Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilnm ahli e’zozlaydi. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlaktlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan darxt nomini Avitsenna deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug’ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) Abu Rayxon Beruniy (973-1048) Beruniy 362 xijriy yili (973-yil) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. U yoshligidanoq ilm fanga juda qiziqqan, qobiliyatli, juda mehnatkash bo‘lgan, bir qancha tillarni –sug’diy, fors, hind, yunon va qadimgi yahudiy tillarini ham o‘rgangan. U nafaqat hindiston tarixini, madaniyati xatto sanksrit tilini ham o‘rgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |