Buyruq gap, – deb qoldilar. Darak gap – Qayoqqa boramiz? Soʻroq gap



Download 10,07 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi10,07 Kb.
#294988
Bog'liq
ona tili va bolalar adabiyoti 2 amaliy


2-amaliy mashg`ulot yuzasidan mashqlar

1-mashq. Matnni o‘qing. Undagi gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini aniqlang, farqini ayting.

Bobom bir kuni katta ko‘k eshagimizni yetaklab chiqib: – Qani, orqamga mingash-chi Buyruq gap, – deb qoldilar. Darak gap – Qayoqqa boramiz? Soʻroq gap deb so‘rayman sevinib. – Qashqar qishloqdan o‘rik ko‘chati olib kelamiz. Darak gapO‘rik ko‘chati o‘zimizda borku? Soʻroq gap – U boshqasi, o‘g‘lim. Darak gap – Qanaqasi? Soʻroq gap Bas endi, jim ket. Buyruq gap – Yo‘q, oldin qanaqaligini ayting, keyin jim ketaman Buyruq gap. Bo‘lmasa eshakning junidan tortaman. Darak gap – Qoy, bolam, junidan torta ko‘rma, yana yiqitsa, ishimiz bitmay qoladi..Darak gap. Qashqarda qoraqandak degan o‘rik bor, faqat o‘sha yerda o‘sadi u .Darak gap. Quruq, suvsiz yerni xohlaydi, shekilli. Darak gap.Mevasi hay-hay, biram shirin bo‘ladiki, tog‘alaringnikiga borganda yegansan-ku. Darak gap. Yeganim yo‘q, – deyman. –Darak gap.Yegansan, cho‘ntagingni to‘ldirib berishardi-ku! – Bobojon, nega qoraqandak deyishadi? Soʻroq gap – Quriganda shirasi ko‘p bo‘lgani sabab rangi qorayib qoladi-da. Darak gap.

Shu yo‘sin Qashqarga borib bir quchoq mayda ko‘chat olib qaytdik. (X. To‘xtaboyev) Darak gap.

2-mashq. Matnni o‘qing. Moslashuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmalarini ko‘chiring. Hokim va tobe so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini izohlang.

Yozning issiq kunlari, quyosh tikka ko‘tarilgan. Bepoyon, ko‘m-ko‘k dala ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha cho‘g‘ bo‘lib, go‘zalar ustida tovlanib ko‘rinadi. Murod bilan ikkimiz mayda-chuydani ko‘tarib, katta yo‘lning shimol tomonidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan jo‘nadik. Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. O‘rtog‘imni hovli orqasidagi bog‘ga olib chiqdim. Bir tarafi gulzor, ikkinchi tomoni turli meva daraxtlari bilan to‘lgan so‘lim bog‘dan sira chiqib ketgimiz kelmas edi. Oq olma, ko‘ksulton rosa pishgan ekan, yeb turgan edik, birdan allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofiga qaradi. Shu chog‘ bobomning bo‘rsig‘i esimga tushdi. – Nimaning ovozi? – dedi o‘rtog‘im. – Bobomning bo‘rsig‘i-ku! – Rostdanmi? Qayerda? – dedi hayron bo‘lib Murod. – Yur, ko‘rsataman, – dedim-da, do‘stimni boshlab bog‘ etagidagi qafasda turgan bo‘rsiq oldiga olib bordim. (G‘ayratiy)

3-mashq. O‘qing. Matndagi gaplarni tuzilish jihatdan (sodda va qo‘shma gap) tahlil qiling. Sodda gaplarni ko‘chirib yozing. Sodda gapning qo‘shma gapdan farqini ayting.

Urush vaqti edi sodda gap. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. Harbiy xizmatdagi akamning xotini qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, shahardan oyimni chaqirib keling, deb iltimos qildi. U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi bilan band edi sodda gap. Men piyoda yo‘lga chiqdim. Sodda gapYog‘ib turgan qor pardasi ostida uchto‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Sodda gap Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham bor. Sodda gap Shunga yetsam, yo‘lning yarmi qoladi. Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning chap tomonida qandaydir sharpa sezganday bo‘ldim. Sodda gap Durustroq qarasam, mendan yuz qadamcha narida ikkita kulrang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb o‘yladim. Sodda gap Shu atrofda yoyilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, yon-verimga alangladim. Lekin ko‘z ilg‘aydigan joyda bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. Sodda gap Biri cho‘nqayib olgan, ikkinchisi tikka turgan va meni sergaklanib kuzatayotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo‘ri ekanligini tushundim-u, etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Sodda gap Keyin sal hushimni yig‘ishtirib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zo‘zidan yurib ketyapti. To‘xtashga ham, jadallashga ham, avzoyimni o‘zgartirishga ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga qarab avvalgiday yurib ketyapman-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq solaman. Menga qarab kelishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman. Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilardim.

Qolgan qora rangdagi gaplar qoʻshma gaplardir

Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. (P. Qodirov)
Download 10,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish