Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRINING
BUYRUG‘I
MAKTABGACHA TA’LIMGA QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-oktabrda ro‘yxatdan
o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2517]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2017-yil 9-iyundagi 5-mh-sonli
“Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami
2898, 17.07.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi
to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-
modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-
avgustdagi 372-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 356-modda) va
2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasidagi
normativ-huquqiy hujjatlarni
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y.,
43-son, 431-modda) muvofiq buyuraman:
1. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-sentabr,
302-son
O‘zbekiston Respublikasi xalq
ta’limi vazirining 2013-yil 19-
sentabrdagi 302-son buyrug‘iga
ILOVA
Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan
DAVLAT TALABLARI
Mazkur Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda
Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,
11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-avgustdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-
son, 356-modda) va 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son “Maktabgacha ta’lim
sohasidagi normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) muvofiq, maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan
davlat talablarini belgilaydi.