sabab bo`ldi.
XIX-asr 90 yillarining o`rtalarida Tinch okeanidagi Karolina, Mariana, Samao orollari zabt etildi. 1900 yil Xitoydagi milliy ozodlik harakti bostirildi.
Yaqin sharqdagi neft zaxiralarini qo`lga kiritish uchun Bag`doddan Berlingacha temir yo`l qurish loyihasi Angliyaning Quvaytda o`z protektoratini o`rnatishi tufayli amalga oshmadi.
Xukmron doiralar xarbiylashtirishga alohida e`tibor bergan. Birinchi jaxon urushi arafasida kansler Betman Golveg xukumati so`l xarakatlar va ishchilar g`alayonlarini shafqatsiz bostirdilar. Ichki inqirozni bartaraf etish uchun nemis yunkerlari, moliya-sanoat doiralari, harbiylar jaxon urushiga zo`r berib tayorlandilar. Bu esa ularnig inqirozini yanada tezlashtirdi.
Germaniyaning ittifoqdoshi Avstriya–Vengriya XIX-asrning oxirida ijtimoiy,siyosiy, iqtisodiy jixatdan dualistik monarxiyasi imperiyadagi milliy ozodlik harakatlarini bostirish va imperiyani saqlab qolish maqsadidagi ikki xalq avstriyalik va vengriyaliklarning siyosiy ittifoqi edi. Iqtisodiy hayotida feodal an`analar saqlanib qolgan, sanoati zaif, Avstriya-Vengriyada chet el kapitalining ta`siri saqlanib qoldi. Bu davrda Avstriya–Vengriya hukmron doiralarining o`ziga bo`ysunuvchi xalqlarga nisbatan yuritilgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy–ma`naviy jabhalardagi zulmkor siyosatlari imperiyada milliy ozodlik harakatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Ichki siyosati shovinizmga asoslangan Gabsburglar tashqi siyosatda Germaniya bilan yaqinlashish, Janubiy- Sharqiy Yevropada o`z gegemonligini o`rnatish, bu boradagi raqiblarni zaiflashtirish yo`lidan borishdi. Fransiya va Turkiyaga qarshi 1873 yilda Avstriya-Vengriya, Germaniya, Rossiya «Uch imperator ittifoqi»ni tuzdi. Biroq 1878 yilgi rus-turk urushidan so`ng Berlin kongressiga ko`ra Rossiyaning qiziqishidagi Bosniya Gersogovinaning qo`shib olinishi Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashib Uch imperator ittifoqining tarqalishiga olib keldi. Qolaversa Berlin kongressida Bolgariyaning chegaralari kengayishiga yo`l qo`yilmadi. Bolqon yarim oroli uchun Angliya, Fransiya, Rossiya, Turkiya bilan siyosiy-iqtisodiy raqobat va ziddiyatlar Gabsburglarni ularning dushmanlari bilan yaqinlashishga majbur etdi. Natijada 1882 yil Germaniya va Italiya bilan harbiy siyosiy blok «Uchlar ittifoqi» tuzildi.
Milliy diniy zidiyatlar ichida qolgan Avstriya–Vengriya XX-asr boshiga kelib, eng qoloq imperiyalardan biri bo`lib qoldi. Iqtisodiy moliyaviy xayotda Fransiya, Germaniya, Belgiya kapitallari hamon kuchli ta`sirga ega edi. Nemis kapitali elektrotexnika, tog`-kon sanoati, qishloq ho`jaligiga ham faol kirib bordi. Sanoat, qishloq ho`jaligi, moliyaviy hayotda chet el monopoliyalari va banklarining nazorati o`rnatilishi natijasida aholi turmush darajasi yanada pasayib ketdi. Shu davrda siyosiy iqtisodiy hayotni boshqarishda teng huquqlilikni ta`minlash borasida Avstriya-Vengriya o`rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Chunki imperiyani boshqarishda avstriyalik hukmron kuchlar teng huquqiy asosda boshqaruv tamoyillarini buzib, hokimiyatning katta qismini o`z nazoratiga olib Vengriyaning huquqlarini poymol etdilar. Vengriya Seymining mustaqillik partiyasi reyxstagdan alohida bojxona va armiya tuzishga ruxsat berishni talab qildi. Faqatgina kuchli politsiya rejimi muxolifatning rivojlanishiga yo`l qo`ymadi. Milliy kurashlar, Galitsiyadagi polyaklar va ukrainlar o`rtasidagi ziddiyatlar, Tiroldagi italyanlar qo`zg`oloni va Chexiyadagi chiqishlar bilan yanada keskinlashdi. 1905 yil 4 noyabrda Gauch hkumati milliy isyonlar tazyiqi ostida umumiy saylov huquqini joriy etishga majbur bo`ldi. Biroq slavyanlarga nemis aholisiga qaraganda kam o`rin ajratildi. Asosiy maqsadi Bolqonni bosib olish bo`lgan taxt vorisi Frans Ferdinand va uning harbiy partiyasi 1908 yil 5 noyabrda Bosniya va Gersogovinani bosib oldi. Birinchi jaxon urushiga tayyorgarlik ko`rayotgan Gabsburglar temir intizom o`rnatish uchun milliy kurashlarni bostirish yo`liga o`tdi. 1912 yilda Xorvatiyadagi isyonlarni sindirish uchun uning seymi tarqatib yuborildi. Karpatorti Ukrainasi, Galitsiyadagi polyaklar qo`zg`olonlari shafqatsiz bostirildi. Shovinizm, jaxon urushi ishchilar harakatida og`machi revizionistlarni vujudga keltirdi. Ularning liderlari Bauye, Adner, Renerlar madaniy milliy avtonomiya g`oyasini targ`ib etdi. Buning aksi bo`lgan so`l sotsial-demokratik partiyalarning chiqishlari shafqatsiz jazolandi. Jaxon urushi arafasida imperiyaning parchalanib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun Frans Ferdinand va uning doirasi Vengriya va Slavyan yerlarini teng huquqli asosda Avstriya qo`l ostidagi federatsiyaga birlashtirishni ilgari surgan «Trializm» loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyixani amalga oshirib bo`lmasada, milliy nizolarni kurashlarni chalg`itib jaxon urushiga kirib borish uchun o`ziga xos siyosiy nayrang bo`lib xizmat qildi. 3
II – bob. AQSHNING 1-JAHON URUSHIDAGI POZITSIYASI VA URUSHNING OXIRI



Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish