Буюк Британия 1871-1918 йилларда


Buyuk Britaniyaning ichki va tashqi siyosati, mustamlakachilik siyosati. Jaxon urushiga tayyorgarlik



Download 121,5 Kb.
bet2/7
Sana12.06.2022
Hajmi121,5 Kb.
#658854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIRINCHI JAXON URUSHINING

1.1 Buyuk Britaniyaning ichki va tashqi siyosati, mustamlakachilik siyosati. Jaxon urushiga tayyorgarlik
Buyuk Britaniya tashqi siyosatdagi mustamlakachilik iqtisodiy – siyosiy g`oyaviy ekspansiya, hukmron doiralarning manfaatlaridan kelajakdagi rejalar va extiyojlardan kelib chiqdi. XIX-asrning 2-choragida inglizlar O`rta Osiyo masalasida Chor Rossiyasi bilan keskin raqobat olib bordi, biroq O`rta Osiyoni egallashda Rossiyaga nisbatan Angliyaning imkoniyatlari cheklanganligi tufayli ta`sir doiralar Afg`onistondan nariga o`tmadi. O`rta Osiyo masalasida ruslardan mag`lubiyatga uchratgan inglizlar Rossiyaga qarshi urushlarni faol qo`llab quvvatladi. 1877-1878 yillardagi rus-turk urushida Angliya Turkiyani qo`llab quvvatladi. XIX-asr oxirida Germaniya Italiya kabi yosh imperiyalar paydo bo`lib, dunyoni bo`lib olish avjiga chiqqan davrida Angliya ham o`z hududlarini kengaytirish uchun Osiyo va Afrikada katta urushlarni olib bordi. 1877 yil Transvoal va Oranj respublikalarini anneksiya qilindi. 1878 yil konservatorlar xukumati Afg`onistoga qarshi mustamlakachilik urushini boshlab 1879 yil bahorda asoratli Gandamak shartnomasini imzolashi bilan yakunlandi. 1879-1880 yillarda Dizrayeli hukumati zuluslarning kuchli qarshiligi tufayli ularning aksariyatini shafqatsiz qirib tashladi. 1882 yilda Gladston hukumati Misrni bosib olib, Suvaysh kanali ustidan o`z nazoratini o`rnatib shimoliy Afrikaga ta`sir ko`rsatish uchun qulay tayanch nuqtaga ega bo`ldi. Oltin, olmos va boshqa xom ashyolarga boy markazlarni egallash uchun harakatlar kuchayib bordi.1886 yil Nigeriya va Somali to`liq zabt etilib, qoramol va yung yetkazib berish majburiyatini oldi. 1889 yil Keniya, Tanganika, 1890 yilda Uganda zabt etildi. Inglizlarning asosiy maqsadi Keyptaundan Misrgacha, Misrdan Xindistongacha bo`lgan hududlarda ulkan ta`sir doirasini vujudga keltirishdir. Shu maqsadda Kap kaloniyasining ministri S.Rods 1890 yilda Keyptaun-Qoxira-Kalkutta temir yo`l loyihasini ishlab chiqdi. Lekin bu imperialistik zidiyatlar sharoitida amalga oshmadi. 1896 yil Sudan, 1898 yil Xitoyning Veyxavey porti va Quvayt inglizlar tomonidan bosib olindi.
1884 yildan 1900 yilgacha Britaniya imperiyasi 3700 ming kvadrat mil.ga kengaydi. Milliy ozodlik harakatlarining ashaddiy dushmani bo`lgan Angliya XX-asr boshida Xitoy va Xindistondagi mustaqillik uchun kurashlarni shafqatsizlarcha jazoladi.
XIX-asr oxiri XX- asr boshida inglizlar uchun janubiy Afrikanig oltin olmosga boy hududlarini bosib olish,u yerdagi burlar xukmronligiga zarba berish asosiy maqsad bo`lib qoldi. 1899-1902 yilllarda Transvoal, Oranj, Kap va Natalda xukmronlik qilish uchun ingliz-bur urushi bo`lib, 1902 yil 1 iyunda Angliyaning g`alabsi bilan yakunlandi. Shu tariqa Angliya janubiy Afrikanig ho`jayiniga aylandi. 1
Bu davrda Angliyannig mustamlakalaridagi eng havfli raqibi yosh Germaniya impreriyasi bo`lgani uchun eski raqiblar Fransiya va Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash va Germaniyaga qarshi ittifoq tuzish strategiyasi amalga oshirildi.
Misr va Marokash yuzasidan Fransiya bilan, Eron yuzasidan Rossiya bilan munosabatlarni mo`tadillashtirgan Angliya 1907 yil 31 avgustda Fransiya va Rossiya bilan Germaniyaga qarshi harbiy siyosiy ittifoq- Antantaga asos soldi. Angliya mustamlakalarni ayovsiz talash hisobiga jaxon urushiga tayyorgarlik ko`rdi.
Fransuz imperialistlari xam, xuddi shunday maqsadga, ya`ni, urush yo`li bilan Germaniyani kuchsizlantirishga, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olishga, Usmoniylar imperiyasini bo`lib yuborishga, bundan tashqari E`lzas va Sharqiy Lotaringiyani qaytarib olishni, Germaniyaning Saar va Reyn viloyatlarini bosib olishni istar edilar. Fransiyaning 1-jaxon urushigacha bo`lgan ichki va tashqi siyosatiga qisqacha e`tibor qaratadigan bo`lsak: Birinchi jaxon urushi arafasida Fransiyada uchinchi respublikaning ichki va tashqi siyosati, mazkur davrdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli va Fransiyaning xalqaro ahvoliga e`tibor qaratadigan bo`lsak, vaziyatning birmuncha murakkabligini ko`rishimiz mumkin. Fransiya-Prussiya urushi, kommunaning tor-mor etilishi, mustamlakachilik uchun urushlar Fransiya iqtisodiy taraqqiyotida turg`unlikning boshlanishiga, ishlab chiqarishning turg`unlashuviga olib keldi. XIX-asrning 80-90 yillarida yirik Fransuz monopoliyalari, banklarning asosiy kapitallari Avstriya-Vengriya , Bolqon, Janubiy Amerika mamlakatlariga qo`yila boshladi. Sudxo`rlik kapitali ishlab chiqarishnig intensiv o`sishiga halaqit berdi. Shu davrda mamlakat prezidenti Adolf Tyer hukumati egri soliqlarni oshirib, ijtimoiy-siyosiy huquqlarni bekor qildi
1875 yil qabul qilinan konstitutsiya Fransiyada uchinchi respublika–parlamentar respublikani tasdiqladi.
Uchinchi respublika davrida ham mustamlakachilik urushlarii olib borildi. 1881 yil 12 mayda Tunis bosib olindi.Tunisning bosib olinishi Italiya bilan munosabatlarni yomonlashtirdi. Fransiyaning Germaniya, Italiya, Avstriya-Vengriya,Angiya bilan munosabatlarinig yomonlashuvi halqaro maydonda yakkalanishga olib keldi. 1883 yil shimoliy Vetnam, 1891 yil Gvineya, 1892 yil Dagoliya, 1896 yil Madagaskar bosib olindi.
Tashqi siyosatda manfaatlarning umumiyligi, iqtisodiy ehtiyojlar Rossiya bilan yaqinlashishni zaruratga aylantirdi. Mustamlakachilik urushlari xalq ahvolini yanada og`irlashtirdi. J.Ged, P.Lafarg rahbarligidagi blankchilar, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi partiyalar radikallar faoliyati jonlandi.
XIX-asrning 90-yillari o`rtalarida sanoat asta-sekin yuksala boshladi. Canoat ishchilarining soni 2,5 barobar ko`paydi. Fransiya avtomobil ishlab chiqarish, aviatsiya bo`yicha Yevropada yetakchi o`ringa chiqdi.
XX -asr boshida siyosiy hayotda mo`tadil respublikachilar va radikallar partiyasi o`rtasida shiddatli raqobat kuchayib, bu raqobat radikallar foydasiga bo`ldi. Birinchi jahon urushi arafasida mamlakat prezidenti radikallar lideri R.Puankare bo`lib, moliya-sanoat gigantlarining ichki va tashqi siyosatda qattiq qo`l siyosat yuritadigan rahbarga bo`lgan extiyojidan kelib chiqib siyosat yuritdi va butun e`tiborni jahon urushiga tayyorgarlikka qaratdi.
XIX -asr oxirida Fransiya xalqaro maydonda izolyatsiyada qolgan bo`lsa, XX -asr boshida Uchlar ittifoqi tomonidan bo`layotgan tahdidlar Rossiya va Angliya bilan yaqinlashishiga majbur etdi.
1-jaxon urushidan oldingi Italiya pozitsiyasini bilib olish uchun, XIX -asr oxiri, XX-asr boshlariida Italiyaning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvoli, ichki va tashqi siyosati xsusida so`z borar ekan, iqtisodiy taraqqiyotdagi muammolar, monopoliyalarning paydo bo`lishi, ish tashlashlar, ijtimoiy harakatlar, mustamlakachilik urushlari, Uchlar ittifoqiga a`zolik, jamiyatning ichki va tashqi siyosatiga e`tibor qaratish lozim.
Italiyaning mustaqil davlat sifatida qaror topishi zamonaviy bozor munosabatlari, yengil va og`ir sanoat, qishloq ho`jaligi, ichki va tashqi savdoning rivjlanishiga imkon yaratdi. Mamlakatda eski agarar munosabatlar saqlanib qolganligi tufayli, kapitalizm qarama-qarshiliklar girdobida rivojlandi. Italiya agar mamlakatligicha qolaverdi. Natijada o`rtacha sanoat maxsuloti qiymati XIX -asr oxiri, XX-asr boshlariida 1 milliard lirani tashkil etsa, qishloq ho`jaligi maxsulotlari qiymati 3 miliard lirani tashkil etdi. Eski tuzumdan moliyaviy muammolar ham meros bo`lib qolgan bo`lib, Italiyaning tashqi qarzi 8300 mln. liraga yetdi. Hukumatning qarzlaridan qutulish uchun banklar kompaniyalar va tashqi dunyodan qarz olishga majbur bo`lishi natijasida Italiyaning ichki va tashqi qaramligi kuchaydi. 2
Ichki va tashqi kapitallar yordamida turli sohalar rivojlantirildi. Temir yo`llar qurish jadallashdi. Milliy sanoat, valyuta va maxsulotlarni raqobatdan xonavayron bo`lishga yo`l qo`ymaslik uchun proteksionizm siyosati olib borildi. Yengil va og`ir sanoat, qishloq xo`jaligida g`alla yetishtirish suratlari oshib bordi. Sanoat qishloq ho`jaligi, tovar pul munosabatlarining rivojlanish natijasida mazkur sohalarni boshqaruvchi yirik kompaniyalar, banklar paydo bo`ldi. 1887 yil Tern po`lat zavodi, 1889 yil «Montekatini» kon sanoati korxonalari va boshqa ishlab chiqarish komplekslari paydo bo`ldi. Aksionerlik jamiyatlari ko`payib 1890 yilda ularning soni 574 taga yetib, ularning kapitali 1935 milion liraga yetdi. Bulardan tashqari yirik banklar ham paydo bo`ldi. Kommersiya banki (1874 yil), Vatikan foydasiga xizmat qiluvchi Rim banki (1880), Italiya kredit banki (1895 yil) eng yirik moliya monopoliyalari bo`lib, ularning sanoatga solgan kapitali 1mln795 ming lirani tashkil etdi.

Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish