Buyuk ajdoglar merosini o’rganish soati” Mavzulari. 1 Amir Temur ibn amir Taragʻay



Download 102,42 Kb.
bet25/25
Sana07.07.2021
Hajmi102,42 Kb.
#111353
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Buyuk ajdoglar merosini

TOG'AY MUROD (1948-2003)


T og‘ay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi Mengnorov Tog‘aymurod) (1948.3.2, Surxondaryo viloyati Denov tumani Xo‘jasoat qishlog‘i — 2003.27.5, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1999). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).

Respublika radiosida muharrir (1972—75), «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida (1976—78), «Fan va turmush» jurnalida (1982—84) adabiy xodimbo‘lib ishlagan. 1984—86 yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida o‘qigan.

Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari e’lon qilingan. Birinchi yirik qissasi — «Yulduzlar mangu yonadi» (1976). «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo Yer qo‘shig‘i» (1985) qissalarida qishloq hayotiga xos manzaralar aks etgan. Ularda halol, oqko‘ngil, to‘g‘riso‘z, mard o‘zbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. O‘zbek adabiyotining yutug‘i sifatida e’tirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi.

«Oydinda yurgan odamlar» qissasi qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug‘ilmagan bolaning bobosi, momosi bo‘lib, zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Asar qahramonlari fojeasi umid va yorug‘likka to‘la mungli, hazin qo‘shiq qilib kuylanadi. Mazkur asar uchun adib Oybek mukofotiga sazovor bo‘lgan.

«Momo yer qo‘shig‘i» qissasida o‘z g‘oyasi va uslubi bilan o‘zga qissalardan ajralib turadi. Unda milliy zamindan oyog‘i uzilgan, Vatan tuprog‘ida yashab, yuragida yurt tuyg‘usi bo‘lmagan kishilarning obrazlari g‘arb adabiyoti sig‘indi bandasi bo‘lib qolgan ijodkor misolida o‘zbekona kinoya bilan tasvir etiladi.

Tog‘ay Murod o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi an’analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. «Otamdan qolgan dalalar» (1993) romanida O‘zbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan o‘zbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi og‘ir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul o‘zbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga ko‘tarilgan. U boshiga yog‘ilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur bo‘lsa-da, o‘z insoniy sha’ni, qadrqimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). Yozuvchi 1994 yil “Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

«Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanida ham o‘z ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolg‘on e’tiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiq firqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy bo‘yoqlarda tasvirlagan.

Vafotidan so‘ng “Tanlangan asarlar”i (1-jild, 2008; 2-jild, 2012) chop etilgan.



Tog‘ay Murod Jek Londonning «Boyning qizi» dramasi va hikoyalarini, E. Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.




Download 102,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish